Kursk qora tuproqlari yoshi, yil.
Gumus fraksiyalari
|
10-20 sm
|
30-40 sm
|
50 - 60 sm
|
70-80 sm
|
140-150 sm
|
Gumin kislotalari
|
1680+80
|
2950+80
|
2970+110
|
4020+90
|
6700+100
|
Gumin
|
1100+70
|
—
|
1230+180
|
2970+90
|
—
|
Bu tartib, ya’ni tuproq qatlamlarining yoshining o‘zgarishi sug‘oriladigan, qadimdan dehqonchilik qilinadigan tuproqlarga to‘g‘ri kelmaydi. Sabab bu tuproqlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonida ma’lum darajada o‘zgaradi. Ya’ni qatlamlardagi tuproqlar aralashadi, shu bois bu qatlamlarning yoshi bir-biriga yaqin kelishi mumkin. Bunday hodisani eskidan sug‘oriladigan voha tuproqlarida kuzatish mumkin.
Bo‘z-voha tuproqlarining yoshi ayrim ma’lumotlarga ko‘ra yetmish ming yil atrofida hisoblanadi.
Bu borada yana shuni alohida qayd qilish kerakki, ustki qatlamlarda hosil bo‘lgan gumus yoshi nisbatan kichik bo‘ladi. Ayni vaqtda «geteroxron», har xil yoshli bo‘lishi mumkin. Bunday deyishimizga sabab hozircha yangi hosil bo‘lgan, nisbatan yosh gumusning yoshini katta bo‘lgan gumusdan analiz vaqtida ajratib bo‘lmaydi. Ularning yoshi orqaligina farqlash mumkin.
Hozirgi kunda radiouglerod usuli yordamida O‘zbekistonda tarqalgan tuproq tiplari tipchalarining yoshini aniqlash, evolyutsiyasini va boshqa xossalarini o‘rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyat kasb yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |