Tulki bilan chumoli


Chumolilar haqida qiziqarli ma’lumot


Download 1.14 Mb.
bet2/4
Sana15.11.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1775032
1   2   3   4
Bog'liq
ertaklar

Chumolilar haqida qiziqarli ma’lumot.
Chumolilar — pardaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. 1 va 2qorin boʻgʻimlari ingichkalashib, koʻkrak bilan qoʻshiladigan poyachani hosil qiladi. Boshi katta, jagʻlari kuchli rivojlangan (kemiruvchi ogʻiz organlari). Chumolilar jamoa (oila) boʻlib yashaydi. Chumolilar oilasi bir necha ming, hatto millionlab individlardan tarkib topgan. Oilada koʻp minglab ishchi Chumolilar, qanotli oʻnlab erkaklari va bir necha ona chumoli boʻladi.

Qaysi qush baxtli?


Qadim o‘tgan zamonda, uzoq o‘lkalardagi qalin o‘rmon ichida bir qarg‘a yashagan ekan. U o‘z umridan juda mamnun, baxtli hayot kechirar ekan. Biroq bir kuni ko‘kda viqor bilan uchib ketayotgan oqqushni ko‘ribdi-yu, o‘ylab qolibdi: “U juda ham oppoq qush ekan. Shuning uchun juda chiroyli. Men esa qop-qoraman. Nazarimda, oqqush dunyodagi eng baxtli qush bo‘lsa kerak”.U xayolan kashf qilgan baxt haqidagi xulosalarini oqqushga borib aytibdi. O‘zining baxtsizligidan nolibdi. Oqqush uzun bo‘ynini oldinga cho‘zib javob qilibdi:
– Umuman olganda, gaping to‘g‘ri. Ammo mendan ham baxtliroq qush bor, bu – to‘ti. U dunyodagi eng baxtli qush hisoblanadi.Oqqushning tan olib gapirishidan to‘tining dunyodagi eng baxtli qush ekanligiga ishonchi ortgan qarg‘a yo‘lda to‘tini uchratibdi. Unga oqqushning ta’rifini aytibdi. To‘ti boshini sarak-sarak qilgancha so‘zga kiribdi:

– Do‘stim, oqqushning gapida jon bor. Sababi toki tovusni uchratmagunimcha men ham shunday iqrorda edim. Endi bilsam, dunyodagi eng baxtli qush tovus ekan. Mana, qara, menda faqatgina ikki xil rang bor. Mening go‘zalligim shu ikki tusli patlarimda. Ammo tovusda olamda bor jamiki rangni uchratasan. Shubhasiz, u dunyoning eng go‘zal, eng baxtli qushi.Qarg‘a xulosalariga yakun yasash uchun tovusni qidirib ketibdi. Izlay-izlay uni hayvonot bog‘idagi qafas ichidan topibdi. Qarg‘a bir muddat tovusning chiroyiga mahliyo bo‘lib qolibdi. Uning eng baxtli qush ekanligiga shubhasi qolmabdi. Eng hayratlanarlisi, panjara ortidagi o‘nlab, yuzlab odamlar uni tomosha qilish uchun bo‘y cho‘zishar, hayratlarini bir-birlariga to‘lqinlanib gapirishar edi. Qarg‘a atrofga tun pardasi yoyilib, odamlar tarqalguncha kutib turdi. So‘ng sekin tovusga yaqinlashdi. Unga bu yerga kelishdan maqsadini tushuntiribdi. Kamalakdek serjilo patlarini yig‘ib olgan tovus sekin gap boshlabdi:
– Eh, Qarg‘avoy! Nahotki, o‘zingni baxtsiz hisoblasang. Axir sen ozod qushsan. Xohlagan yeringga ucha olasan, xohlagan qushlar bilan gaplasha olasan. Xullas, o‘z erking o‘z qo‘lingda. Men-chi? Men mana shu panjaralar ortida odamlarga bir muddatlik quvonch ulashish uchun o‘zimni ne ko‘ylarga solishga majburman. Shuni unutma, do‘stim Qarg‘avoy, tutqun jon o‘zini hech qachon baxtli his etolmaydi.Tovusning yonidan uzoqlashayotgan qarg‘a qanotlarini qattiq-qattiq silkitarkan “qaysi qush baxtli” degan savoliga to‘la-to‘kis javob topibdi va eng katta baxt ozodlik ekanligiga to‘la iqror bo‘ldi.
Savollar:
1.Matnga siz qanday sarlavha qo’ygan bo’lar edingiz?
2.Nima uchun qarg’a oqqushni dunyodagi eng baxtli qush deb hisobladi?
3.Matnda qaysi qush eng baxtli ekan , nima deb o’ylaysiz?
4. Baxt deganda ko’z oldingizda nimalar gavdalanadi.
5. Baxt mavzusida rasm chizing va u orqali kichik matn tuzing
Maqollar:
vaqting ketdi- naqting ketdi

Yaxshi bilib so’zlar


Yomon tilib so’zlar.

Yaxshi bo’lsang o’zarsan,


Yomon bo’lsang, to’zarsan.

siz ham baxt mavzusida maqollar bilasizmi?Ulardan namunalar keltiring


1.

2.
Baxt – taxt- daraxt-


Siz ham bunday so’zlarni davom ettiing
Berilgan rasmdagi qushlarni guruhlarga ajrating , ulardan issiqsevar qushlarni alohida guruhga ajrating.


Maqtanchoq kesak
Kunlarning birida eski uyning devoridan bir kesak yerga tushibdi. U katta va qalin devor orasida yillar davomida dimiqib yotgan ekan. Quyoshga qarab, ko‘zlarini ocholmabdi. Birozdan so‘ng qisiq ko‘zlarini battar qisgancha atrofni kuzata boshlabdi. Sal narida qimir etmay turgan toshga ko‘zi tushibdi. Uning yoniga dumalab borib, qo‘rslik bilan savolga tutibdi:
– Hoy, sen kimsan?
– Menmi? Men toshman.
– Mayli, nima bo‘lsang bo‘laver, men sendan kuchliman!
Kesakning gapidan toshning jahli chiqib, uch-to‘rt qadam nari yuribdi. Hali bir-birimizni yaxshi tanimasak, — debdi u.
– Ko‘rmayapsanmi, men kesakman, odamlarga sendan ko‘ra ko‘proq kerakman. Aniqrog‘i ularga nafim ko‘proq tegadi, — debdi kesak.
Shunda tosh o‘zidan sal nariroqda mudrab turgan daraxtni ko‘ribdi.
– Kesakvoy, kel yaxshisi kim kuchli ekanini anavi daraxt bobodan so‘rab ko‘ramiz, — debdi tosh.
Ular bir zumda daraxt yoniga boribdi. Uni uyg‘otib, maqsadlarini aytishibdi. Keksa daraxt shoxlari bilan ko‘zlarini ishqalab, javob berishga og‘iz juftlabdi. Ammo kesak yana o‘rtaga gap qo‘shibdi:
– Buni nimasini o‘ylayapsiz. Axir odamlar mendan boshpana qurishadi. Istasa uvoqlab, ekin ekishlari mumkin. Shuning uchun ham men toshdan ko‘ra kuchli va foydaliman.Daraxt bobo nima deyishini bilmay turganda ularning oldidan shamol o‘tib qolibdi. Hovliqma kesak shamolni ham savolga tutibdi. Shamol shoshayotgan ekan. Lekin u kesakka bir maslahat beribdi:
– Buni yaxshisi donishmad daryodan so‘rang. U vodiydagi barcha muammoning yechimini biladi, — debdi. Kesak toshni o‘z holiga qo‘ymay daryoning yoniga boshlab boribdi. Daryoga bor gapni aytibdi. Daryo uzoq o‘ylab, so‘z boshlabdi:
– Qani, ikkingiz ham men tomon suvga sho‘ng‘inglar. Shunda kim kuchli ekanini aytaman, — debdi daryo.Kesakdan qutilish maqsadida tosh o‘zini birinchi bo‘lib daryoga tashlabdi. Bus-butunligicha daryo tubiga yetib boribdi. So‘ngra daryodan bus-butun chiqib olibdi. Kesak esa suvga tushsa nima bo‘lishini bilsa-da, manmanligini qo‘ymabdi. Suvning yarmiga ham bormay iviy boshlabdi. Bora-bora yo‘q bo‘lib ketgan kesakdan suv yuzida balqib turgan pufakchalar qolibdi.
Savollar:
1.Matnni ifodali o’qing.
2.Quyidagi jadvalga kesak va toshni foydali tomonlarini yozing , va qaysi kuchli ekaini tahlil qiling

Tosh

Kesak











































3.Kesak uvib ketshiga nima sabab bo’ldi?


4.Kesakning qaysi xislati sizga yoqmadi va nima uchun?
Maqollari davom ettiring.

Birov bilganini maqtar,


Birov-

Borlikda maqtanma


.. qayg’urma

Yomg’ir o’zin sel sanar


Ko’lmak o’zin -…
Mashaqqatsiz . kelmas,
Mehnatsiz taxt kelmas.
Tez aytishni tez-tez ayt.
Mening mitti mushukcham ,
Mitti mushtlarin mushtlar



Tuz qadri
Qadim zamonda bir podshohning uch qizi boʻlgan ekan. Bir kuni podshoh qizlarini yoniga chaqirib:
– Meni qanchalik yaxshi koʻrasiz? – deb soʻrabdi.Katta qizi “dunyolar qadar” debdi, oʻrtancha qizi “quchoq-quchoq mehr bilan” debdi qulochini keng yozib. Podsho xursand boʻlib qizlarini bagʻriga bosibdi. Keyin oʻylanib qolgan kenja qiziga qarab, nahotki menga boʻlgan mehriga oʻlchov topolmayapti, deb hayron boʻlib, savolini takrorlabdi.Nihoyat kenja qizi topilmasidan xursand boʻlib otasiga jilmayib qarabdi-da:
Siz menga tuzdan ham qadrlisiz, otajon, – debdi.
Podshoh kichik qizining javobidan gʻazabga minibdi:
– Farzand ham hech zamonda oʻz otasi qadrini eng arzon masalliq – tuzga tenglashtiradimi? Bu noshukur qizni joyi zindon, – deb baqiribdi. Soqchilar kichik qizni koʻz yoshlariga qaramasdan, zindonga tashlabdi.Voqeadan xabardor keksa zindonbon podshohning bu adolatsizligiga chiday olmabdi. El oyogʻi tinib, saroydagilar uyquga ketgan yarim kechada qizni zindondan chiqarib, saroydan qochirib yuboribdi.Kenja qiz yoʻl yurib, yoʻl yursa ham moʻl yurib, erta tongda bir qishloqqa kirib boribdi. Musofir, ammo koʻzlari mehrga toʻla kenja qizni shu yerdagi boylardan biri xonadoniga xizmatkor qilib olibdi. Qiz chaqqonligi, ozodaligi bilan boyning xotiniga ham yoqibdi va qiz shu yerda yashab qolibdi. Yildan yilga qizning husniga husn, farosatiga farosat qoʻshilaveribdi. Uning goʻzalligi eldan-elga, tildan-tilga koʻchibdi. Kenja qizning dovrugʻini eshitgan qoʻshni davlat podshohi uni toʻy-tomoshalar bilan kelin qilib olib ketibdi.Oradan bir qancha vaqt oʻtib, qiz boshidan kechirganlarini shahzodaga aytib beribdi va otasini mehmondorchilikka chaqirish niyati borligini aytibdi. Shahzoda rozi boʻlgach, kerakli hozirliklar qilinib, malika otasini ziyofatga chaqiribdi.Qizning otasi aytilgan kunda mulozimlar bilan birga saroyga tashrif buyuribdi. Dasturxonga hidi ishtahani qitiqlaydigan anvoyi taomlar tortilibdi. Mehmon – podsho taomga ishtaha bilan qoʻl uzatar, biroq tatib koʻrgach, yuzi bujmayib ogʻzidagi luqmani arang yutgach, qaytib u taomga qiyo boqmabdi. Chunki taomlarga bir chimdim ham tuz solinmagan, nihoyatda bemaza ekan-da. Och qolib, asabiylashayotgan otasining holatini zimdan kuzatgan kenja qiz oʻrnidan turib “mehmon”ga yuzlanibdi.
– Shohim, eshitishimga qaraganda, kenja qizingiz sizni “Tuz qadar yaxshi koʻraman”, deganida, uni zindonga tashlagan ekansiz.Podsho bir soʻz demabdi, biroq taomlarga nadomat bilan qarab qoʻyibdi.
– Otajon, men oʻsha gunohkor qizingizman. Oʻzimni haqligimni isbotlash, oʻshanda aytgan soʻzlarimning maʼnosini anglashingiz uchun ziyofat dasturxonidagi siz xush koʻrgan taomlarni ataylab tuz solmasdan tayyorlatdim, gunohkor qizingizni kechiring, – debdi u yuzidagi pardani koʻtarib.Podshoh qilgan adolatsizligidan xijolat boʻlib, tuzning inson hayotida nechogʻlik zarurat ekanligini anglabdi. Koʻzlaridan duv-duv yoshlar toʻkib, zukko va mehribon qizini bagʻriga bosibdi.
Savollar:

  1. Podshohning qaysi qizi uni ko’proq yaxshi ko’rar ekan?

  2. Siz Vatanimizni qanchalik yaxshi ko’rasiz?

  3. Podshohing kenja qizi o’zining haqligini qanday isbotlabdi?

  4. “Mening jonajon O’zbekistonim” Mavzusida matn tuzing

B
Maqollarda tushurib qoldirilgan so’zlarni mosini topib joylashtiring.
_______ yurting – oltin beshiging.

Vatani borning baxti bor,


______ I borning taxti.

El qudrati – chin qudrat,


Vatan tuprog’I - ..

O’zga yurtning gulidan


O’z yurtingning ______ yaxshi
Cho’li,ona, qimmat, mehnat.

A’lochi xo‘rozcha


Tanishing men birinchi –
«B» sinfda o‘qiyman.
Yigirma to’qqiz harfning
Barin yaxshi «cho‘qiyman».
Ayniqsa-chi, go‘zal «T»
Ko‘zga darrov tashlanar.
Chunki, oyim nomlari
Shu harfdan boshlanar.
Farqin uncha bilmasdim
Avval har xil don-dun yeb.
Endi yoza olgayman
«Makka» yoki «arpa» deb.
A’lochiman sinfda,
Tartibni ham o‘rgandim.
Avval nodon, sho‘x edim,
Endi she’r ham to‘qiyman.
Tanishing, men birinchi –
«B» sinfda o‘qiyman!
Anvar Obidjon
She’rni yod oling
X – harfi bilan boshlanadigan narsalar otlarini ayting?
Berilgan so’zlardagi xatolarni to’g’irlab jadvalga joylashtiring.
Xandalak, xavas, harf, havo, xaqida, hovli ,xurmat,hayvonot, hirmon, xodim, xursand, ho’roz, xirmon, hayrlashmoq hato,habar, ho’roz

H harfi bilan boshlanadigan so’zlar

X harfi bilan boshlandaigan so’zlar

















































“ H” ning aytganlari


Bormanmi?, Yo’qmanmi?
Menga qara , hoy o’quvchi,
Topshiriqqa quloq sol-chi?
Birin-ketin so’zlar kelar,
Oxirida bo’sh joy qolar.
So’zlarda bor desam ,BOR de
Yo’q bo’lsam –chi, albat, YO’Q , de.
Baho, bahor,Bahora_________
Hatto, anhor, mahorat_______
Axloq, xabar, xabardor ______
Xorij, xola, xaridor ______

Birinchi baliqcha
Yura katta, ahil oilada yashaydi. Bobosi, buvisi, dadasi va oyisi ishlaydi. Faqatgina Yura ishlamaydi. Chunki u hali bor-yo‘g‘i besh yoshda.
– Qaniydi, ishlab, hammani xursand qilsam, – deya orzu qiladi Yura.
Bir kuni oila a’zolari uni baliq oviga olib bordi. Bobosi va dadasining ovini havas bilan tomosha qilayotgan Yura baliq tutib, hammani xursand qilgisi keldi. Bobosi unga baliq ov-lashni o‘rgatdi. Qarmog‘iga kichkina baliqcha ilingan-da Yura shunchalik quvondiki Buvisi baliqchalardan ajoyib sho‘rva pishirdi.
Daryo bo‘yida hamma jam bo‘lib, sho‘rvani ichishardi. – Sho‘rva juda mazali, shirin, – dedi bobosi. – Chunki sho‘rvada Yuraning tutgan balig‘i bor. U eng yaxshi baliqni ovladi.
Bu gapni eshitgan Yura esa xayolida: – Men eng kichkina baliqchani tutdim. Lekin ovni o‘rganib oldim. Hali bobom, buvim, dadam va oyim uchun juda ko‘p baliq tutib beraman, – deya orzu qilardi.
Savollar:
1.Yuraning ishlamasligining sababi nimada?
2.Unga baliq ovlashni kim o’rgatdi?
3.Uning orzusi nima edi?
4.Siz ham baliq oviga borganmisiz?
“ Baliq ovi” mavzusida rasm chizing va kichik matn tuzing.

‘Baliq Ovi”da


______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________



Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling