Tumani xtb tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi


Download 1.87 Mb.
bet32/59
Sana09.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1347328
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59
Bog'liq
4-SINF ONA TILI TO\'GARAK 34 - Soatlik 2020-2021

CHIQISH KELISHIGI
III.Yangi mavzu bayoni: O’qituvchi darslikdagi mashq orqali bugungi mavzuni ko’rgazmalar, slayd va multimedia ilovasi orqali tushuntiradi va berilgan mashqlar o’quvchilar bilan sinf doskasi va o’z daftarlariga mustaqil yozib bajartiriladi.


163- mashq. Maqollarni o‘qing. So‘roqlar yordamida chiqish kelishigidagi otlarni topib, o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chiring.
1. Shirin so‘z boldan shirin. 2. Kitobdan yaxshi do‘st yo‘q. 3. Yurtidan ayrilganni yov chopar. 4. O‘z mehnatidan non yegan kishi, Yomon minnatidan ozod yoz-qishin. 5. Olamdan g‘amsiz o‘tay desang, ilm-u hunar o‘rgan.
Otlardagi chiqish kelishigi qo‘shimchasini tegishlicha belgilang.
164- mashq. Matnni o‘qiNg, to‘liq qayta hikoya qiling.
Qadim zamonlarda hozirgiga o‘xshash ruchkalar bo‘lmagan. Qamishdan, daraxtlarning novdasidan, qush-larning patidan yasalgan ruchkalardan foydalanganlar. Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy singari bobolarimiz ham shunday ruchkalarda kitob yozganlar.
Qanaqa ruchkadan foydalanilmasin, faqat yaxshi narsani yozish kerak. Yaxshi so‘zlarning umri boqiy bo‘ladi. (Oqiljon Husanov)
Ko‘chiring. Chiqish kelishigi qo‘shimchalarini tegishlicha belgilang.

boqiy – abadiy, mangu, o‘lmas
Hozirgi vaqtda yozish uchun nimalardan foygalaniladi?


IV.Mustahkamlash:Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi: so‘zlarni o‘qing. so‘z boshida kelgan undoshni to‘g‘ri ayting. Doskada va mustaqil bajariladi.
Mavzu yuzasidan o’quvchilarga tarqatmalar berilib savol javoblar o’tkaziladi.
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantiraman. Doskada mashq bajargan o`quvchilarni baholayman.
VI.Uyga vazifa: O`quvchilarga uy vazifasini bajarilishi yuzasidan ko`rsatma berib darsni yakunlayman.
165- mashq. Berilgan fe’llarga mos otlar toping. Ularni chiqish kelishigida qo‘llab, birikma tuzing va yozing. Chiqish kelishigi otni qaysi so‘z turkumiga bog‘layapti?
Keldi, yozdi, o‘qidi, eshitdi.

Chiqish kelishigidagi otlarni gapda qanday aniqlaysiz? Chiqish kelishigi qo‘shimchasi otni qaysi so‘z turkumiga bog‘laydi?



Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling