Tungi hikoya
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Elnur Niyozmatov
O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO INNOVATSIYALAR VA 11- SON ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.09.2022 253 Daraxtning ismsiz bolalarini. 39 She’rda tun obrazi mahorat bilan yaratilgan. Arava ham, aravakash ham – tun. Qop- qora aravada habash aravakash yulduz tashiydi. Yulduz tashiyotgan aravakash zim- ziyolikdan ko’rinmaydi, aravaning harakatlanishidan va uning yulduzlarga to’laligidan aravakash ham qop-qora libosda va o’zi ham qora tanli ekanligini zukko o’quvchi anglab olishi uncha qiyin emas. Yodimizga darhol o’zbek xalq ertaklaridagi tunda qaroqchilarning saroy xazinasidagi oltin-kumush va dur-u javohirlarni o’marishi epizodi tushadi va tun ijodkorning o’y-xayollarini o’g’irlayotgan qaroqchiga qiyoslanyapti deb o’ylaymiz. Ikkinchi misrada ortidan qolmaydi tilamchi shamol misrasida yulduzlardan berishini tilanayotgan shamol obrazi kiritilgan. Aravakashdan dur so’rayotgan tilamchi shamol go’yo qaroqchilarning o’g’riligiga guvoh shaxs unga ham yulduzlardan (dur- javohirlardan) berishmasa, ularni sotishini aytmoqchiday. Tun obrazini ko’plab ijodkorlar o’z asarlarida turlicha talqin qilishgan. Bu she’rda tunning o’zgacha tarzda shaxslantirilganligi esa o’ziga xos joziba kashf etgan. Tilamchi shamol – orzu- istaklar timsoli. Ular doim so’z tashiyotgan ilhom parilarining ortidan chopishi , chigirtkaning jar solishi, kelinchak daraxtlarning devor oshib qarashi orqali she’rda sirli ohang, betakror tasvir va mukammal ramziy-majoziy obrazlar galeriyasi yaratilgan desak o’rinli bo’ladi. Bu o’quvchiga badiiy-estetik zavq berishi va undagi she’riyatga, adabiyotga bo’lgan mehr-muhabbatini, qiziqishini kuchaytirishi aniq. Shu o’rinda yana hazrat Navoiydan iqtibos keltirishni lozim topdik: “Tiyra firoq tunlari sharhini ayt demakim, Ming kecha deb tugonmagay bir kechaning fasonasi. Navoiyning so’zlariga ishonmaslik – muhabbatga ishonmaslik, dardsizlik bilan tengdir. Zero,”bir kechaning fasonasi” uchun sharq she’riyatining manzur va matlub usullaridan ifrotning parvozi ham ojiz qolsa kerak, aks holda, daho shoirning “ming kecha – bir kecha” kabi oddiyligi bilan purma’no nisbatlash usuli (tazod san’ati) orqali shunchalik nafis, haqqoniy obraz-lavha yaratilarmidi!.. “ 40 Navoiyning “bir kechaning fasonasi” iborasi go’yo biz tahlil qilayotgan she’r haqida ham aytilganday, go’yo lirik qahramonning har bir bedor tuni – har bir kechasi haqida aytilganday. (Hazratning sal kam olti yuz yil oldin yozgan baytlari hali hamon o’z avlodlari ijodiy faoliyatlariga o’zgacha ruh, yangicha mazmun kashf etganday ohorini yo’qotmagan) lirik asardagi asosiy timsollardan daraxt obraziga to’xtalib o’tsak. Daraxt obrazini o’zbek she’riyatida bir qator ijodkorlar ijodida ko’rishimiz mumkin. Usmon Azimning “Ikki daraxt”, Omon Matchonning “Yonayotgan daraxt”, Ikrom Otamurodning “Yobondagi yolg’iz daraxt”, shuningdek, Matnazar Abdulhakim, Xurshid Davron, Xosiyat Rustamova, Bahrom Ro’zimuhammad kabi shoirlar she’riyatida daraxtning poetik obrazlarini uchratamiz: 39 Aziz Said “Tungi hikoya” https:// me/ vaqt_manzili 40 Borirxon Akrom “Fasohat mulkining sohibqironi” T- “O’zbekiston” !991. 79-80-betlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling