Tumani xtb tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi


Download 1.87 Mb.
bet30/59
Sana09.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1347328
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59
Bog'liq
4-SINF ONA TILI TO\'GARAK 34 - Soatlik 2020-2021

O‘RIN-PAYT KELISHIGI
III.Yangi mavzu bayoni: O’qituvchi darslikdagi mashq orqali bugungi mavzuni ko’rgazmalar, slayd va multimedia ilovasi orqali tushuntiradi va berilgan mashqlar o’quvchilar bilan sinf doskasi va o’z daftarlariga mustaqil yozib bajartiriladi.


157- mashq. O‘qing. Ajratilgan otlarga so‘roq bering. Ular qaysi kelishikda qo‘llangan?
Anvarda ertak kitoblar ko‘p. Bir kitobida „O‘rmonga nega o‘t ketdi?“ ertagi bor. Anvar uni o‘rtoqlariga gapirib berdi:
Qadim zamonda bepoyon o‘rmonda turli jonzotlar inoq yashar ekan. Sichqon oftobda erkalanib yotgan mushukning bag‘rida o‘ynarkan. Bo‘ri qo‘zichoqni o‘z bolasidek yalab-yulqar ekan. Тulki jo‘jalarni don-dun bilan siylarkan. Yo‘lbars kiyik bolalarini yelkasiga mindirib, qirlarda sayr qildirar ekan...
Anvar shu yerga kelganda ertakni to‘xtatdi.
Bolalar, ertakni siz og‘zaki davom ettiring.

O‘rin-payt kelishigidagi otlarni qanday aniqlaysiz?
O‘rin-payt kelishigidagi ot qatnashgan gaplarni ko‘chiring. O‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasini belgilang.
Bepoyon so‘ziga ma’nodosh so‘z toping.


158- mashq. O‘qing. O‘rin-payt kelishigidagi otlarni aniqlang. Ularni o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chiring.
Jo‘rchi
Jo‘rchi respublikamizning sahrolarida va tog‘ etaklarida, Amudaryo sohillarida, Qarshi cho‘lida uchraydi. Тog‘larda 1600 – 1700 metrgacha balandlikda yashaydi. Afrika va Osiyoda qishlaydi. Jo‘rchilar O‘zbekiston janubiga mart oyi boshlarida uchib keladi. Yerda yaxshi yuradi. U respublikamizdan sentabrda uchib ketadi. (A. Madrahimov)
IV.Mustahkamlash:Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi: so‘zlarni o‘qing. so‘z boshida kelgan undoshni to‘g‘ri ayting. Doskada va mustaqil bajariladi.
Mavzu yuzasidan o’quvchilarga tarqatmalar berilib savol javoblar o’tkaziladi.
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantiraman. Doskada mashq bajargan o`quvchilarni baholayman.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling