Tuproq kimyosi
Takrorlash uchun savоllar
Download 0.64 Mb.
|
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: TUPRОQDA TEMIR VA MARGANETS. TUPRОQLARDA ОKSIDLANISH VA QAYTARILISH JARAYONI
- 5. Temir birikmalari guruhlariga tavsif.
Takrorlash uchun savоllar
1. Gallоidlarning Mendeleev elementlar davriy sistemasidagi o‘rni va tuprоq qatlamlarini shakillanishdagi o‘rni. 2. Gallоidlarni geоkimyoviy xоssalari. 3. Gallоidlar migratsiyasi va tuprоq sho‘rlanishi. 4. Ftоr biоgeоkimyosi. 5. Tuprоqdagi radioaktiv elementlar manbalari. 6. Radioaktiv elementlar va tuprоqni nisbiy, absalyut yoshi. 7. Tuprоqdagi radioaktiv elementlarni migratsiyasi. 8. Izotоplar va ularning tuprоq kimyosini rivоjidagi rоli. 9. Tuprоqlarni radioaktiv elementlar bilan iflоslanishi va uni оldini оlish chоra tadbirlari. Mustaqil ta’lim mavzulari va tорshiriqlari 1. Gallоidlarning tuprоq sho‘rlanishidagi rоli. 2. Ftоrning trofik zanjirdagi harakati va biоgeоkimyosi. 3. Radioaktiv elementlardan qishlоq xo‘jaligida fоydalanish muammоlari. 4. Kaliy-Argon usuli bilan tuprоq yoshini aniqlash usuli. 5. Xlоr elementini sho‘r tuprоqlar maydоnidagi, trofik zanjiridagi harakati. MAVZU: TUPRОQDA TEMIR VA MARGANETS. TUPRОQLARDA ОKSIDLANISH VA QAYTARILISH JARAYONIReja:
1. Tuprоqda temir va marganets. tuprоqlarda оksidlanish va qaytarilish jarayoni.2. Tuproqdagi OQ buferligi va sig‘imi.3. Oksidlanish va qaytarilish tartibi, tiplari.4. Tuproqda temir va boshqa mikroelementlar. Temir va marganetsning elementlar davriy sistemasidagi o’rni va ayrim xususiyatlari.5. Temir birikmalari guruhlariga tavsif.6. Marganets va uning birikmalari.Tuproq murakkab oksidlanish va qaytarilish tizimidan iborat. Tuproqda ko‘p miqdorda xilma-xil moddalar mavjud. Ular tabiatan organik va mineral xususiyatlarga ega bo‘lib, kelib chiqishlari ham organik va mineral yo‘llar bilan sodir bo‘ladi. Bu moddalar oksidlanish va qaytarilish xususiyatlariga ega, ayni vaqtda oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarida qatnashadilar. Tuproq tarikibida sodir bo‘layotgan oksidlanish va qaytarilish jarayonlari, ayni bir vaqtda tuproqning hosil bo‘lishida qatnashadi va ta’sir ko‘rsatadi. Oksidlanish jarayonlari bilan o‘simliklarning gumifikatsiyasi, ya’ni o‘simlik qoldiqlarining oksidlanish va qaytarilishi Fe, Mn, S va boshqa elementlar oksidlanganlik darajasining o‘zgarganligiga bog‘liq. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, oksidlanish va qaytarilish reaksiyalari deyarli hamma vaqt birga sodir bo‘ladi. Bu reaksiyalarda doim ikki va undan ko‘p moddalar, elementlar qatnashadi. Bunday reaksiya natijasida birinchilari elektron yo‘qotadi, ya’ni beradi, ikkinchilari qabul qiladi. Bunda elektron berganlari, ya’ni elektronni yo‘qotganlari oksidlanadi, elektron qabul qilganlari qaytariladi. Elektron yo‘qotish bilan birga boradigan reaksiyalarga qaytarilish reaksiyalari deyiladi. Elektron beruvchi elementga elektronlar donori deyiladi. Elektron qabul qiluvchilarga akseptorlar deyiladi. Elektron beruvchi element yoki elektron qaytaruvchi, akseptor esa, ya’ni elektron oluvchi element oksidlovchi deyiladi. Bu jarayonda donor elektronni yo‘qotgandan so‘ng oksidlanadi, aktseptor esa elektron qabul qilgandan so‘ng qaytariladi. Oksidlanish va qaytarilish jarayonini quyidagicha yozish mumkin: Ox + ne ↔ Red Bunda: Ox - oksidlovchi, Red - qaytaruvchi, e - elektron, n - elektronlar soni. Oksidlanish va qaytarilish jarayonining tezligi, yo‘nalishi, odatda elektron beruvchi element tomonidan eletronni tez va oson berish va bermasligi bilan aniqlanadi. Tuproq oksidlanish va qaytarilish jarayonlarining bir qismi qaytar, qolganlari qaytmas xususiyatga ega. Fe,Mn larning oksidlanish va qaytarilishi qaytar jarayon hisoblanadi. Organik moddalarning oksidlanishi asosan qaytmas bo‘lib, oxirida N va S ba’zi sodda birikmalar, CO2, H2O hosil bo‘ladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling