Tuproq kimyosi
Download 0.64 Mb.
|
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproq uchun xarakterli bo‘lgan pH oraliqlarda tuproq eritmasida
- Tuproqda aluminiyning kompleks birikmalari
Bo‘z tuproqlarda yalpi aluminiy Ismatov J.R. ma’lumotlariga asoslangan holda hisoblangan. O‘zbekiston tuproqlarida yalpi aluminiy miqdori 7.1-7.8% atrofida bo‘lib, profil bo‘ylab deyarli bir xil tarqalgan. Shuni alohida qayd etish kerakki, tuproq unumdorligida va undagi fizik-kimyoviy jarayonlarning borishida aluminiy tuproq eritmasidagi miqdori muhim rol o‘ynaydi. Uning konsentratsiyasi va birikma shakli pH miqdori bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Aluminiy gidroksidi amfoter xususiyatga ega. Yetarli nordon sharoitda tuzlarni hosil qiladi va aluminiy kation eritmada mavjud bo‘ladi Al(OH)3 + 3HCl Al+3 + 3Cl- + 3H2O. Kezi kelganda shuni ham ta’kidlash kerakki, ishqori yer va ishqori elementlarning tuproq eritmasidagi konsentratsiyasi pH deyarli bog‘liq emas, yoki juda oz miqdorda bog‘liq. Ishqoriy muhitda alyuminatlar hosil bo‘ladi, agar ishqor miqdori ko‘p bo‘lsa, gidroksialyuminatlar eritmada paydo bo‘ladi. Al(OH)3 + NaOH + Na[Al(OH)4] Tuproq uchun xarakterli bo‘lgan pH oraliqlarda tuproq eritmasidaAl+3, AlOH+2, Al(OH)2+, Al(OH)0, Al(OH)4- ko‘rinishlarda uchraydi. Merioni (1976) eritmadagi aluminiyning har xil shakllari pH ga bog‘liqligini ko‘rsatgan, ya’ni uning ma’lumotlariga ko‘ra, pH=4-5 bo‘lganda Al+3, pH=7.5-8 bo‘lganda esa Al(OH)3 mavjud bo‘ladi. Demak, bizning tuproqlarimizda Al(OH)3 shaklida ham bo‘lishi mumkin. Podzol tuproqlarda ferralitli tuproqlarning eritmalarida erkin Al+3 mavjud bo‘ladi. Arid o‘lkalardagi pH 7-8 bo‘lgan tuproqlarda Al+3 (ion shaklida) bo‘lmaydi. Lekin aluminiy gidroksidi boshqa aluminiy birikmalarning pH ga bog‘liq ravishda pog‘onali dissosatsiyalanishi hisoblanadi. Aluminiyning tuproq profilidagi migratsiyasi uzoq davom etgan tarixiy davrda sodir bo‘ladi, davom yetadi. Aluminiy tuproq profilidagi defferensiatsiyasi asosan lesivaj va kompleks birikmalari harakati, kolloid zarrachalar hisobiga sodir bo‘ladi. Tuproqda aluminiyning kompleks birikmalariBu element odatda tuproqning organik moddalari bilan oson kompleks birikmalarni hosil qiladi, lekin bu formadagi birikmalar yetarli darajada o‘rganilmagan. Ma’lumki, aluminiy oksalat ionlari, sulfat va boshqa shu kabilar bilan birikmalar hosil qiladi. Shu kabi reaksiyalar tuproqda ham sodir bo‘lishi mumkin. Aleksandrova fikriga ko‘ra, aluminiy gumus kislotalarini anion qismiga kirib, murakkab birikma hosil qiladi. Bu birikmalar quyidagicha bo‘lishi mumkin: Bunday birikmalarni hosil bo‘lishida gumin kislotalarining karboksil guruhlarining qatnashishi Aleksandrova tomonidan aniqlash orqali isbot qilingan. Uning fikricha, bunday birikmalar alyumogumin birikmalar qatoriga kiradi. Alyumoguminlar tarkibidagi aluminiyning bir qismi almashinish xususiyatiga ega emas, bir qismi esa neytral tuzlarning kationlari orqali siqib chiqariladi. Bu alyumoguminli birikmalardagi aluminiyning ikki xil rol o‘ynashidan dalolat beradi. Bunda aluminiyning bir qismi molekulaning ichki qismida, ikkinchi bir qismi esa, uning tashqarisida vodorod ionlari o‘rnida joylashganligidan dalolat beradi. Uni quyidagicha tasvirlash mumkin: Natriy o‘rnida ham aluminiy bo‘lishi mumkin. Aynan ana shunday joylardagi aluminiy neytral tuzlarning kationi oson almashinadi. Ichki sferaga kirgan aluminiy harakatchanligi juda past bo‘lib, ular tuproqning kimyoviy reaksiyalarida deyarli qatnashmaydi. Bunday birikmalar bir necha ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Aluminiy gidrooksidini gilli minerallar ustiga yutilishi kuzatilgan. Aluminiy gidroksidi bilan gumus kislotalari orasidagi reaksiyaga ham kuchsiz eriydigan adsorbtsion komplekslar hosil bo‘lishi mumkin. Fosfatlar tomonidan ham yutilishi sodir bo‘ladi. Bunda hosil bo‘lgan fosfatlarning eruvchanligi juda past bo‘ladi. Fosfat ionlarining alyumosilikatlar tomonidan adsorbtsiyasini quyidagi uch yo‘nalishda ko‘rsatish mumkin: 1. Fosfat ionlarining gidroksilga almashinishi: =Al–OH]+ + H2PO4- =Al-H2PO4 =] + OH- 2. Fosfat ionlar yordamida suvni siqib chiqarish: =Al-OH2]+ + H2PO4- =Al-H2PO4]+ + H2O Bu mexanizm hali to‘la o‘z isbotini topmagan.
=Al-OH2]+ +H2PO4- =Al-H2PO4] + H2SiO4- Matson fikriga ko‘ra, aluminiy silikatlarga nisbatan fosfatlar bilan mustahkam birikma hosil qiladi. Shuning uchun ham bunday reaksiya hayotda mavjud. Bulardan tashqari tuproqda:
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling