Tuproq kimyosi
Asosiy tuproq tiplarida GK va FK molekulyar og‘irliklari
Download 0.64 Mb.
|
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni
Asosiy tuproq tiplarida GK va FK molekulyar og‘irliklari
Keltirilgan ma’lumotlardan shu narsa ko‘rinib turibdiki GK yoki FK tarkibidagi azot miqdori ortgan sayin ularning molekulyar massalari ham ortadi. Demak, azotli zanjirlar soni ko‘payadi. Gumus kislotalarining oksidlanishi, gidroliziTuproq energetikasi muammolari va uning issiqlik xossalarini o‘rganishda gumus, gumus moddalarining ahamiyati katta. Yonishda chiqadigan issiqlik odatda kolorimetrlar yordamida aniqlanadi. Gumus moddalarini yonishida chiqadigan issiqlik 1500-2000 dan 5000-8000 kalg ni tashkil qiladi va u quyidagicha bo‘ladi. 34-jadval. Tuproq gumus moddalarining issiqlik energiyasi, kalg.
Aniqlash qayd etilganiday kolorimetrlar yordamida olib boriladi, laboratoriya mashg‘ulotlarida bajariladi. S.A.Aliev formulasidan foydalanib issiqlik energiyasini hisoblab topish ham mumkin. Q-yonish issiqligi, kalg [C], [H], [O], [N] – GK yoki FK dagi foiz miqdorlari. Masalan, GK tarkibida C – 57,73 H – 3,42 O – 34,57 N – 4,03 bo‘lsa 1g GK yondirilganda Q energiya hosil bo‘ladi. Tuproq gumusi hosil bo‘lishi energetikasini o‘rganish va chuqurlashtirish, ya’ni takomillashtirish uchun tuproq hosil bo‘lish mexanizmini o‘rganishni takomillashtirish zaruriyatlari tug‘iladi. Gumus moddalarning yonish issiqligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘p emas. Bu ko‘rsatkichni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kolorimetrlar yordamida aniqlash mumkin. Buning uchun tuproqni maxsus germetik yopiq idishga joylashtirib, kislorod bilan to‘yintiriladi. 25-30 kgsm2 bosim beriladi, so‘ng elektr toki yordamida yondiriladi. Natijada issiqlik energiyasi bevosita o‘lchanadi. Gumus kislotalarining gidrolizi odatda 6n HCl da qaynatish asosida olib boriladi. Bu jarayonda gumin kislotasining 40-60%, FK-ni 50-90% massasi eritmaga chiqadi. Gumus kislotalarining gidrolizlanish darajasi gidrolizlangan qismi miqdorini uning umumiy massasiga nisbati bilan o‘lchanadi, ya’ni aniqlanadi. Hayotda chimli podzol, bo‘z tuproqlarni gumin kislotalarini gidrolizlanish darajasi qora tuproqnikidan yuqori. Fulvokislotalarning gidrolizlanish darajasi GK lardan yuqori. GK tarkibidagi azotning gidrolizda ajralib chiqishi uglerodga nisbatan yuqori, sabab azot yon zanjirlarda ko‘proq bo‘ladi. Hayotda gidrolizlanganlik darajasini gidrolizatga o‘tgan uglerod yoki azot orqali hisoblanadi. 35-jadval. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling