Tuproq kimyosi


Tuproqlarda tabiiy radioaktiv elementlar (TRE) ning migratsiyasi


Download 0.64 Mb.
bet40/57
Sana10.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1257252
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57
Bog'liq
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni

Tuproqlarda tabiiy radioaktiv elementlar (TRE) ning migratsiyasi


Ko‘p yashovchi izotoplar bilan ularning tog‘ jinslari va tuproqdagi miqdorlari orasida bog‘liqlik bor. Granitlarda, gillarda 11-1810-6 g/t Th, 7510-6 g/t Rb87, 310-6 g/t K48, (3-4) 10-6 g/t U bor.


Bu miqdorlar ularning litosferadagi klarklariga yaqin keladi. Tuproqlarda esa o‘zaro farq bo‘ladi. Tuproq bilan ona jins o‘rtasida ham. Karbonatli ellyuviylarda hosil bo‘lgan tuproqda tabiiy radioaktivlik elementlarining miqdori ona jinsga nisbatan bir necha marotaba ko‘p. Bunga sabab ona jins rolini o‘ynagan karbonatlarning nurashi bo‘lib, ularning nurashida harakatga tushgan «TRE» (tuproq radioaktiv elementlari) tuproqda ko‘payadi.
Torfli tuproqlarda ham shu hodisani ko‘rishimiz mumkin. Radioaktivlik elementlarning tuproq kesmasidagi vertikal taqsimoti tuproq hosil bo‘lish jarayonidagi xususiylikka bog‘liq. Karbonatli tuproqlarning gumusli qatlamida «TRE» kesma bo‘ylab kamayib boradi.
Podzollanishda, sho‘rtoblanishda, gleylanishda TRE lar illyuvial qatlamda to‘planadi, ellyuvial gorizontda kamayadi. Illyuvial qatlamda ellyuvialga nisbatan «TRE» miqdori 1,5-3 marotaba ko‘payadi. Umuman oladigan bo‘lsak, «TRE» tuproqdagi Fe, Al oksidlari bilan zich korrelyatsiyalanadi. Demak, r =0 +1 oralig‘ida bo‘ladi.
Tuproqlarda radioaktiv elementar taqsimoti element turi, tuproq tipi va xossalariga ko‘ra har xil bo‘ladi. Bu o‘zgarishni quyidagi diagramma ma’lumotlaridan ham ko‘rish mumkin.
4-diagramma
Tuproqlarda radioaktiv elementlar miqdori, Bk/kg.



Radioaktiv elementlarning tuproqlardagi miqdorlaring bunday holatda o‘zgarish sabablari ko‘p bo‘lib, ularga tuproq va element xossalaridan tashqari bu elementlarning suvdagi harakat intensivligini ham kiritish mumkin.


Bu kattalikka ko‘ra ular U>Ra>Th shaklida joylashadi. Radioaktiv kaliy uchun esa hali suvdagi harakat intensivligi aniqlanmagan. O‘rganilgan tuproqlar ichida gidromorf tuproqlar nisbatan uranga boy. Sababi uran suvda yaxshi harakat qiladi hamda gidromorf tuproqlar relef jihatdan pastda joylashgan bo‘lib, uranni akumulyatsiya qiladi. Ra:U, Th:U nisbat tuproq hosil bo‘lish jarayonini belgilaydi. Bu qoida gidromorf tuproqlar uchungina to‘g‘ri bo‘lib boshqalarida sezilmaydi.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling