Energetika tizimida ishlayotgan gidrotexnika inshootlari Reja


Download 2.6 Mb.
Sana12.10.2023
Hajmi2.6 Mb.
#1701045
Bog'liq
farruz


Energetika tizimida ishlayotgan gidrotexnika inshootlari
Reja:
1.Energetika nima
2.Gidrotexnik inshootlar
3. Gidrotexnika inshootlarining o`ziga x o s xususiyatlari va ishlash sharoitlari
4. Rostlash inshootlari tasnifi
5. Suv olish inshooti yaqinida daryo o‘zanlarini rostlash
6.Xulosa

1. Energetika — energiyaning har xil turlarini hosil qilish, ularni bir turdan ikkinchi turga oʻzgartirish, muayyan masofaga uzatish va yetkazib berish, ulardan barcha sohalarda foydalanishni hamda shular bilan bogʻliq nazariy va amaliy muammolarni hal qilishni oʻz ichiga olgan xalq xoʻjaligi, fan va texnika sohasi. Insoniyat taraqqiyotida kishilarning turli energiya manbalariga boʻlgan ehtiyojlari ularni tabiiy manbalar — oʻtin, koʻmir, torf va boshqalar yoqilgʻilardan, shamol, suv oqimi energiyasi (mas, shamol va suv tegirmonlari) dan foydalanishga majbur qildi. Keyinchalik fan va texnika taraqqiyoti, fantexnika inqilobi tufayli 20-asrning 2-yarmidan boshlab asosan elektr energiyasiga ehtiyoj juda oshib ketdi. Ana shu omillar E.ni jadal rivojlantirishni taqozo qildi. Fan va texnika taraqqayoti energiya ishlab chiqarish va uni oʻzgartirishning yangi usullarini ishlab chiqish, yangi samarali asbobuskunalar va texnologiyalarni yaratish, energiyani taqsimlashni markazlashtirish va boshqalar orqali ifodalanadi. E. fani tabiiy energiya resurslarining potensial energiyasini xalq xoʻjaligida foydalanishga yaroqli va foydali energiya turlariga aylantirish hamda shu bilan bogʻliq ilmiytexnik muammolarni hal qilish masalalari bilan shugʻullanadi. Jahon miqyosida turli yoqilgʻi E. resurslari miqdorini taqqoslash uchun shartli yoqilgʻi birligi (1 kg yoqilgʻi yonganda 7000 kkal issiqlik ajralishi) qabul qilingan. Jahondagi barcha yoqilgʻi resurslarining (yadro energiyasidan tashqari) potensial zaxiralari 25000 mlrd. t shartli yoqilgʻiga teng . Uning 95% i yoqilgʻining qattiq turlariga toʻgʻri keladi. Yadro energiyasining asosiy manbai boʻlgan uran va toriyning zaxiralari dunyo okeani suvlaridagi zaxiralar bilan birga 69000 mlrd. t shartli yoqilgʻiga teng . Eng koʻp ishlatiladigan E.ning tabiiy resurslari (koʻmir, neft, gaz) jahon mamlakatlari boʻyicha notekis taqsimlangan. Shu jihatdan Oʻzbekistonning E. resurslarini hisobga olsak, mamlakat E.si xalq xoʻjaligining baza sohasi hisoblanadi. Oʻzbekiston E. tizimi xalq xoʻjaligi va aholining yoqilgʻi (koʻmir, gaz, neft), elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qondiradi va eksport ham qilinadi. Oʻzbekistonda 20 issiqlik elektr stansiyalari, 27 gidroelektr stansiya (GES) ishlab turibdi. Bularning umumiy oʻrnatilgan quvvati 11,5 mln. kVtsoat (yiliga 55 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniga ega), transformatorlarning umumiy quvvati 44850 MVA, elektr tarmoqlarining umumiy uz. 232 ming km, shu jumladan, yuqori quvvatli (500 kV li)lari 1660 km ni tashkil qiladi (2005).


2. Gidroenergetika — E.ning suv resurslari energiyasidan foydalanishga doir boʻlimi. Suv resurslari energiyasidan foydalanish uchun suv oqimi maxsus qurilgan inshootlar va jihozlar majmui — gidroelektr st-yalar (GES) yordamida elektr energiyasiga aylantiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi "Oʻzbekenergo" davlat aksiyadorlik kompaniyasi tizimida 26 GES ni birlashtirgan 7 ta GES kaskadlari hamda Farhod GES bor. Eng yirik GES lar: Chorvoq GES (quvvati 620,5 MVt), Xoʻjakent GES (165 MVt), Farhod GES (126 MVt), Gʻazalkent GES (120 MVt). Oʻzbekiston E. tizimidagi barcha GES larning umumiy belgilangan quvvati 1419 MVt. Mamlakat gidroenergetikasining istiqboldagi taraqqiyoti, asosan. kichik suv havzalari gidroresurslaridan foydalanish bilan bogʻliq (qarang [[Gidroenergetik ).
Issiqlik E.si — E.ning issiqlikni issiqlik dvigatellari va boshqalar yordamida boshqa energiya turlari (mexanik energiya, elektr energiyasi) ga aylantirib beruvchi issiklik texnikasi boʻlimi. Issiqtik E.sida asosiy issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona issiklik elektr st-yalari (IES) hamda Davlat issiqlik elektr st-yasi (DIES) hisoblanadi. Yirik DIES lar: Sirdaryo DIES (3000 MVt), Toshkent DIES (1850 MVt), Tolimarjon DIES (loyiha boʻyicha 3200 MVt). Oʻzbekistonning issiqtik elektr st-yalari respublikada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyb 85% ini tashkil qiladi.
Oʻzbekistonning yoqilgʻi balansida gaz va koʻmirning salmogʻi katta (qarang Gaz sanoati, Issiqlik energetikasi), "Koʻmir" aksiyadorlik jamiyati ham "Oʻzbekenergo" tarkibiga kiradi.
3. Gidrotexnika inshootlari sanoat va uy-joy qurilishi inshootlaridan farqli o'laroq, muvozanat holatidagi yoki harakatdagi suv bilan doimiy ravishda bog'liqdir, bu o'z navbatida unga mexanik, fizik-kimyoviy va biologik ta’sir qiladi. Suvning mexanik ta ’sirlari inshoot va uning zaminiga statik va dinamik yuklanishlar ko'rinishida ta ’sir etadi. Betonli to'g'onning yuqori bef 4 5 tomonidan gidrostatik bosim ta’sir qiladi (2.2 a-rasm). Bunday yuklanish inshootni siljitishi va ag'darishi mumkin. Bunga yo‘1 qo‘ymaslik uchun to‘g‘on og‘irligini oshirish, uning tovoni bilan zaminni o ‘zaro birlashishini ishonchli qilish kerak. Ustidan suv o'tkazuvchi to‘g‘onlarda (2.2 b-rasm ) suv, uning elementlariga gidrodinamik ta’sir etadi, uning pastki befini (suv urilma, risberma) mustahkamlashni loyihalarda hisobga olishimiz lozim, aks holda suv ombori to‘g‘oni tubining buzilishlari (yuvilishlar)ga olib keladi. Suv omborida hosil boiadigan shamol to'lqinlari to‘g‘onga dinamik ta’sir qiladi. Yuqori seysmik hududlarda qurilgan to‘g‘onlar, seysmik inersiya yuklanishlarni qabul qiladi. Bu yuklanishlarga suvning seysmik bosimi va inersiya kuchlari, gruntli to ‘g‘onlarda esa grunt bo'shliqlaridagi suvning dinamik bosimi kiradi. Inshoot tovoniga pastdan yuqoriga filtratsiya bosimi ta’sir qiladi. Qish vaqtida muz qoplamasining termik kengayishi natijasida va muz ko'chish (oqish) davrida gidrotexnika inshootlari muzlardan hosil bo'ladigan yuklanishlarni qabul qiladi. Suvning fizik-kimyoviy ta ’sirlari ko‘pgina ko‘rinishlarda namoyon boiib, ular inshoot yuza qismlarini oqim ta’sirida yemirilishiga, metall konstruksiyalari va qurilmalarning korroziyasiga, kavitatsiya va kavitatsiya eroziyasiga, filtratsiya oqimi ta ’sirida inshoot zaminidagi gruntlaming tarkibidagi gips, tuzli tosh, ohaktoshlarning tez erishi tufayli kimyoviy suffoziya sodir bo‘lishiga olib keladi. Suvning biologik t a ’sirlari suvda yashaydigan orgauizmlarning gidrotexnika inshootlarining yog'och qismlarining chirishiga, quvurlarda, beton yuzalarida va panjaralarida suv o‘tlarining o‘sishiga olib keladi. 2.2-rasm. Betonli tcrg‘onlarga suvning ta’siri sxemalari: a - ustidan suv o'tkazmaydigan; b - ustidan suv o'tkazadigan; 1- to‘g‘on; 2,3 -yuqori va pastki beflar; 4 - ponur; 5 - shpunt; 6 - suv urilma; 7 - risberma; 8 - tish. YuBSS 46 Gidrotexnika inshootlari qurilish jarayoni qator maxsus o ‘ziga xos xarakterga ega: 1) gidrouzel quriladigan joydan bir yoki bir necha «qurilish toshqinlarini» o'tkazishi lozim; 2) qurilish ishlari nisbatan qiyin sharoitlarda olib boriladi; 3) inshootni navbat bilan ekspluatatsiya qilish; 4) katta hajmdagi tuproq va beton ishlari bo'lganligi sababli unumdorligi yuqori bo'lgan texnikalavni ishlashining talab qiladi. Tarm oqdagi maxsus gidrotexnika inshootlarining xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1) meliorativ tizimlar ishonchliligini ta’minlash (suv iste’moli grafigi asosida sug'orish tarmoqlariga suvni o'z vaqtida tarqatish); 2) zax qochirish tarmoqlaridagi suvni o'z vaqtida chiqarib yuborish. Sug'orish va zax qochirish tarmoqlarida suv taqsimlashni boshqarish inshootini gidravlik ishlash sharoitlari ularning konstruksiyasini va boshqarish elementlari (zatvorlar) ni qabul qilishni belgilab beradi.
4. O'zanlarni rostlashda xilma-xil inshootlar ishlatiladi va ular quyidagi belgilarga ko'ra tasniflarga bo'linadi. Vazifasiga ko‘ra rostlash inshootlar quyidagilarga bo'linadi: 1 ) to ‘g ‘rilovchi-kema qatnovi, suv ta’minoti, yog'och oqizish, ichimlik suv ta’minoti, ko'prik tirqishlaridan toshqin suvlarini o'tkazish uchun mo'ljallangan inshootlar; 2 ) himoyalovchi-ekin maydonlarini. aholi istiqomat qiluvchi joylami. sanoat korxonalarini, inshootlarni va boshqalarni toshqin suvlari bosishdan va yuvilishdan himoyalovchi inshootlar; 3) rostlovchi-oqim suvlarini rostlash, suv kamchil bo'lgan paytlarda kanalga suv olishni ta’minlash, yirik cho'kindilami kanalga tushishiga 398 yo'l qo'ymaslik, qish paytlarida muz va muz parchalari o'tkazish uchun mo'ljallangan inshootlar. Oqim o ‘qiga nisbatan joylashish xarak teriga k o 'ra rostlovchi inshootlar ikkita gurhga bo'linadi: 1 ) bo ‘ylama - qirg'oq cheti (qirrasi) bo'ylab yoki loyihalangan qirg'oq chizig'i bo'ylab joylashgan dambalar, qiyaliklar qoplamalari va boshqalar; oqim bilan ular faqat uzunligi bo'yicha o'zaro ta’sir qiladi; 2 ) ко ‘ndalang - oqim dinamik o'qiga to'g'ri yoki o'tkir burchak ostida joylashgan (shporalar, ostonalar, suv ichiga kirib boradigan ko'tarma to'siqlar va boshqalar); ular oqimga aktiv ta ’sir qiladi: ular uni toraytiradi, unda qo'shim cha qarshilik ko'rsatish yaratiladi, uning kinematik tuzilishi keskin o'zgaradi va o'zan katta deformatsiyalanishini keltirib chiqaradi.
5. Daryodan suv olishdagi o'zanlarning rostlashni asosiy vazifasi kanallarga plan asosida suv olishni ta’minlash bilan birga, bu suv bilan birga kanallarga kiradigan yirik cho'kindilarning kam m iqdorda bo'lishini ta’minlashdan iborat. Bu vazifaning bajarilishi suv oladigan inshoot yaqinida suvning oqish sharoitiga anchagina bog'liq. Suv olish sharoitini yaxshilash uchun ko'pincha inshoot yaqin yerlaridagi o'zanlarda qator rostlash ishlari kompleksi bajariladi. Daryodan to'g'onsiz va to'g'onli suv olish masalalari va ularning tarkibi qator o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. To‘g‘onsiz suv olishda o‘zanlarni rostlash. Sug'orish, suv ta’minoti va energetika ehtiyojlari uchun daryodan suv olish sohasidagi qator misollar oqimlami rostlash inshootlari va bu bilan bog'liq bo'lgan ishlar, ayniqsa daryodan to'g'onsiz suv olish katta ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatdi. To'g'onsiz suv olish ishlash sharoitini yaxshilash uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim: 1 ) harakat qilayotgan tubdagi cho'kindilar suv olish inshooti qirg'og'idan chetga surib yuborish; 2 ) oqim dinamik o'qining noturg'un holatida oqim o'zagini bir zaylda ushlab turish; 3) daryoda boshqaruvchi suv sathlarini saqlash, odatda, tekislikdagi daryolarda suv kamchil bo'lgan vaqtlarda suv olish sharoiti jiddiy qiyinlashadi. Yuqoridagi birinchi talab ikkita yo'l bilan amalga oshiriladi: 1 ) suv olish inshootini tabiiy yoki sun’iy ravishda hosil qilingan botiq qirg'oqqa joylashtirishga harakat qilinadi; 385 2 ) shitlardan tashkil topgan suzuvchi oqimni yo'naltiruvchi tizimlar yordam ida tubdagi harakatlanayotgan ch o 'k in d ilam i suv olish inshootidan chetga surib yuboriladi (7.9-rasm). Oqimni yo'naltiruvchi tizim lar uchun V .M .Potanov va uning shogirdlari tomonidan tavsiya etilgan quyidagi belgilar kiritildi: a - shit tekisligi va oqim dinamik o'qi o'rtasidagi burchak, 16...25° oralig'ida qabul qilinadi (o'rtacha 2 0 °); b - tizim tarmog'i yo'nalishga perpendikular va oqim dinamik o'qi o'rtasidagi burchak 16...20° oralig'ida qabul qilinadi; q - oqim tarmoq yo'nalishiga perpendikular bo'lgan va oqim dinamik o'qi orasidagi burchak 45...75° oralig'ida qabul qilinadi; suv olish burchagi 90° bo'lganda q =60°; suv olish burchagi o'tmas bo'lganda q =75° ; suv olish burchagi o'tkir bo'lganda q =45° ; bD - tizimni o'rnatilish kengligi, V.A.Shaumyan bo'yicha bT = l,17(A' + 0,4) ga teng (bunda К = qk IqD- kanal va daryoning solishtirma sarflari nisbati; ular har dekadadagi o'rtacha sarflari bo'yicha aniqlanadi: qk = Qk !bk va Qd = Q d ^ ’ Qk ’ Qd ’ - mos ravishda kanal va daryoning sarflari va suv chizig'i bo'yicha kengliklari). 7.9-rasmdan ko'rinib turibdiki, oqimni yo'naltiruvi tizim uzunligi L = b/Sinft Tizimlardagi shitning uzunligi uchun quyidagi ifoda qabul qilingan lsh = 0,6/i/sina > 1,5ft bunda h - oqim chuqurligi. Shitning to'liq balandligi tish ni shitning suvga cho'kish chuqurligining 0 ,2 ...0,3m zaxira qoldirib belgilanadi, ya’ni tith = 0,33/j + 0 , 2 w. Tizimidagi shitlar orasidagi masofa V.A. Shaumyan bo'yicha I = ( 0 , 6 ...0 , 8 )/lA sin a /sin f t, shitlar soni esa n = LH Ikkinchi talabni bajarishda yoki o'zanni rostlash (to'g'irlash) da qirg'oqlaming chiqib turgan qismlari qirqiladi yoki mos keluvchi oqimni yo'naltiruvchi tizimlar o'rnatiladi. O'zanni suv olishning yuqori va pastki uchastkalarida rostlash katta samara beradi. Uchinchi talabni bajarish uchta yo'l bilan amalga oshiriladi: 1 ) suv ushlovchi uzun dambani barpo etish bilan (shporalar) - suv olish stvori sathi belgisi shpora stvori oxirida daryodagi suv sathi belgisiga teng bo'ladi; 386 2 ) uzun bo'lmagan shporani o'rnatish bilan; 3) tubda joylashgan zaprudlar yoki suv olish inshootidan oqim yo'nalish bo'yicha pastda joylashgan o'zanda barpo etiladigan ostonalar bilan. Muayyan shart - sharoitlarga ko'ra rostlash ishlarining boshqa turlari ham amalga oshirish mumkin
6. Maxsus inshootlar, jihozlar va qurilmalar yordamida suv resurslaridan xalq xo'jaligi ehtiyojlarida foydalanish va suvning zararli ta ’sirlariga qarshi kurashishni o'rganish bilan shug'ullanuvchi fan va texnikaning tarmog'iga gidrotexnika deb ataladi. Bevosita suv xo'jaligi tadbirlarini am alga oshiradigan muhandislik inshootlari gidrotexnikaviy yoki gidrotexnika inshootlari deb ataladi. Gidrotexnika inshootlari yordamida har xil suv xo'jaligi tadbirlari amalga oshiriladi, suv sathi va suv sarfi rostlanadi, uni manbadan ma’lum sifatda va istalgan vaqtda kerakli miqdorda olib, zarur joylar (ekin maydonlari, gidroelektrstansiyalar va h.k.)ga yetkazib beriladi, muz va cho'kindilar va h.k. o'tkazib yuboriladi. G idrotexnika inshootlari, odatda, asosiy belgilari: ishonchlilik kategoriyasi (foydalanish sharoitlari va kapitalligi) ; maqsadli vazifasi; o'ziga xos belgilari, masalan, konstruksiyasi; joylashgan o‘rni va h.k. ga ko'ra tasniflanadi.
Download 2.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling