Tumani xtb tasarrufidagi umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi ning


VI.Uyda Nn harfini va daftarlarida yozishga berilgan so`zni yozib kelish Sana: Mavzu: Kichik a bosh A harflarini yozish


Download 4.29 Mb.
bet6/8
Sana06.11.2023
Hajmi4.29 Mb.
#1751983
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Husnixat to\'garagi

VI.Uyda Nn harfini va daftarlarida yozishga berilgan so`zni yozib kelish


Sana: Mavzu: Kichik a bosh A harflarini yozish
Maqsad: Ta'limiy: O`quvchilarni Aa harfni yozishga o`rgatish.
Tarbiyaviy:Kattalarga hurmatda ,kichiklarga izzatda bo`lish ruhida tarbiyalash. Rivojlantiruvchi:Yozuv ko`nikmalarini rivojlantirish. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
Televizordan ko‘rgan, radiodan eshitgan lavhalaridan ma'lumotlar tushunib aytib bera olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

  • maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish;

Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:

  • orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiyena talablariga doimo rioya qilish.

Mashg'ulot turi : Yangi bilim beruvchi Mashg'ulot uslubi: tushuntirish,ko`rsatmalilik,amaliy Mashg'ulot jihozi: mashg'ulotlik,kesma harflar,rasmlar
I. Tashkiliy qism 2
II.Uyga vazifani baholash 13
III.Yangi mavzu bayoni 15
IV.Mustahkamlash 10
V.Baholash 3
VI. Uyga vazifani tushuntirish 2
Mashg'ulotning borishi.
ITashkiliy qism
1.Aylanma daftarlarini tarqatish.
2.Obi-havo haqida suhbat.
3.O`quvchilarni mashg'ulotga tayyorgarligini tekshirish. II.O`tilgan mavzu yuzasidan o`quvchilarni bilimlarini baholash.
«Adashganlar» o'yini o'tkaziladi. O'yin shartiga ko'ra unli va undosh tovushlar bir-biridan ajratib olinishi kerak. Stolga A, O, N kesma harflari aralashtirib qo'yiladi. 3 harf tovush ichida qaysi harf adashganligini o'quvchilar aniqlaydilar, ya'ni N undoshni ajratib oladilar.
III.Kichik a harfini yozishga o'tamiz.
a harfini yozish uchun ruchka uchi yozuv yo'lining yuqori chizig'idan pastroqqa qo'yiladi, yuqori chiziqqa tekkizilib, chapga bukilib, pastga tomon chiziladi. So'ngra oval shakli hosil qilinib, chiziqlar tutashtirilgan joydan ilmoqcha chiziladi. Bosh A harfini yozishda pastki yozuv chizig'idan sal yuqoriroqda ilmoq hosil qilinadi, ilmoq uchi pastdan yuqoriga qarab bir oz qiyalatib chiziladi. Uzun chiziq oxiridan qo'l uzmagan holda pastga qarab katta tayoqcha chiqariladi. Qo'lni uzmagan holatda yuqorigi yozuv chizig'iga qaytiladi va halqacha hosil qilinadi. IV.O'quvchilar havoga, chiziqsiz oq varaqqa A harfini yozib o'rganishgach, yozuv daftariga A harfini va Ana non gapini yozadilar. Ana so'zining bosh harf bilan yozilish sababi izohlaniladi. Yozish vaqtida o`tirish ,chiroyli yozish ,ruchka ushlash qoidalari esga olinadi.Parta oralab yurib qiynalayotgan o`quvchilarga yordamlashib turiladi.
Quvnoq daqiqa o`tkazish.
Katta chiziq, Yozuvlarim
Kichik chiziq, Juda qiziq.
Biz yozamiz Aylantirib,
Uzuq-uzuq. O, deymiz
Katta chiziq, Ilgak, qo'shib Kichik chiziq, A deymiz.


Download 4.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling