Tuproq kimyosi
Litosferada, tuproq va o‘simliklarda III-guruh
Download 0.64 Mb.
|
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elementlar Litosfera Tuproqda O‘simlik kuli
Litosferada, tuproq va o‘simliklarda III-guruh
elementlarining miqdori, %
Cho‘kindi jinslar 10-11%, ultra asosiy jinslar esa 0,45% aluminiyga ega. Bu o‘rinda nordon mineral jinslar ajralib turadi va oraliq vaziyatini egallaydi, ya’ni 7-9% aluminiy saqlaydi. Okean suvlarida esa uning miqdori 0,01-mg/l daryo va ko‘llarning suvida 0,02-0,03 mg/l, pH 9-11 bo‘lgan ishqoriy suvlarda Al 0,5-0,7 mg/l tashkil qiladi. Yer osti suvlarida sharoitga qarab bir necha mg/l gacha Al bo‘lishi mumkin. Tirik organizmlarda AI o‘rtacha 510-3 % bo‘ladi. Ko‘llarda esa 1,4% gacha bo‘ladi. Aluminiyning o‘rtacha miqdori umumiy tushunchalar uchun zarur bo‘lib, aslida esa uning ko‘rsatkichi o‘zgaruvchan. Masalan, F.Klark bo‘yicha hatto cho‘kindi jinslarning o‘zida uning miqdori 10-15 marotoba farq qiladi, ya’ni qumda 2,52% bo‘lsa, ohaktoshlarda 0,4%, gilli jinislarda 8,15%. Rus tekisligidagi gilli jinslarda A.Vinogradov ma’lumotiga ko‘ra Al 6, 1-9,7% oraliqda bo‘ladi. Xullas aluminiyning tuproqdagi miqdori shu tuproq mineralogik tarkibiga bog‘liq bo‘lib, uning minerallari tuproq hosil bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘rmonlarning qo‘ng‘ir tuproqlarida Al 8-9%, qizil tuproqlarda 14-15%, lateritlarda 26% gacha bo‘ladi. Bu o‘z navbatida Al2O3 ga hisoblansa, tuproqning 50% massasini tashkil qiladi. Aluminiyning eng ko‘p miqdori uning boksitli rudasiga to‘g‘ri keladi. Podzol tuproqlarining illyuval qatlamlardagi Al miqdori A qatlamiga nisbatan 1,5-2 barobar ko‘p bo‘ladi. Odatdagi hollarda Al tuproqda bir tekis taqsimlanadi. Faqat karbonatlar yoki gumus ko‘p to‘plangan qatlamlarda ko‘payganga o‘xshaydi, aslida unday emas. Aluminiyning tuproq xossalarini shakllanishidagi roli quyidagi sabablarga bog‘liq. 1. Tuproqlarda Al ko‘pligi va alyumosilikatlarga kirishi uni SiO2 qatoriga qo‘yishni taqozo qiladi va unga alohida hal qiluvchi rol ajratishini bildiradi. Alyumosilikatlar yer po‘stining 85% ni tashkil qiladi. Shunga qaramasdan aluminiyni tuproq morfologiyasiga bo‘lgan xususiy ta’siri ko‘rinmaydi. 2. Al yetarli reaksion va migratsion xususiyatlarga ega. Uning tuproqdagi, landshaftlardagi miqdori, birikish holatini hisobga olib, tuproq genetik profillari diagnostikasida undan foydalanish mumkin. 3. Al tuproqning potensial kislotaligini vujudga keltirishda qatnashadi. Tuproq eritmasida aluminiy miqdori 1 mg dan oshsa, zaharli bo‘lib o‘simliklarning ildizini o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi, hatto bu jarayonni to‘xtatadi. Tuproqda aluminiy ko‘p bo‘lsa, harakatchan fosfor miqdori keskin kamayadi. Al aksariyat tuproqlarda 3 valentli holatda namoyon bo‘ladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling