Tuproq kimyosi


Tuproqda aminokislotalar miqdori, mkmol1 g


Download 0.64 Mb.
bet21/57
Sana10.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1257252
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   57
Bog'liq
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni

Tuproqda aminokislotalar miqdori, mkmol1 g.

Aminokislotalar

Chimli podzol tuproq

Tipik qora tuproq

Tipik bo‘z tuproq

Asparagin+serin+glitsin

200-290

180-190

260-230

Glyutamin+treonin

100-120

60-75

90-110

Alfa-Alanin

50-110

50-60

80-120

Valin+metionin

50-60

30-40

40-50

Leytsin

40-60

20-30

50-60

Lizin

20-60

25-30

35-70

Gistidin

25-35

18-20

30-40

Arginin

25-30

15-20

25-30

Aminomoy

15-25

10-15

20-25

Prolin

10-20

10-15

15-20

Tirozin

7-15

5-8

7-12

Fenilalanin

8-15

6-12

8-11

Sistin

5-12

5-15

8-15

Jami:

600-000

450-500

650-880



Ko‘rinib turibdiki, aminoktslotalarning umumiy miqdori 1 g tuproq uchun 500-800 mk/mol ni tashkil yetadi.
Bu aminokislotalarning tarkibi, soni o‘simliklar va mikroorganizmlarnikiga yaqin yoki bir xil. Bu o‘z navbatida gumus moddalarining sintezida yirik molekulali aminokislotalar qatnashishidan dalolat beradi.
Gumus kislotalarining yon zanjirlaridagi aminokislotalarning o‘simlik aminokislotalariga o‘xshashligi boisi bu aminokislotalar hosil bo‘lish jarayonida atrof muhit bilan yaqindan aloqada bo‘ladi.
Bunda mikroorganizmlar oxirgi rol o‘ynamaydi, shu bois GK larning aminokislota tarkibi mikroorganizmlarning plazma tarkibidagi aminokislota tarkibiga yaqin.
GK va FK larning aminokislotalari odatda 4 guruhga birlashtiriladi: nordon, qutblanmagan neytral, neytral qutbli, asosli.
Gidroliz natijasida ajralib chiqadigan monosaxaridlar 10-15% ni tashkil qiladi. Gumus kislotalarida geksozlar bilan pentozlarni gidroliz natijasida ajralib chiqadigan miqdori deyarli bir xil. Har xil tuproqlarning gumin kislotalari glyukoza, galaktoza, manxoza, arabinoza, ksiloza, riboza, fukoza, ramnoza kabi monosaxaridlar qoldiqlariga egadirlar.


Gk larining kaliy permanganat ta’sirida oksidlanishi




Gumin kislotasining oksidlanishi murakkab kimyoviy jarayon bo‘lib, u amalda quyidagicha tasvirlanadi.
GK + KMnO4  CO2 + H2O + CH3COOH + HOOC – COOH + BPK.
Reaksiya natijasida gaz, suv, sirka va oksalat, benzopolikarbon (BPK) kislotalari hosil bo‘ladi.
Bunda hosil bo‘lgan oksalat kislotasining miqdorini quyidagicha aniqlash mumkin.
GK +KMnO4 + 3H2SO4  K2SO4 + 2MnSO4 + 10CO2 + 8H2O
Gidroliz natijasida yana trimetilig kislota, trimezin kislota, 1,2,3,5 benzol tetrakarbon kislota, 3,4 – piridindikarbon kislota, mellit kislota, lignin va boshqalar hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan Ligninning parchalanishi Flyayg bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, ferul, sinap, n-kumar kislotalari, bularning oksidlanishidan esa Vanilin, Siren, n-oksibenzoy, metoksibenzoxinon, gidroksibenzoxinon, benzoxinonlar hosil bo‘ladi.
Bulardan tashqari, GK gidrolizida oz miqdorda alkanlar, yog‘ kislotalari va boshqa ba’zi bir moddalar hosil bo‘ladi. Umuman olganda FK lar gidrolizining natijasi 60-70 % miqdorda har xil moddalarga to‘g‘ri keladi. GK larniki esa GK og‘irligini 65-70 % gacha bo‘ladi. Gidroliz natijasida olingan moddalar massalari bo‘yicha hech qachon gidrolizdan oldingi massacha, ya’ni 100 % bo‘lmaydi. Shu bois FK, GK lar uchun olingan natija haqiqatga nisbatan yaqin bo‘ladi.


Takrorlash uchun savollar

1. GK va FK ning oksidlanish darajasi

2. Gumus kislotalarining optik xossalari


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling