Tuproq kimyosi
Individual tabiatga ega bo‘lgan organik moddalar
Download 0.64 Mb.
|
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ta’lim mavzulari va topshiriqlari
- MAVZU: TUPROQNING GUMUSLILIK HOLATI. GUMIFIKATSIYA VA MINERALIZATSIYA JARAYONLARI
Takrorlash uchun savollar
1. Individual tabiatga ega bo‘lgan organik moddalar2. Gumussimon moddalar va ularning tabiati3. Gumin kislotalar, ularning tarkibi, tuzilishi va xususiyatlari4. Fulvokislotalar, ularning tarkibi, tuzilishi va xususiyatlari.Mustaqil ta’lim mavzulari va topshiriqlari1. Individual tabiatga ega bo‘lgan organik moddalar, gumussimon moddalar va ularning tabiati.2. Gumin kislotalar, ularning tarkibi, tuzilishi va xususiyatlari, fulvokislotalar, ularning tarkibi, tuzilishi va xususiyatlari. MAVZU: TUPROQNING GUMUSLILIK HOLATI. GUMIFIKATSIYA VA MINERALIZATSIYA JARAYONLARIReja: 1. Tuproqning gumuslilik holati. gumifikatsiya va mineralizatsiya jarayonlari. 2. Gumusning fraksiyali tarkibi. Gumin kislotalar.3. Fulvokislotalar.4. Tuproq gumuslilik holatining ko‘rsatkichlari. Gumus tarkibidagi organik moddalar, alohida birikmalar qanchalik murakkab va ahamiyatli bo‘lmasin, tuproqni tavsiflashda gumusning o‘zidek rol o‘ynay olmaydi. Tuproqshunoslikning genetik muammolarini yoritish va tuproqning mahsulot ishlab chiqarishdagi o‘rnini belgilash uchun tuproqdagi gumusga tavsif berish zarur hisoblanadi. Akademik Tyurin, Ponamareva va Kononovalarning eng katta xizmatlaridan biri gumusning guruhli va fraksiyali tarkibini o‘rganishni joriy qilganlari hisoblanadi. Organik moddalar tizimida Tyurin ikki asosiy xususiyatni ajratdi. 1. Tuproqdagi gumus kislotalarining (GK, FK, GMK) shakllanishini va hosil bo‘lishi, ya’ni gumifikatsiya jarayonining oxirgi mahsulotigacha tushuntirdi. 2. Organik moddalar bilan tuproqning mineral qismi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va uning natijasida har xil harakatchanlikka ega bo‘lgan organo-mineral birikmalarning hosil bo‘lishini tushuntirdi. Bu hosil bo‘lgan moddalarning harakatchanligi esa gumus kislotalaridan ham, mineral moddalardan ham farq qiladi. Tyurin fikricha gumusni sifat xususiyati har xil tuproqlarda uning fraksiyali va guruhli tarkibi bilan tavsiflanadi. Bu tarkib va fraksiya miqdorlari tuproq tipi, tipchasi va ayirmasiga qarab har xil bo‘ladi. Gumusning guruhli tarkibi – gumussimon va bevosita gumus moddalar miqdori va to‘plamidan iborat. Bu joyda guruh tushunchasi o‘zaro xususiyati va tarkibi jihatidan yaqin bo‘lgan moddalarni anglatadi. Muhim guruhlarga GK (qora va qo‘ng‘ir GK bilan), GMK, FK, gumin va gumus uchun spetsifik bo‘lmagan birikmalar kiradi. Spetsifik bo‘lmagan birikmalar har xil bo‘lib, ular uchun xarakterli xususiyat organik erituvchilarda erish qobiliyati hisoblanadi. Bularga lignin, lipidlar va boshqalar kiradi. Gumusning guruhli tarkibi, uning umumiy miqdorlari har ekologik sharoitlarda xilma-xil tuproq tiplari va ayirmalarida bir xil bo‘lmaydi. Bu boradagi ishlardan B.Machigin (1957), G.Yuldashev (1993) ma’lumotlarini ko‘rishimiz mumkin. 31-jadval. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling