III.Yangi mavzu bayoni:
-Bugungi mashg'ulotimizda biz sizlar bilan i harfini yozishni o`rganamiz. Yozuv daftaridagi rasmlar kuzatiladi. Bosma va yozma i harflari o'zaro taqqoslaniladi. Yozuv daftaridagi namuna asosida ilgakli belgilar yoziladi. i harfini xattaxtaga yozib ko'rsataman. Yozuv quyidagicha izohlanadi: Ruchka uchini yozuv yo'lining tepa chizig'iga qo'yib pastga qarab qiya to'g'ri chiziq chizasiz. Pastki chiziqqa yetkazmay o'ngga burasiz va ilmoqcha hosil qilasiz. Hosil bo'lgan harf belgisi ustiga qiya to'g'ri chiziq, yo'nalish bo'ylab tepasiga nuqta qo'yasiz. O'quvchilar havoda i harfini yozishni mashq qiladilar. Chiziqsiz varaqlarda ham bir necha marta mashq qilinsa, i harfini yozish uchun kerakli ko'nikmani egallab olish mumkin bo'ladi.
IV.Mustahkamlash
«Kim o'zar» o'yini. O'qituvchi xattaxtaga ni, no, na bo'g'inlarini yozadi. 2 bolani chaqirib mazkur bo'g'inlar asosida so'zlar tuzishni topshiradi: Masalan: bino – kino Nigina – ona Nina - tana va boshqalar. O'quvchilar galma-galdan o'zlari tuzgan so'zni aytadilar, qisqaroq so'zlarning andozasini xattaxtaga chizib, bo'g'in o'rnini belgilaydilar. O'yin g'olibi rag'batlantiriladi.
V.Mashg'ulotda faol ishtirok etgan o`quvchilarni baholayman.
Yozib bo`lgan o`quvchilarning ishlarini o`quvchilar bilan birgalikda ko`rib tahlil qilish, kamchiliklarini ko`rstib tuzatishlarini aytish.
VI.Uyda: Ii harfini va so`zlarni yozib kelish
Konspektni to’liq olish uchun +998973581077 tel raqamiga yoki shu raqamga ochilgan telegramm manziliga murojaat qilishingiz mumkin. Fayl narxi 5000 so’m
Do'stlaringiz bilan baham: |