Tuproq kimyosi


GK va FK larni molekulyar massalari va formulasi


Download 0.64 Mb.
bet22/57
Sana10.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1257252
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   57
Bog'liq
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni

3. GK va FK larni molekulyar massalari va formulasi

4. Gumus kislotalarining oksidlanishi, gidrolizi

5. Gumus moddalaridagi aminokislotalar

6. Gk larining kaliy permanganat ta’sirida oksidlanishi




Mustaqil ta’lim mavzulari va topshiriqlari

1. GK va FK ning oksidlanish darajasi, gumus kislotalarining optik xossalari.

2. GK va FK larni molekulyar massalari va formulasi, gumus kislotalarining oksidlanishi, gidrolizi.




MAVZU: TUPROQ ENERGIYASI

Reja:
1. Tuproq energiyasi.


2. Gumus kislotalarining oksidlanishi, gidrolizi.

3. Gumus moddalaridagi aminokislotalar.

4. Gk larining kaliy permanganat ta’sirida oksidlanishi.

Hozirgi davrda tuproqni o‘rganish eng zarur muammolar qatoridan joy olmoqda. Tuproqni o‘rganishda uning ichki va tashqi ko‘rinish i, dunyosi, tarkibi, xossa va xususiyatlari, energiyasi va boshqalar asosiy yo‘nalishlar bo‘lib, birgalikda uning unumdorligini belgilaydi. Unumdorlik esa tuproqning sifat belgisidir.


Shuni alohida ta’kidlash joizki, tuproqni o‘rganishda atom, molekula, ion, energiya davri keldi. Bu o‘rganish XXI asr uchun poydevor bo‘lsa ajab emas. Har bir tana atom, molekulalardan tuzilgani kabi tuproq garchand «biokos» tana bo‘lsa-da, u ham atom, molekulalardan iborat.
Uning energiya zahirasi ana shu atomlar, molekulalar va ularning joylashuvi, ya’ni qanday birikmalar tarkibida qaysi tartib va intizomda, qanday holatda turishi bilan bir qatorda ichki hamda tashqi omillar bilan ham bog‘liq.
Ayni vaqtda shu tuproqda o‘sayotgan o‘simlik dunyosi va yashaydigan hayvonot, mikroorganizmlar dunyosi energiyasi, harorati bilan ham o‘zaro aloqador bo‘ladi.
Tuproq energiyasi va uning tarkibiy qismini, ya’ni tashkil etuvchilarini, zahiralarini o‘rganish mushkil bo‘lsa ham bu sohada diqqatga sazovor ishlar mavjud (Volobuev, Aliev). Lekin bunday ishlarning soni uncha ko‘p bo‘lmasdan, ular bu sohadagi barcha masalalarni qamrab olgan ham emas.
Tuproq uchun asosiy energiya manbalaridan biri kosmik energiya bo‘lib, o‘z navbatida quyosh, oy, yog‘inlar energiyalaridan iborat.
Gumosfera quriqlikda buyuk akkumulyator hisoblanadi, ya’ni quyosh issiqlik energiyasining ma’lum qismini qabul qilib uni potensial energiyaga aylantiradi. Bu o‘rinda atmosferaga ham alohida e’tibor berish kerak. Ya’ni gumosfera (gumusli qatlam) tushunchasida odatda tuproqning ustki qatlamlari yoki nisbatan gumusga boy qatlamlari inson ko‘z o‘ngida gavdalanadi, tuproqni to‘la tushunchasi qamrab olinmaydi.
Tuproq harorati ma’lum darajada quyoshdan keladigan harorat miqdoriga bog‘liq bo‘ladi va unumdorlikni ko‘rsatuvchi omillar qatoridan joy oladi. Uning bu omilini boshqa turdagi omil bilan almashtirib bo‘lmaydi. Bu omilning asosiy manbayi bo‘lgan quyosh har bir sm2 yer yuzasiga bir minutda 1,946 kaloriya issiqlik beradi. Bunga quyoshning o‘zgarmas issiqlik miqdori deyiladi.
Yer yuzasiga tushadigan kosmik energiya miqdori joyning geografik o‘rniga, relefiga va boshqa xususiyatlariga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.
Yer yuzasiga tushgan quyosh nurining shu yuzadan qaytgan miqdorini foizlarda ifodalangan miqdoriga albedo deyiladi. Tabiiy bu ko‘rsatkich har xil tuproqlarda bir xil bo‘lmaydi. Buni quyidagi tuproqlarda ko‘rish mumkin.
Qo’riq qora tuproq -14 %, bo‘z tuproq-23–31 % va boshqalar. Nam qora tuproq - 8 – 9%.
Tuproq uchun yirik energiya manbalaridan biri litosfera hisoblanadi. Yerning litosfera qatlamining qalinligi o‘rtacha 16 km deb qabul qilingan bo‘lib, ichki qatlamlarga kirib borish jarayonida har 33 m da bir gradusga isish qonuniyati ham aniq va ravshan.
Lekin bu qonuniyat mantiyaga yaqinlashgan sayin buziladi. Ajoyib savol tug‘iladi. Yerning tarixida mantiya energiyasi hisobiga isib boryaptimi yoki sovumoqdami?
Yer tarixiga nazar solsak, ya’ni uning Oy davridan bu tomonini o‘rganadigan bo‘lsak, albatta, yerda sovush jarayoni davom etmoqda deyish mumkin.
Demak mantiyaning ham harorati, energiyasi pasayayotgan bo‘lishi kerak. Agar shunday bo‘lsa bu energiya nimalarga, qaysi jarayonlarga sarf bo‘lmoqda? Litosfera ustki qismlari haroratining o‘zgarishiga quyosh energiyasi va iqlim ta’sir qilayotgan bo‘lsachi?
Quyosh energiyasining bir qismi tuproq, o‘simlik, organizmlar, suv orqali litosferaga kirib boradi, bu jarayon aniq. Landshaft bloklari tomonidan akkumulyatsiya qilingan energiyaning bir qismi shu bloklar faoliyati uchun sarf bo‘ladi. Bir qismi zahira energiyaga aylanadi. Yana shuni aniq aytish mumkinki, tuproqning energiya muvozanatida litosfera energiyasi katta rol o‘ynaydi.
Demak, litosferaning tuzilishiga, tarkibiga bog‘liq ravishda uning ichki qatlamlaridan har xil maydonlarga turli miqdorda issiqlik va boshqa turdagi energiya yetib keladi va tuproqda gavdalanadi, yoki akkumulyatsiyalanadi. Bundan tashqari, litosferaning tarkibini tashkil etuvchi har xil tog‘ jinslari va minerallarning ginezisiga qarab hosil bo‘lish va parchalanishi, yangilari hosil bo‘lishi va buzilishida ham har xil miqdorda energiya hosil bo‘ladi.
Bu energiyaning ham ma’lum miqdori tuproqda akkumulyatsiyalanadi va tuproqda kechadigan jarayonlarga sarf bo‘ladi. Tuproq ona jinsi va shu jinsni vujudga keltiruvchi jinslar ichidagi radioaktiv elementlar energiyasi ham ma’lum miqdorda tuproq uchun energiya manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
Navbatdagi energiya manbayi u bevosita tuproqning ichki energiyasi bo‘lib uning tuzilishi, tarkibi va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqadi. Tuproq gidrosferasi va unda yashovchi organizmlardagi energiya ham tuproq uchun manba rolini o‘ynaydi. Tuproq gidrosferasi tushunchasi nisbiy bo‘lib, bir muncha murakkab. Lekin dastlab uning sizot suvlari, tuproq ustidan oqadigan suvlar va tarkibiga kiruvchi suv shakllarini tushunish mumkin.
O‘simliklar va hayvonot dunyosi orqali tuproqqa keladigan energiyaning turi va miqdorlari xilma- xil bo‘ladi. Bevosita tuproq energiyasi yuqorida aytilganidek uni tashkil etuvchi bloklar (fazalar) energiyasi yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
Bulardan qattiq faza energiyasini 2 ta katta guruhga ajratib o‘rganish mumkin.
1. Tuproq organik moddasining energiyasi
2. Mineral massa, ya’ni minerallar va tog‘ jinslari energiyasi.
Tuproqda har xil moddalarni, jumladan, gumus va gumussimon moddalarni akkumulyatsiyasi sodir bo‘ladi. Bu jarayonlar energiya muvozanati bilan bog‘liq bo‘ladi. Tuproq organik moddalari energiya manbayining eng asosiy o‘zagini uglerod o‘ynaydi deb qarasak, u holda uning asosiy massasi tuproq gumusiga to‘g‘ri keladi.

Tuproqdagi, uning qattiq qismidagi uglerod uch xildagi birikmalar tarkibida bo‘ladi. Ularga organik, mineral va organomineral birikmalarni kiritish mumkin. Bu birikmalarning oksidlanish va qaytarilish jarayonlarida qatnashish holatiga qarab ulardagi energiyani yaqin, oraliq, uzoq yoki zahira deb ham qarash mumkin.


Gumus kislotalarining oksidlanishi, gidrolizi


Tuproq energetikasi muammolari va uning issiqlik xossalarini o‘rganishda gumus, gumus moddalarining ahamiyati katta.
Yonishda chiqadigan issiqlik odatda kolorimetrlar yordamida aniqlanadi. Gumus moddalarini yonishida chiqadigan issiqlik 1500-2000 dan 5000-8000 kalg ni tashkil qiladi va u quyidagicha bo‘ladi.


34-jadval.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling