Tuproq kimyosi
Takrorlash uchun savollar
Download 0.64 Mb.
|
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: TUPROQ ORGANIK MODDALARI VA UNING TABIATI.
- 5. Fulvokislotalar, ularning tarkibi, tuzilishi va xususiyatlari.
Takrorlash uchun savollar
1. Tuproqdagi va litosferadagi B, Al, Sc, Y, La, Ac larning miqdoriy jihatdan o’zaro yaqinligi va farqini tushuntiring. 2. III guruh elementlaridan tuproqda ahamiyati nisbatan yuqori bo’lgan elementlarni ayting va isbotini misollar bilan tushuntiring. 3. Al ni landshaft blоklaridagi taqsimоtini aytib bering. 4. Al ning tuprоqdagi оrganik va nооrganik brikmalariga misоllar keltiring, genezisini izоhlang. 5. Singdirilgan Al va fоsfatlarning bоg‘lanishi. 6. Tuprоqda va litоsferadagi IV guruh elementlarini klark miqdоrlarini o‘zarо yaqinligi va farqini tushuntiring. 7. Tuprоqdagi kremniy оksidlari va alyumоsilikatlarni aytib bering. 8. Tuprоqdagi silikatlarni o‘rganish, analiz qilish usullarini aytib bering. 9. Tuprоqdagi uglerоdli mineral birikmalarni kimyoviy fоrmulalar bilan ifоdalab genezisini tushuntiring. 10. Tuprоqdagi uglerоdli birikmalarni tuprоq unumdоrligini bоshqarishdagi rоlini misоllar bilan ifоdalang. Mustaqil ta’lim mavzulari va topshiriqlari 1. Laterit va o‘tlоqi alyuvial tuprоqlarda alyuminiy migratsiya va akkumulyatsiya jarayonlariga tavsif. 2. Uglerоdli mineral brikmalardan tuprоqlarni meliоratsiyalashda fоydalanish yo‘llari. 3. Tuprоqdagi singdirilgan alyuminiy o‘rni va uni unumdоrlikka bo‘lgan ta’siri. MAVZU: TUPROQ ORGANIK MODDALARI VA UNING TABIATI.Reja:1. Tuproq organik moddalari va uning tabiati. 2. Individual tabiatga ega bo‘lgan organik moddalar.3. Gumussimon moddalar va ularning tabiati.4. Gumin kislotalar, ularning tarkibi, tuzilishi va xususiyatlari.5. Fulvokislotalar, ularning tarkibi, tuzilishi va xususiyatlari.Tuproqning organik moddalari juda murakkab va xilma-xil birikmalardan, birikmalar guruhidan tuzilgan bo‘lib, odatda oz miqdorda bo‘ladi. Tuproqning to‘liq xususiyatlarini uning organik moddalari ifodalay olsa, bu tuproqqa organik tuproq deyilishi mumkin. Odatda bizning sharoitimizda tarqalgan tuproqlarda gumus deb ataluvchi modda miqdori 2% atrofida. Demak, agar organik modda qatoridagi gumus miqdori 2% bo‘lsa, qolgan mineral modda va alohida olingan elementlardan hamda qisman boshqa organik moddalardan iborat bo‘ladi. Tompsimon va Trou ma’lumotlarga ko‘ra, tuproq tarkibidagi il va organik moddalar miqdori o‘zgarishi bilan uning nomi o‘zgarishi mumkin, ya’ni organik va mineral tuproq deb baholanadi. Tuproq tarkibida 12 % organik uglerod bo‘lsa, bunday tuproqqa organik tuproq deyiladi. Agar tuproq tarkibidagi il miqdori ko‘p bo‘lsa, u holda organik uglerod miqdori 18 % dan oshganda, bu tuproqqa organik tuproq deyish mumkin. Tuproqda il miqdori 60% dan kam bo‘lsa, u holda organik yoki noorganik tuproqni farqlash uchun maxsus formuladan foydaliniladi. Unda organik uglerodning minimal miqdori qo‘yidagicha hisoblanadi: Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling