Tunis Reja
Download 0.51 Mb.
|
Tunis
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tunis tijorat banklari faoliyati
- Mamlakatning islom bank ishining o’ziga hosligi va joriy holati
- Bank tizimida olib borilayotgan islohotlar
- Mag’rib Moliyaviy Texnologiyalar Qo’mitasiga
Tunis tijorat banklari faoliyati Yuqorida aytib o`tilganidek Tunisda jami bo’lib 23 ta mahalliy bank mavjud va ular quyidagilar: 1. Banque Al-Baraka 2. Arab Tunisian Bank (ATB) 3. Banque Franco Tunisienne (BFT) 4. Banque Nationale Agricole (BNA) 5. Attijari Bank 6. Banque de Tunisie (BT) 7. Amen Bank (AB) 8. Banque Internationale Arabe de Tunisie (BIAT) 9. Société Tunisienne de Banque (STB) 10. Union de Bancaire pour le Commerce et l’Industrie (UBCI) 11. Union Internationale de Banques (UIB) 12. Banque de l'Habitat (BH) 13. Citibank 14. Banque Tunisienne de Solidarite (BTS) 15. Arab Banking Corporation (ABC) and its subsidiary: ABC Tunisie 16. Tunisian Qatari Bank (TQB) 17. Banque de Tunisie et des Emirats (BTE) 18. Banque Tuniso-Koweitienne (BTK) 19. Banque de Financement des Petites et Moyennes Enterprises (BFPME) 20. Banque Tuniso-Libyenne (BTL) 21. Stusid Bank (STUSID) 22. Banque Zitouna (ZITOUNA) Bunga qo’shimcha ravishda 7ta mahalliy bo’lmagan banklar, 8ta lizing tashkilotlari, 2ta faktoring tashkilotlari va 2ta savdogar banklari mavjud. 2018-yilning holatiga ushbu moliyaviy institutlarning banklar bilan birgalikdagi jami aktivlari 133482 million Tunis Dinorini (DT) tashkil etdi. Shularning 91.8%i mahalliy banklar hisobiga to’g’ri kelgan. Shuningdek banklarning filiali jami 1913 tani tashkil qilgan. 2018-yil holatiga ko’ra banklarga qo’yilgan jami omonatlarning hajmi 68221 million TDni tashkil qilgan. Omonatlarning asosiy qismi jismoniy shaxslar va xususiy korhonalar zimmasiga mos ravishda 53.3% va 23.4% dan to’g’ri kelgan. Qolgan qismi esa norezidentlar va turli xil institutlar hisobiga to’g’ri kelgan. Tunis tijorat banklari o’z aktivlarining 95166 million TDsini foydalanishgan 20118-yilda va buning asosiy qismi ya’ni 80408 million TDsi mijozlarga qarz sifatida ajratilgan bo’lsa 14758 millioni esa qimmatli qog’ozlar portfelini tashkil etishga sarflangan. Tijorat banklarining 2018-yil holatiga ko’ra foydalarining tarkibi quyidagicha tus olgan: Ko’rinib turganidek foydaning asosiy qismi ya’ni 51.6%i foiz ko’rinishidagi daromadlarga, 21.9%i komission xizmatlarga, 14.3%i qimmatli qog’ozlarga va 12.2%i investitsiya faoliyatidan jalb qilingan. Mamlakatning islom bank ishining o’ziga hosligi va joriy holati 2012-yil Standard&Poor’s ma’lumotlariga ko’ra mamlakatdagi bank tizimi aktivlarining 2%i Islom Moliyasi hisobiga to’g’ri keladi. Bu boshqa arab davlatlariga taqqoslaganda ancha kichik ko’rsatkich hisoblanadi, misol uchun: bu ko’rsatkich Saudiya Arabistonida 61%ni, BAADA esa 42%ni tashkil etadi. Tunisda Islom Moliyasi orqali muhim mavjud infratuzilmani, energetika sohasini va ko’chmas mulkni rivojlantirish kabi loyihalar amalga oshirildi. Afrika Taraqqiyoti Banki mutaxassislari fikriga ko’ra yirik Islomiy Moliya loyihalariga quyidagilar kiradi “ Tunis Hind O’g’it” loyihasiga $150million (2009), irrigatsiya sohasini rivojlantirishga $12.3 million (2009) va “Moliyaviy Port loyihasiga $3 milliard (2011) sarflangan. Tunisda Islom Moliyasi Tunis Markaziy Bankininig 91-24 sonli tijorat banklari uchun chiqarilgan nizomi va tijorat tashkilotlari uchun mo’ljallangan “Majburiyatlar va Shartnomalar” kodeksi orqali tartibga solinadi. Ushbu kodeksda riboni, sudxo’rlikni, shubhali va juda yuqori riskli loyihalarni taqiqlashga oid bandlar mavjud. Shuning bilan birga ahloqqa zid bizneslarni moliyalashtirishga oid taqiqlar va foyda va zarar sherikchiligi haqida ham bandlar kiritilgan. Mutaxassislarning fikriga ko’ra Tunisda Islom Moliyasining turg’unlik holastiga tushishiga asosiy sabablar bular ushbu sohadagi maxsus qonunchilik va tartibga soluvchi aralashuvning yo’qligi hisoblanadi. Tunisda 3ta bank Islomiy xizmatlar taklif etadi va yana 2tasi ham Islomiy ham an’anaviy xizmatlarni takliof etadi. Bundan tashqari Tunisda 6ta Islom o’zaro fondlari, 4ta Takaful institutlari va yagona lizing kompaniyasi mavjud. Mamlakatning asosiy Islom xizmatlarini ko’rsatuvchi banklari bu Al Baraka va Zitouna Banklari hisoblanadi. Quyida ushbu ikki yirik bank ayrim statistikasi: Al Baraka banki moliyaviy hisobotlari yillar kesimida million US$da Zituna Banki moliyaviy ma’lumotlari million US$da Bank tizimida olib borilayotgan islohotlar Bank tizimidagi islohotlar haqida gap ketadigan bo’lsa avvalambor, Tunis Markaziy Banki (BCT) tomonidan olib borilayotgan islohotlarga tuxtalib o`tish va aynan shu islohotlardan boshlash maqsadga muovfiq bo’ladi. Hozirgi vaqtda BCT asosiy e’tiborini moliyaviy texnologiyani rivojlantirishga alohida urg’u bermoqda. Moliyaviy texnologiyalarning bank sohasida rivojlanishining asosiy homiysi sifatida BCT bir necha tashabbuslar bilan chiqdi va bular quyidagilar:
2019-yil 9-yanvardan boshlab Moliyaviy Texnologiyalar Qo’mitasi o’z faoliyatini BCT va uning bo’linmalari bilan Moliyaviy Texnologiyalar orasida ishlashni osonlashtirish maqsadida boshlangan. Bu qo’mitaga BCT raisi boshchilik qiladi va u koordinator, unga yordamchi va yigirma nafar maxsus mutaxassislardan iborat. BCTning tegishli bo’linmalari va Moliyaviy Texnologiyalar o’rtasida Tezkor To’lovlar, E-hamyon va bir necha loyihalar bo’yicha 10ta uchrashuv o’tkazildi; Bunga qo’shimchas ravishda ushbu qo’mita ya’ni Moliyaviy Texnologiyalar Qo’mitasi hozirda dastur ko’rinishidagi o’z saytini yaratish ishlari bilan band va bu tashabbbus o’z navbatida Tunisdagi moliyaviy texnologiyalar bo’yich amalga oshiriliyayotgan ishlarni tashqi foydalanuvchilar kuzatishi uchun yanada qulaylashtiradi; Bularga qo’shimcha sifatida BCT o’z labaratoriyasini ya’ni BCT-labni Moliyaviy Texnologiyala sohasida ishga tushirmoqchi va bu orqali o’zidagi ba’zi bir jarayonlarni ushbu sohadagi mutaxassislar yordamida raqamli ko’rinishga keltirmoqchi; Yuqoridagilarga qo’shimcha sifatida shularni qo’shimcha qilib aytish mumkinki, yuqorida gap ketayotgan islohotlarni xavfsizlik yuzasidan va yanada ko’proq samaraliroq qilish maqsadida BCT 2019-yilning mart oyida Mag’rib Moliyaviy Texnologiyalar Qo’mitasiga a’zo bo’ldi va shu paytda o’tkazilgan Mag’rib Moliyaviy Texnologiyalar kun tartibida aktiv qatnashdi va to’laqonli a’zoga aylandi. BCT o’z oldiga qo’ygan strategiya ichida yana bir yaxshi yangilik shundan iboratki, mijozlarga bank xizmatlarini ko’rsatish doirasida xavfsizliknio o’rnatish. Bu reja o’z ichiga quyidagi ishlarni amalga oshirishni taqozo etib turipti: Moliyaviy xizmat ko’rsatuvchi moliyaviy tashkilotlar ustidan to’g’ridan-to’g’ri nazoratni amalga oshiruvchi hokimiyat vakillarini tayinlash; Mijozlarga bir xil sharoitda va bir xil munosabatda xizmatlar ko’rsatilishini ta’minlash; Moliyaviy mahsulotlarning ustun taraflari , ular bilan bog’liq bo’lgan risklar va ularga bog’liq bo’lgan holatlar kabi mijozlar uchun muhim bo’lgan moliyaviy axborot bilan oshkora ravishda ta’minlash; Aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga yo’naltirilgan dasturlarni ishga tushirish kabilar. Yuqoridagilar bu BCTning tashabbuslari bilan amalga oshirilmoqchi bo’layotgan va amalga oshirilayorgan ishlar bo’lsa quyida tijorat banklari bo’yicha ayrim holatlarni ko’rib o’tamiz. Mamlaktning eng yirik banklaridan biri bo’lmish Zitouna Bank 2016-yilda qiymati $17.41 millionga teng bo’lgan mahalliy bondlarni gibrid ko’rinishidagi foiz to’lovi bilan, ya’ni qat’iy qismi 6% va o’zgaruvchi qismi 2%gaha holatda chiqardi. Bunga qo’shimcha ravishda Islom mikromoliyalashtirish Zitouna Tamkeen Fondiga Islom Taraqqiyot Banki bilan birgalikda asos soldi. Tunis Solidarity Bank esa yaqinda o’ziga Islomiy xizmatlar ham ko’rsata olish huquqini Islom Taraqqiyot Bankidan qabul qilib oldi va bunga qo’shimcha ravishda ushbu sohada amalga oshirilishi kerak bo’lgan loyihalar uchun tashkilotning $50 millionlik grantini ham yutib oldi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling