Bunda, Sorg-organik uglerod 12-foiz bo‘lib organik tuproq bilan mineral tuproq chegarasidagi organik uglerodni bildiradi. Il-tuproqdagi il zarrachalarining miqdori, %. 10- o‘zgarmas raqam.
Tompson, Trou ma’lumotlariga ko‘ra, 1% organik uglerod yoki deyarli 2% organik modda tuproq xususiyatlariga 10% il kabi ta’sir qiladi. Aksariyat tuproqlar organik moddasining asosiy qismini gumus tashkil qiladi. Gumus tarkibida esa asosiy element uglerod hisoblanadi.
Gumus uglerodi deganda biz chirindini Tyurin usulida aniqlab, o‘sha yerdagi 0,0006 koeffitsent bilan hisoblangan uglerodni tushunushimiz lozim.
Bunda: X- gumus tarkibidagi uglerod miqdori, %.
H- tuproq og‘irligi.
a- xrom aralashmasini titrlash uchun sarflangan Mor
tuzi miqdori.
v – titrlashda eritma shishasimon yashil rangga
o‘tgunga qadar sarflangan Mor tuzi miqdori.
T- Mor tuzi uchun tuzatma.
K- absolyut qo’riq tuproqqa hisoblovchi koeffitsent.
Agar gumusga hisoblaydigan bo‘lsak, u holda 0,0006 o‘rniga 0,0010362 koeffitsientni qo‘yishimiz kerak bo‘ladi.
Xilma-xil birikmalardan iborat bo‘lgan tuproqning organik qismini 2 asosiy guruhga ajratish mumkin.
1. Bu guruh organik qoldiqlar qatoriga kiradi. Odatda organik birikmalarning o‘zlari yoki uning parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan moddalardan va bevosita tirik organizmlarning hayot faoliyati natijasida hosil bo‘ladi.
Ular organik kimyoda ma’lum bo‘lgan oqsillar, aminokislotalar, sodda va murakkab uglevodlar, har xil tabiatga ega bo‘lgan organik kislotalar, yog‘lar, smolalar, lignin va boshqalardan iborat. Bular odatda tuproqdagi individual tabiatga ega bo‘lgan organik birikmalar bo‘lib, mineral tuproqlarda ularning, ya’ni organik moddalarning umumiy miqdoridan 10-15% ni tashkil qiladi.
Individual tabiatga ega bo‘lgan organik modda deyilishiga sabab, bu guruhdagi moddalar alohida-alohida holatda tuproq tarkibida uchraydi. Bularning har biri xususiy o‘zaro farq qiluvchi kimyoviy va biokimyoviy xususiyatlarga ega.
2. Bu guruhga bevosita gumus moddalari kirib, mineral tuproqlarda ularning organik modda miqdoridan 85-90% ni tashkil qiladi. Bu deganimiz agar tuproq tarkibidagi organik uglerod 2% bo‘lsa, shu miqdorni 10-15% ni gumussimon qolgan 90-85% ni esa bevosita gumus moddalari tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |