Tuproq kimyosi


Oksidlanish va qaytarilish tartibi, tiplari


Download 0.64 Mb.
bet45/57
Sana10.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1257252
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   57
Bog'liq
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni

Oksidlanish va qaytarilish tartibi, tiplari


Tuproq hosil bo‘lish jarayonini o‘simlikni oziqlanish sharoiti, OQ tartibiga qarab eng avvalo ikki tipga ajratish mumkin.
1. Kuchsiz gidromorfizmga ega bo‘lgan tuproqlar va avtomorf tuproqlar.
2. Botqoq tuproqlar, qo‘ng‘ir tuproqlar va sholikor yerlar.
Bu bo‘linish shartli bo‘lib, birinchi holatdagi tuproqlarda oksidlanish jarayoni ko‘proq rivojlangan, ikkinchi tipda esa qaytarishlishi va qaytarish jarayonlari yaxshi namoyon bo‘ladi.
Tuproqlarning melioratsiyasi, undagi OQP ga qarab Petrosyan ularni quyidagi guruhlarga ajratishni tavsiya qiladi.
1. OQP miqdori 200 dan 600 mv gacha o‘zgarganda tuproqlardagi jarayon jadal, birtekis kuchsiz qaytaruvchi tuproqlar.
2. Kuchsiz, birtekis, jadal oksidlanuvchilar. Bu bo‘linishlar shartli bo‘lib qator kamchiliklardan holi emas.
A.I.Perelman gipergenez zonasi uchun oksidlanuvchi, vodorod sulfidni qaytariluvchi, vodorod sulfidli qaytariluvchi guruhlardan foydalanishni tavsiya qildi. Ana shu holatlarga tayanib A.I.Perelman tuproqlarni 3 qatorga ajratdi.
Birinchi qator-avtomorf tuproqlar bo‘lib, bularga qora tuproqlar, kashtan, qizil, qo‘ng‘ir va cho‘l mintaqasining ko‘pchilik tuproqlari kiradi. Bularda oksidlovchi muhit ustunlik qiladi, ya’ni oksidlanish qaytarilishga nisbatan ustun turadi.
Ikkinchi qator-gilli qaytaruvchi muhitga ega bo‘lgan tuproqlar bo‘lib, bularga sho‘r bo‘lmagan botqoqlashgan, turg‘un gilli qaytaruvchi jarayonga ega bo‘lgan ortiqcha nam yoki ho‘l qatlamli tuproqlar kiradi.
Uchinchi qator-vodorod sulfidli, qaytaruvchi muhitli tuproqlar bo‘lib, bularga cho‘l va dashtdagi sho‘rxoklar, sho‘rxoklashgan botqoq tuproqlar kirib, ular odatda sulfatli mineralizatsiyaga ega bo‘lgan sizot suvlariga ega.
Bu tasnif ham to‘la emas. Avvalo bunda barcha tuproqlar qamrab olingan emas. Lekin tuproq kesmasidagi OQP qamrab olingan va boshqalar.
Tuproqlardagi OQ tartibiga qarab ular alohida-alohida guruhlarga ajratilgan. Bu ish I.S.Kaurichev tasnifi hisoblanadi.
Kaurichev o‘zining tasnifida tuproqdagi nafaqat umumiy “OQP”, balki uning mavsumiy dinamikasi va kesmadagi tarqalishini ham nazarda tutgan.
Kaurichev tomonidan ishlangan tuproqlarning oksidlanish-qaytarilish rejimiga qarab guruhlash jadvalda ko‘rsatilgan. Bu jadval ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda tarqalgan bo‘z tuproqlar, bo‘z qo‘ng‘ir tuproqlar birinchi tipdagi oksidlanish, oksidlanish-qaytarilish rejimiga mos keladi va oksidlash jarayoni absolyut ustun bo‘lgan tuproqlar guruhlaridan joy oladi.
O‘tloqi tuproqlar esa 3 guruhga joylashadi.
47-jadval

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling