Tuproq kimyosi


Tuproqdagi OQ buferligi va sig‘imi


Download 0.64 Mb.
bet44/57
Sana10.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1257252
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57
Bog'liq
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni

Tuproqdagi OQ buferligi va sig‘imi


Yarkov, Kaurichev, Orlovlar tuproqlarning oksidlanish va qaytarilish tiziimini baholash uchun fanga oksidlanish-qaytarilish sig‘imi tushunchasini kiritganlar.
Tuproq bilan bog‘langan oksidlovchining maksimal miqdori OK sig‘imini belgilaydi yoki shunga teng, mg 100g tuproq uchun hisoblanadi.
Har xil omillar ta’sirida OQP ning o‘zgarishga qarshi turish qobiliyatiga tuproqning OQ buferligi deyiladi. OQ buferligi, namlikka, gumus miqdori va sifatiga, tuproqning granumetrik tarkibi va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Qora tuproqda OQ beferligi eng yuqori bo‘ladi
Eh bilan pH bog‘liqligi. Ko‘pchilik OQ reaktsiyalari vodorod ioni ishtirokida boradi. Shuning uchun Eh va pH o‘zaro bog‘liq bo‘ladi.
Nordon muhitda oksidlanish Eh va pH ni 58 mv ga o‘zgartiradi deb kelinar edi. pH ning ortishi Eh ni kamaytiradi deyiladi. Lekin hozirda Eh va pH oralig‘ida murakkab bog‘lanish borligi aniqlangan. Bunda hozircha raqam bilan ifodalaydigan qonuniyatlar aniqlanmagan. Eh ning har xil miqdorlarini ko‘rsatib Eh bilan aloqasini yechish uchun Klark formulasi berilgan bo‘lib, unda H-potentsial bilan Eh va pH bog‘liqligi aniqlanadi.

Bunda 2H 27 dan katta bo‘lsa, oksidlovchi jarayon yaxshi bo‘ladi. 20 dan pastda esa qaytaruvchi jarayon hukm suradi.
Har xil tuproqlardagi Eh har xil gorizontlarda odatda 100-175 mv oralig‘ida bo‘ladi. Bu miqdor salbiy raqamlarga tushishi mumkin.
Tuproqdagi OQ tuproq holatiga qarab ikki katta guruhga bo‘linadi.
1.Oksidlanish jarayoni ustun
2.Qaytarilish jarayoni
Birinchi guruh xususiyatiga ega, ya’ni oksidlanish jarayoni ustun bo‘lgan, chimli-podzollarda Eh 450600 mv, qora va bo‘z tuproqlarda esa 500-650 mv bo‘ladi.
Bu tuproqlar uchun harakatli xususiyat namlanganda, ya’ni sug‘organda Eh ning B qatlamdagi miqdorini odatdagi holga nisbatan 20-50 mv ga ortishi, o‘ta namlangan vaqtda esa gumus qatlamida Eh 250-350 mv bo‘lishi hisoblanadi. Demak, sug‘orish jarayonida Eh keskin o‘zgaradi, lekin sug‘orish tugaganidan so‘ng 1-2 sutkada ketadi.
Gidromorf yarimgidromorf tuproqlar ikkinchi guruhga, ya’ni qaytarilish jarayoni ustunlik qiladigan guruhga kiradi. Bu guruhda me’yoriy Eh 450-300 mv bo‘ladi. Sizot suvi ustidagi gilli qatlamlarda Eh-100 dan Q100 mv gacha bo‘lib, eng kam ko‘rsatkichga ega bo‘ladi. Botqoq tuproqlarda Eh stabil-200 mv ni tashkil qiladi.
Sholikor yerlarda Eh 700 mv dan-150 mv gacha amplitudada o‘zgaradi. Sug‘orishdan oldin sholikor yerlarda oksidlovchi sharoit bo‘lsa, sug‘orishdan keyin qaytaruvchi sharoit bo‘ladi.
Agar Eh 200 mv dan past bo‘lsa, tuproqda gilli (gleyli) qatlam hosil bo‘lishi sharoiti tezlashadi.
Eh dinamikadagi ko‘rsatkich bo‘lib, ko‘pincha haroratlarga bog‘liq ravishda ham o‘zgaradi. Masalan, sug‘orish jarayonidagi o‘zgarishi, organik o‘g‘itlar solishdagi o‘zgarishi bo‘lib bularda Eh 500-600 dan 200-300 mv ga tushadi. Ba’zan 100-200 mv ga kamayadi. Tuproq quriganda Eh miqdori oshadi.
Namlik o‘zgarishida Eh o‘zgarishiga asosiy sabab tuproq havosidagi, eritmasidan kislorod miqdorini sug‘orishdagi o‘z o‘zgarishdadir. Bundan tashqari namlikning o‘zgarishi bilan ba’zi organik va mineral komponentlarning harakati ham o‘zgaradi.
Gumus miqdori 3,5-4% bo‘lgan chimli podzol tuproqlardagi Serdoblüskiy tajribalarini ko‘rsatishicha tuproq namligi 10-60 % ga to‘la dala nam sig‘imiga nisbatan oshirilganda Eh da sezilarli o‘zgarish sodir bo‘lgan. Namlik 90% ga oshirilganda Eh 200-300 mv ga tushgan.
Ona jinsda, ya’ni gumussiz qatlamda shu tajriba qaytarilganda, ya’ni 60% va 90% namlanganda, Eh da sezilarli o‘zgarish bo‘lmagan. Demak, Eh ning o‘zgarishi faqat namlikka bog‘liq bo‘lmasdan, balki gimus miqdoriga, tuproq haroratiga, mikroorganizmlar faolligi va OQ tizimidagi elementlarga bog‘liq.
OQ jarayoni tuproq unumdorligining shakllanishida uning, ya’ni tuproqning hosil bo‘lishida katta ahamiyatga ega. OQ jarayoni bilan ozuqa elementlarini harakatchanligi, gimus miqdori, tarkibi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Masalan, tuproqdagi ortiqcha namlik qaytarilishi turg‘un jarayon bo‘lib, o‘simlik qoldiqlarining mineralizatsiyasini susaytiradi. Gimus tarkibidagi FK miqdorini oshiradi.
Tuproqda namlanish bilan namning qochishi tartiboti tez-tez almashinib tursa unda mineralizatsiya jarayoni kuchayib tuproq degumifikatsiyalanadi.
OQ jarayoni elementlarni har xil darajada oksidlantiradi, qaytaradi. Shu tariqa profilni vujudga kelishida faol qatnashadi.
Masalan, sulfatlar qaytarilsa, H2S hosil bo‘ladi va sulfidlar tuproqqa qoramtir rang beradi, qora rang quyosh nurini ko‘proq yutadi, ko‘proq energiya to‘playdi va hokazo.
Eh ning keskin o‘zgarishida ozuqa elementlarining harakatchanligi o‘zgaradi. Bu esa ijobiy emas. Eh 200-750 mv bo‘lsa, Fe, Mn qisman o‘simlik uchun olinmaydigan holatda bo‘ladi. Natijada o‘simliklarda xloroz kasali sodir bo‘ladi.
Xullas har bir element va moddalar uchun Eh ning aniq intervallari mavjud bo‘lib, intervallarda shu element harakatchan, harakatsiz, zahar, zaharsiz bo‘lishi, o‘simlik uchun foydali, foydasiz bo‘lishi mumkin.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling