Tulki bilan chumoli


Download 1.14 Mb.
bet3/4
Sana15.11.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1775032
1   2   3   4
Bog'liq
ertaklar

BALIQLAR (Pisces) — umurtqalilar kenja tipining katta sinfi, juda keng tarqalgan. Tuzilishi, hayot kechirishi va ekologik xususiyati suv muhitiga juda yaxshi moslangan. Suvda tez suzadigan Baliqlarning tanasi choʻziq suyri shaklda boʻlganidan suvning qarshiligiga kamroq uchraydi. Sekin suzadigan Baliqlarning tanasi yapaloq boʻladi. Skeleti togʻaydan (togʻayli b.) yoki suyakdan (suyakli Baliqlar) iborat. Jagʻlari yaxshi rivojlangan. Baliqlar tanasini toʻlqinsimon bukib va yozib harakatlanadi. Juft va toq suzgichlari harakatlanayotgaida tanani boshqarish va muvozanatini saqlash vazifasini bajaradi.( U kim ,bu nima ? – ensiklopediyasi)

Dono yigit

O’tgan zamonda bir donishmand chol yashagan ekan. Uning uch o’g’li bo’lgan ekan. O’g’illari voyaga yetgach, chol ularga shunday debdi:


— Bolalarim, men sizni yeyish-ichishdan kamsitmay o’stirdim. Endi otlaninglar, turli shaharlarga borib, qo’rg’on solib kelinglar!
To’ng’ich o’g’li otasi topgan oltin-kumushlardan olibdi. Farg’ona vodiysining hamma shaharlariga boribdi. U yerlarga bittadan kattakon uy solibdi. O’rtancha o’g’il bo’lsa, Buxoro, Samarqand tomonlarga borib, qo’rg’onlar qurdiribdi. Kenja o’g’il oqil, dono ekan. U o’zicha : «Dadam turli shaharlarda qo’rg’on solinglar, deyish bilan har bir shahardan do’st, yor-birodar orttiringlar, demoqchi. Men boshqa shaharlarga borib, uy solib yurmayman! » debdi. Kenja o’g’il safarga chiqib ketipdi.
U qayerga borsa, u yerda eng yaxshi, vafodor kishilarni topib, ular bilan do’stlashibdi. U o’z safari davomida o’rtoqlari orasida mashhur bo’lib ketipdi. U akalaridan avval uyga qaytibdi.

Chol bir kuni:


— Qani, kim qaysi shaharga qanday qo’rg’on qurdi? Yuringlar, bir aylanib ko’rib kelamiz, — debdi.
U o’g’illari bilan birga katta o’g’li qurgan qo’rg’onga boribdi. Qarasa, uy-joyning o’zi so’ppayib odamsiz turgan emish. Chol indamapti. So’ngra o’rtancha o’g’ilning qilgan ishini ko’zdan kechiribdi. Uniki ham xuddi akasiniga o’xshar ekan.
— Bu qo’rg’onlarning odamlari qani? — deb so’rabdi chol. To’ng’ich va o’rtancha o’g’il unga javob bera olmabdi. Hammalari kenja o’g’ilning yor-birodarlari yashaydigan joylarga borishibdi. Ularni kenja o’g’ilning yor-u do’stlari izzat-hurmat bilan kutib olibdilar, ketma-ket ziyofatdan bo’shamay qolibdilar, shunda chol o’g’illariga qarab bunday debdi:
— Har bir shahardan orttirilgan do’st u yerga bir qo’rg’on qurish bilan teng. Mening maqsadimni faqat kenja o’g’lim tushunibdi. Mening ismim, bilim-tajribam unga meros bo’lib qolsin.
Savollar:
1.Otasi nima maqsadda o’g’illariga qo’rg’on solishni buyuribdi.
2.Siz bu ertakdan qanday xulosaga keldingiz.
3. Do’stlik mavzusida qisqa matn tuzing unda quyidagi o’zlardan foydalaning.
Manmanlik, kamtarin, eng oliy janob, dangasa, bilimdon, qiziquvchan, mehribon,samimiy.
4.Eng yaqin do’stingiz va o’zingizning ijobiy va salbiy xislatlarini sanang

O’zim

Do’stim

Ijobiy fazilat

Salbiy xislat

Ijobiy fazilat

Salbiy xislat

















































KIM TUZATADI?



Quyonim bor – “vov-vov” der,
Kuchugim bor- beda yer
Xo’rozim suvda suzar,
Mushugim arqon uzar.
Tongda qichqirib “quq-qu-qu”
Balig’im bermas uyqu.
Eshagim poylar sichqon,
Toshbaqam uchqur, chaqqon.
Toychog’im ko’p sustqadam,
Yura olmas hech ildam
Tuxum bosar buzog’im
O’rdakkinam- suzog’im.
Kun-u tun hangrar echkim…
Hoy, gapimdan kulgan kim?
So’ylagan bo’lsam chatoq,
O’zim to’g’ri ayt o’rtoq
Anvar Obidjon.

Yuqorida berilgan she’rdagi xatoliklarni toping va tuzating.


_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Hayot yuki
Bir odamning birgina eshagi bo’lib , u ertadan kechgacha tinmay mehnat qilar ekan. Yuk tashib ketyotganida o’sha atrofda o’tlab yurgan boshqa eshaklarni ko’rib, ularga havasi kelar va o’zining hayotidan norozi bo’lar ekan. Bir kuni odatdagidek charchab kelib uxlab qolibdi va tush ko’ribdi. Tushida cho’lida bir qancha eshaklar bilan ketyotgan emish.Hammalarining ustiga bittadan poya ortib qo’yilgan ekan. Qarasa, bu yerda ham eng uzun daraxtni bog’lab qoyishgan emish.Eshakning jahli chiqib, chetroqqa o’tibdi-da ,poyani tushurib, uchidan bir qismini sindirib tashlabdi. Qolgan qismini yana ustiga ortib, yo’lda davom etibdi. Yukni yengilashgani sababli yurish ham ancha osonlashibdi, oldinga o’tib ketibdi. Bir payt qarasa , oldindan katta jarlik chiqibdi . Jarliking narigi tomoni esa ko’m-ko’k o’tloq ekan. Jarlikdan o’tishg hech qanday ko’prik yo’q emish. Qarasa, atrofdagi eshaklar ustilarida olob kelgan poyalarni jarlik ustiga tashlab undan narigi tomonga o’tib ketar, ular o’tgan zahoti poya jarlikka tushib ketar edi. Eshak qarasa, uning poyasi jarlikning narigi toiniga yetmas ekan . Qilib qo’ygan ishidan afsuslanib , alm bilan qattiq hangrab yuboribdi. O’z ovozidan uyg’onib ketgan eshak ko’rgani tush ekani bilib sevinib ketibdi.
Ey farzand, Mashaqqatli halol mehnat odamni yaxshilikka yetkazadi. Aksincha, yengil- yilpi hayot esa yaxshilikdan mahrum qiladi.
Savollar:
1.Eshak nimadan norozi edi?
2.Eshak nima uchun sevinib ketibdi?
3. Eshak nima uchun ustidagi poyaning bir qisminni kesib tashladi.
4. “E” harfi bilan boshlanadigan otlarni sanang.
Elak-eshak-echki-e’lon….
Maqollar:
Erinchoq ikki ishlar
Oxiri barmog’in tishar

Harakating –sog’liging


Mehnating- boyliging

Topishmoq


Quyon emas uzun quloq,
Ot emas, to’rta tuyoq
Eshak qanday hayvon ?
1.___________________________________________________________________________________2.___________________________________________________________________________________3.___________________________________________________________________________________4.___________________________________________________________________________________



Mehr Oqibati
Qadim zamonda ikki aka-uka yashar ekan.Akasi oilali ukasi esa bo’ydoq ekan. Ularning otasi o’limidan oldin hamma narsani ikkiga bo’lib hovlining o’rtasidan devor uribdi.Devorning ikki tomoniga o’ra qazab , ombor qilibdi va donni ikiga bo’lib beribdi. Oradan ko’p o’tmay, ota olamdan o’tibdi. Bir kuni kechasi akasi ukasi haqida o’ylab : “Mening tirikchiligim yaxshi, xotinim va bolalarim menga yordam berishadi. Ukam esa yolg’iz , unga men yordam berishim kerak”,- deb omboridagi dondan olib ukasining doniga qo’shib qo’yibdi.
Ertasiga ukasi kecha yotib o’ylab : “ Men yolg’iz bolsam, menga shuncha donning nima keragi bor?!Akamga don ko’roq kerak”, - deb o’z omboridagi dondan olib akasinikiga qo’shib qo’yibdi.
Shu tariqa tirikchilik nima topishsa , bir-birlariga yashirincha qo’shib qo’yishar ekan. Ularning bunday saxiyliklaridan ro’zg’orlariga Baraka kirib,umr bo’yi muhtojlik nima ekanini bilishmabdi.

Ey farzand, saxiy odamni ruhan tetik va sog’lom o’ladi. Birovga qilgan yaxshiligidan kayfiyati ko’tarilib, ovqatini yaqinlari baham ko’rgani uchun sog’lom va umri boqiy bo’ladi.


Savollar:
1. Akasi nima uchun o’z donidan ukasinikiga qo’shib qo’yibdi?
2. Sizga aka – ukalarning qaysi birining qilgan vaziyati yoqdi?
3. Siz ularning o’rnida bo’lganingizda qanday yo’l tutgan bo’lardingiz?
4.Ahillik so’zini yana qanday so’z bilan ta’riflash mumkin.
5.Otasi o’limidan oldin o’g’illariga nima qilib beribdi?

Maqollar:


Bilmaganni bildim dema,
Qilmaganni qildim dema.

Aslning xatosi bo’lmas,


Yomonning oshnosi bo’lmas


Mukofot


Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, kattakon o‘rmonda qayrag‘ochlar ostida bir maktab bor ekan. Unda Moshvoy ismli mushukcha, Qag‘-qag‘ ismli qarg‘acha, Dik-dik ismli quyoncha, ismi Chiy-chiy sichqoncha, Pi-pi ismli maymuncha, Xir-xir ismli cho‘chqacha va boshqalar o‘qishar ekan.
O‘qish boshlangan kuni Tovusxon ismli juda xushfe’l, muloyim bir o‘qituvchi ularga kitob va daftarlar ulashibdi.
— Kitoblaringizni yirtmasdan, yaxshi saqlanglar. Bu kitoblarni sizdan keyin ukalaringiz ham o‘qishadi, — debdi va ta’kidlab yana qo‘shib qo‘yibdi: — Kimki kitobini yaxshi saqlasa, o‘quv yili oxirida o‘shanga mukofot ham beramiz.
Ular kitob va daftarlarni sevinib-sevinib olib ketishibdi. Oradan ko‘p o‘tmabdi. Bir kuni Chiy-chiy Pi-piga maqtanib:
Muqovasini yeb ko‘rsam, biram mazaliki, — debdi kitobini ko‘rsatib.
Pi-pi ham shunaqamikan-a, deb kitobning muqovasini qiyma-qiyma qilibdi.
Ularni kuzatib turgan Xir-xir ham maq¬tanib qolibdi:
Kitobda piyoz, sholg‘om, kartoshka surati bor ekan, hammasini yedim.
Pi-pi ham qiziqib ketib, kitobdagi jami suratlarni yeb chiqibdi. Qag‘-qag‘ ham bo‘sh kelmabdi. Olcha, gilos, olma, yong‘oq rasmlarini cho‘qib, kitobni ilma-teshik qilib tashlabdi.
O‘quv yili tugashi bilanoq Tovusxon o‘quvchilardan kitoblarni birma-bir yig‘ib olibdi. U Chiy-chiy bilan Pi-pidan ham, Xir-xir bilan Qag‘-qag‘dan ham juda-juda xafa bo‘libdi. Ammo Moshvoy bilan Dik-dikdan xursand bo‘libdi. Chunki ular kitoblarini yirtmay, kir qilmay, ozoda saqlagan, yaxshi tutishgan ekan.
Tovusxon Dik-dikka bitta sabzi, Moshvoyga esa issiqqina bo‘g‘irsoq mukofot beribdi va suratlarini namunalilar qatoriga ilib qo‘yibdi.
Savollar:
1.Tovusxon nima uchun o’quvchilardan xafa bo’libdi?
2.Maktabda qanday hayvonlar o’qishar ekan?
3.Mukofotga kimlar sazovor bo’ldi va nima uchun?
4.Nima uchun o’quvchilar kitoblarini qiyma-qiyma qilishdi?

Maqollar:


1.Gapning qisqasi-yaxshi
Qisqasidan hissasi- yaxshi

Donning achchig’I yaxshi


So’zning shirini.

Ishlab yegan zog’arang,


Tanagga yog’dek yoqar.
Topishmoq
Moylovi bor, Uzun quloq,
Kalta dum.( quyon)
Soqoli yo’q(mushuk)
Mushuklar haqida qiziqarli faktlar-1. Osiyoda yiliga to'rt millionga yaqin mushuk oziq-ovqat iste'mol qiladi.
2. Mushuklar kunning o'rtacha uchdan ikki qismini uxlash bilan o'tkazadilar, ya'ni to'qqiz yoshli mushuk faqat uch yilni uyqusiz o'tkazgan.
3. Olimlar mushuklar itlardan farqli o'laroq, shirinliklarni yoqtirmasligini isbotladilar.
4. Qoida tariqasida chap oyoq mushuklarda faol panja, mushuklarda esa o'ng oyoq panjasi hisoblanadi.
5. Tirnoqlarning qurilmasi tufayli mushuklar daraxtga teskari ko'tarila olmaydilar.
6. Itlardan farqli o'laroq, mushuklar 100 ga yaqin turli xil tovushlarni chiqarishga qodir.
7. Mushuklarda miyaning xuddi shu qismi odamlarda bo'lgani kabi his-tuyg'ular uchun javobgardir, shuning uchun mushukning miyasi odamga iloji boricha o'xshashdir.
8. Sayyoramizda taxminan 500 million mushuk mavjud.
Botir askar
Muhammad Yusuf
Kichkinaman hozircha
Oyimlarga dastyorman.
Buyrsalar, aytganin
Shay qilishga tayyorman.
Oyijon,- deyman,- oyi,
Balog’atga to’laman.
Shunda yurtga fidoyi
Botir askar bo’laman.

Qushcha bilan suv kalamushi


Kunlardan bir kuni suv kalamushi bilan qushcha birga yashashga shartlashibdilar. Kalamush qishda qushchani o‘z uyasiga qo‘yishga, to‘plagan ovqatlari bilan uni qish bo‘yi boqishga va’da beribdi. Evaziga bahorda — kalamush uyasini suv bosganda unga o‘z inidan joy beradigan, turli qurt-qumursqalar bilan boqadigan bo‘libdi.
Qushcha o‘z so‘zida turib, bahor va hatto yozda kalamushni rosa boqibdi. Inidan joy beribdi. Kalamush shu qadar o‘zini erkin tutibdiki, bechora qushchaning olib kelgan taomlarini tanlab yeyishga o‘tibdi.
Bu orada qish kelibdi. Qor yog‘ibdi. Og‘aynilar kalamushning iniga ko‘chib o‘tishibdi. Ammo kalamush qushchani o‘lganining kunidan zo‘rg‘a, chala-chulpa boqa boshlabdi. Mezbon ko‘pincha daraxtlarning ildizini topib kelar ekan. Bunday taomni yeyishga o‘rganmagan bechora qushcha ozib ketganidan qimrlashga madori qolmabdi. Oxiri chiday olmasdan shunday debdi:
— Men seni rosa mehmon qildim. Xohishingga qarab yedirdim, ichirdim. Sen bo‘lsang meni sarqit bilan boqayapsan. Shu ham ish bo‘ldimi? Kelgusi yili sen bilan turmayman.
Bu gap Kalamushga yoqmabdi:
— He, firibgar, qallob! — deb baqiribdi Kalamush yoqimsiz ovoz bilan. — Qish bo‘yi menga kun bermading, shilib yotding. Rahmat deyish o‘rniga yana hasrat qilasan!
Kalamush tirnoqlari bilan qushchaning boshini timdalab ham olibdi. Shundan keyin qizil boshli Qushchalar paydo bo‘lgan ekan!
Savollar:
Maqollar:
Nuqtalar o’rniga kerakli so’zlarni qo’ying.

Dili pokning- . Pok


Poraxo’rning tavbasidan qo’rq,
..ning- yig’isidan

G‘oz bilan turna


Kunlardan bir kun semiz, dangasa bir G‘oz ko‘lning bo‘yida mudrab o‘tirgan ekan, tasodifan uning yoniga Turna qo‘nibdi. Turna G‘ozning qarshisida juda ham ozg‘in va nimjon ko‘rinar ekan. Olifta G‘oz uni masxara qilib kulibdi:
— Men ga kara, og‘ayni Turna! Namuncha chakak-chakak bo‘lib ozib ketibsan. Qoq suyaging qolibdi-ku. Xuddi yoz bo‘yi hech narsa tatimaganga o‘xshaysan-a.
Shu payt miltiq ko‘targan ovchining qirg‘oq yoqalab asta-sekin ularga yaqinlashib kelayotganini sezib qolishibdi. Yengil Turna chaqqon qanot qoqibdi-yu, uchib ketibdi. Ammo semiz, baqaloq G‘oz o‘zini o‘nglab qanotlarini yozishga ulgurmasidan atrofni o‘q ovozi bosib ketibdi.
Ochofat, ish yoqmas G‘oz qirg‘oq bo‘yida mukka tushib qolaveribdi, oriq Turna bo‘lsa hozir ham ko‘kda parvoz qilarmish.
Savollar:

  1. G’oz va turnaning o’xshash va farqli tomonlarini ayting?


Gʻoz, xonaki gʻoz — oʻrdaksimonlar oilasiga mansub parranda turiYevrosiyoning tundra va oʻrmon tundra zonasida yashovchi kulrang turi gʻozlarning urugʻboshi hisoblanadi. Gʻoz parhez goʻshti uchun deyarli barcha mamlakatlarda boqiladi. Gʻozning tana tuzilishi qayiqsimon, boʻyni uzun, oyoq barmoqlari suzuvchi parda bilan oʻralgan. Tumshugʻining shakli har xil(toʻgʻri, qayrilgan, choʻqqaygan kabi). Ayrim gʻozlarining tumshugʻi ustida doʻmbogʻi bor. Patlarining rangi oq, kulrang, qoʻngʻir, dogʻli boʻladi. Tumshugʻi sargʻish-qizil. Kamdan-kam qora. Pat qoplami tigʻiz, sovuqdan yaxshi himoya qiladi.

Dunyoda nima lazzatli?


Husayn mirzoning qirq vaziri bor ekan. Qirqinchisi Alisher Navoiy ekan. Bir kam qirq vazir Navoiyni Husayn mirzoga yomonlay beribdi. Husayn mirzo Alisherni vazirlikdan bo‘shatibdi.


Bir kuni Husayn mirzo bir kam qirq vazirdan:
— Dunyoda nima lazzatli? — deb so‘rabdi. Vazirlar bilgan va boshlariga kelgan hamma sirlarni aytibdilar.
Husayn mirzo:
— Yo‘q, topolmadingiz! Ertalabgacha topib bermasangiz hammangiz joningizdan umidingizni uzing! — debdi.
Vazirlar o‘zaro maslahat qilishibdi.
— Buni Alisher biladi, — debdi vazirlardan biri. Uni Navoiyga yuboribdilar. Vazir Navoiyning oldiga kelib:
— Husayn mirzo bizga: «Dunyoda nima lazzatli, shuni topinglar!» deb buyurdi, biz topa olmadik. Aytib bermasangiz bo‘lmaydi, — debdi.
— Qaysi ovqatni och qolib yesangiz, o‘sha lazzatli deng, — debdi Navoiy.
Vazirlardan Husayi mirzo so‘raganida ular shunday debdilar.
Husayn mirzo aytibdi:
— Buni siz topmagansiz, to‘g‘risini ayting, kim aytib berdi?
Vazirlar:
— Taqsir, o‘zimiz topdik, — debdilar.
Husayn mirzo hammalarini bir uyga qamab:
— Kimki to‘g‘risini aytmasa, shu uydan birma-bir chaqirib, boshini olaveraman! — debdi.
Shunda vazirlar turib:
— Biz Alisherdan so‘radik, — debdilar. Husayn mirzo aytibdi:
— O‘zingiz uni menga yomonlab haydatib yuborib, yana nega undan maslahat so‘raysizlar? Demak, usiz sizlarning miyangiz ishlamas ekan-da! — debdi va Navoiyni chaqirtirib, yana vazirlikka tayinlabdi.
Savollar:
1.Huysayn Mirzo nima uchun Navoiyni vazirlikdan bo’shatibdi.
2.Dunyodagi eng lazzatli narsa nima ekan?
3.Buyuk Navoiy bobomiz haqidagi ma’lumotlarni to’g’ri to’ldiring?

Navoiy Hikmatlari:


1.Oz-oz o’rganib dono bo’lur .


2.Boshni fido qilg’il ato qoshig’a ,


Jismni qil sadqa ano qoshig’a

3.Haq yo’linda kim senga bir harf o’qitmish ranj ila,


Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Yuqorida berilgan hikmatlarni ma’nosini tushunishga harakat qiling va yod oling.

She’r mulkining sultoni Navoiy bobomiz haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz?


Hayot yo’li Bobomizning ijodi


Sichqonlar tortishuvi



Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, ikki sichqon bor ekan. Bu sichqonlardan biri shaharda, ikkinchisi qishloqda yashar ekan.Kunlardan bir kuni bu sichqonlar bir-birlari bilan tanishib qolibdi. Bundan keyin do‘st bo‘lishga ahdlashibdilar.Birinchi bo‘lib qishloqda yashovchi sichqon shaharda yashovchi sichqonni mehmonga chaqiribdi. Sichqon mehmonni bug‘doy g‘aramlari atrofida aylantiribdi va:
— Men bola-chaqalarim bilan shu joyda, huzur halovatda yashayman, — debdi.
Bir kuni shaharda yashovchi sichqon ham uni mehmonga taklif etibdi. Mehmon kelgach, u xumdagi yog‘larni ko‘rsatib:
— Sen u yerda bug‘doy bilan kun ko‘rayotgan bo‘lsang, men bu yerda xumdagi yog‘larni yalab, bola-chaqalarim bilan farog‘atda yashayapman. Men senga qaraganda yaxshiroq yashayman, — debdi.Ikki sichqon bir-birlari bilan aytishib, janjallashib qolishibdi. Biri «men yaxshiroq yashayman» desa, boshqasi «yo‘q, men sendan ko‘ra yaxshiroq yashayman» deb rosa tortishishibdi. Bularning janjalini eshitib qolgan moshvoy sekin kelib, ikkala sichqonni ham yeb qo‘yibdi. Ular hatto qochishga ham ulgurolmay qolishibdi.
Savollar:
1.Sichqonlar tabiatan qanday jonivor?
2.Do’stlar nima sababdan tortishib qolishibdi?
3.Siz ham do’stlaringiz bilan tortishib turasizmi?, bunganima sabab bo’ladi , uni tortishuvlarsiz ham hal qilsa bo’larmidi nima deb o’ylaysiz?
4. Mening eng yaqin do’stim mavzusida matn tuzing va do’stingiz va o’zingizni rasmingizni tasvirlang
“ Mening eng yaqin do’stim”
__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
“ Do’stim va men” rasm


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling