Tunis (arabcha: ﺲﻧﻮﺗ), Tunis Respublikasi
partiyasi tomonidan tuzilgan) harakat
Download 232.36 Kb. Pdf ko'rish
|
Tunis - Vikipediya
partiyasi tomonidan tuzilgan) harakat boshladi. 1954-yil 31 iyulda Fransiya Tunisga ichki muxtoriyat berishga majbur boʻldi. 1955-yil 3 iyunda imzolangan konvensiyaga binoan Tunisni idora qilish milliy hukumat qoʻliga oʻtdi. 1956-yil 20 martda Fransiya Tunis mustaqilligini tan oldi. 1957-yil monarxiya tugatildi va respublika eʼlon qilindi. H. Burgʻiba prezident etib saylandi. Tunis — 1956- yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 26 dekabrda tan olgan va 1992-yil 26 noyabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 20 mart — Mustaqillik kuni (1956). Siyosiy partiyalari va kasaba Yangilanish harakati partiyasi, 1939-yil tuzilgan, 1993-yilgacha Tunis kommunistik partiyasi deb atalgan; Demokratik konstitutsiyaviy birlashma partiyasi, 1934-yil Dustur partiyasining parchalanishi natijasida tuzilgan, 1964- yilgacha Yangi dustur, 1988-yilgacha Sotsialistik dustur partiyasi deb atalgan; Xalq birligi partiyasi, 1973-yil tashkil etilgan; Demokrat sotsialistlar partiyasi, 1977—78 yillarda asos solingan; Demokratik birlashuv ittifoqi, 1988-yil tuzilgan; Sotsialliberal partiya, 1988-yil tashkil etilgan. Tunis umumiy mehnat uyushmalari birlashmasi kasaba uyushma markazi, 1946-yil asos solingan. Tunis — konchilik va kayta ishlash sanoati rivojlangan agrar mamlakat. Tabiiy resurs zaxiralari oz boʻlishiga qaramay, Afrikadagi eng rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Yalpi ichki maxsulotda qishloq xoʻjaligi. va baliq ovlashning ulushi 11,7%, kon sanoatining ulushi 4%, ishlab chiqarish. sanoatining ulushi 18,5%. Qishloq xoʻjaligida aholining 60% band. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar 8 mln. gektarga yaqin. 3,2 mln. gektari ekinzor, Xoʻjaligi 2,6 mln. gektari yaylov, 150 ming ga yer sugʻoriladi. Gʻalla yetishtirish va yaylov chorvachiligi muhim ahamiyatga ega. Asosiy ekinzorlari mamlakatning shimoliy va shimoli-sharqida joylashgan. Bugʻdoy, arpa, sitrus mevalar, zaytun, xurmo, sabzavot, uzum, bodom, qand lavlagi, tamaki yetishtiriladi. Chorvachilikda qoʻy, echki, qoramol, eshak, xachir, tuya boqiladi. Parrandachilik sanoat asosida tashkil etilgan. Tel togʻlarida oʻrmon mahsulotlari, ayniqsa, poʻkakli daraxt poʻstlogʻi, janubda qogʻoz sanoatida ishlatiladigan alfa oʻti yigʻiladi. Hammomot va Qobis qoʻltiqlarida, Karqanna o.lari sohilida baliq ovlanadi. Sanoatida kon, elektrotexnika, tikuvchilik, toʻqimachilik, charmpoyabzal tarmoklari va xizmat koʻrsatish sohasi rivojlangan. Oziq-ovqat, metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo korxonalari bor. Kon sanoatida neft, fosforit, temir, rux rudasi qazib chiqarish muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish. sanoati korxonalarining aksariyati mamlakatning shimoli-sharqiy Femida barpo etilgan. Chekka rayonlarda sement ishlab chiqarish. yoʻlga qoʻyilgan. Yiliga oʻrtacha 6,7 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Hunarmandchilik (gilam va savat toʻqish, kulolchilik, mis va jezdan bezak buyumlarni yasash) rivojlangan. Transport yoʻli uzunligi 2,2 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 22,5 ming km. Asosiy dengiz portlari: Tunis, Sfaks, Bizerta, Qobis, Sexira. Tunis shahri. yaqinida xalqaro aeroport bor. Tunis chetga neft va neft mahsulotlari, gazmol, zaytun yogʻi, vino, fosforit chiqaradi. Chetdan mashina va uskuna, oziq-ovqat va keng isteʼmol mollari oladi. Fransiya, AQSH, Germaniya, Italiya, Ispaniya bilan savdo qiladi. Pul birligi — tunis dinori. Davlatga qarashli davolash muassasalari bilan bir katorda xususiy shifoxonalar ham bor. Aholining 90% bepul tibbiy yordam olish huquqiga ega. Vrachlar 3 oliy tibbiyot oʻquv yurtida tayyorlanadi. Tibbiy xizmati Tibbiy hamshira, doya, laborant va boshqa tibbiy xodimlar tayyorlash uchun maxsus maktablar ochilgan. Milliy onkologiya instituti (1969), Paster instituti (1906), Oilani rejalash, onalik va bolalikni muhofaza qilish markazi, Tunis universiteti huzuridagi Milliy kardiologiya instituti tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar bilan shugʻullanadi. Taʼlim tizimi fransuzcha uslubda tashkil etilgan. Keyingi yillarda uni arablashtirishga harakat qilina boshladi. Boshlangʻich maktab 6 yillik (6—12 yoshli Maorifi, ilmiy va madaniy- maʼrifiy muassasalari bolalar uchun majburiy), umumiy oʻrta taʼlim maktabi 7 yillik boʻlib, u 3 yillik quyi va 4 yillik yuqori oʻrta maktabdan iborat. Boshlangʻich maktab negizida 4 yillik hunartexnika taʼlimi tashkil etilgan. Mamlakatda 50 ga yaqin ft va oliy oʻquv yurtlari bor. Eng yiriklari: Poytaxtdagi Tunis universiteti (1960), Milliy maʼmuriy maktab (1949), Milliy musiqa, raqs va xalq sanʼati konservatoriyasi, Sanʼat, meʼmorlik va shaxdrsozlik texnika instituti, Milliy agronomiya instituti. Ilmiy muassasalarning aksariyati poytaxtda joylashgan. Tunis universiteti tarkibida iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar markazi, Ilmiy va texnik tadqiqotlar instituti (1969), Yadro tadqiqotlari markazi (1966), Milliy texnika instituti (1969), Milliy onkologiya instituti (1969), Milliy led. tadqiqotlari instituti (1971) bor. Bundan tashqari, Milliy arxeologiya va sanʼat instituti (1957), Milliy agronomiya tadqiqotlari instituti (1914), Milliy veterinariya tadqiqotlari instituti, Milliy okeanografiya va baliqchilik instituti (1924), Dengiz suvlaridan foydalanish va irrigatsiya markazi (1963), Milliy oʻrmonchilik instituti va boshqa ilmiy muassasalar mavjud. Kutubxonalari: Milliy kutubxona (1883), Ommaviy kutubxona (1965). Muzeylar: Bardo milliy muzeyi (1888), Karfagen milliy muzeyi (1964), Islom sanʼati muzeyi va boshqa. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling