Tuproq kimyosi


Takrorlash uchun savollar


Download 0.64 Mb.
bet27/57
Sana10.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1257252
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57
Bog'liq
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni

Takrorlash uchun savollar
1. Tuproq оrganik mоddasi bilan gumus оrasida yaqinlik va farq nimalardan ibоrat.
2. Individual tabiatga ega bo‘lgan оrganik mоddalarning genezisi va gumus hоsil bo‘lishidagi rоli.
3. Gumussimin mоddalar va ularning tabiati.
4. Gumin kislоtalari tarkibi va tuzilishi, genezisi.
5. Fulvоkislоtalar tarkibi, tuzilishi, genezisi, tabiati.
6. Tuprоqning gumuslilik hоlatini aniqlоvchi kattaliklarni aytib tushuntirib bering.
7. Gumusning guruhli tarkibini tushuntiring
8. Gumusni fraktsiyali tarkibini tushuntiring.
9. Gumus kislоtalarini molekulyar massalarini aniqlash, hisоblash yo‘llari.
10. GK va FK larni оksidlanish darajasini hisоblash yo‘llarini ko‘rsating.
11. Gumus kislоtalarining оptik xоssalarini grafik asоsida ifоdalab bering.
12. Gumus kislоtalarini gidrоlizi natijasini tushuntiring.
13. Tuprоqdagi aminоkislоtalarni diagrammada ifоdalang.
14. Gumus kislоtalari va tuprоq energiyasi.
15. Tuprоq energiyasining manbalari.


Mustaqil ta’lim mavzulari va topshiriqlari
1. O‘zbekistоnning sug‘оriladigan tuprоqlaridagi gumusning guruhli va fraktsiyali tarkibiga tavsif.
2. Gоrizantal zоnallik bo‘yicha tarqalgan asоsiy tuprоq tiplaridagi Cgk : Cfk ga Tyurin bo‘yicha tavsif.
3. O‘zbekistоnning sug‘оriladigan tuprоqlaridagi gumus sifatiga tavsif.


MAVZU: TUPRОQDA AZОT.

Reja:
1. Tuprоqda azоt.


2. Azot guruhlarining miqdori.
Tabiatdagi mavjud azotning asosiy qismi atmosferada uchraydi. Uning bu miqdori 78 % ni tashkil qiladi. Azotning anorganik birikmasi foydali qazilma tariqasida Tinch okean qirg‘og‘ida, Chilida natriyli selitra (NaNO3, NaNO2) tariqasida mavjud.
Tuproqda yalpi azot kam miqdorda, uning mineral formasidagisining asosiy miqdori, nitritlar, nitratlar ko‘rinishida bo‘ladi. Lekin azotning asosiy massasi tuproqda, tuproq organikasi, ya’ni ammonikislotlari va gumusi, gumin kislotalar bilan bog‘liq.
yalpi azot murakkab organik birikmalar bo‘lgan oqsil moddalar tariqasida, har qaysi o‘simlik va har qaysi hayvon tarkibiga kiradi.
Hujayraning eng muhim qismlari protoplazma va yadro, oqsil moddalaridan tuzilgan. Azot oqsil jismlarning zaruriy, tarkibiy qismidir. Demak azot bo‘lmasa, oqsil bo‘lmasa hayot yo‘q.
Litosfera, gidrosferadagi azot atmosfera azotni 0,04 % ni tashkil qiladi. Azot kimyoviy jihatdan nisbatan inert modda.
«Azot» grekcha so‘z bo‘lib, hayotiy emas degan ma’noni aglatadi. Aslida esa hayot uchun eng zaruriy elementlardan biri. Lotincha nomi nitrogenium bo‘lib, selitra tug‘diruvchi demakdir. Tuproqdagi azot miqdori kamdan-kam hollardagina o‘simlik uchun yetarli bo‘ladi. Och-yashil rang, ya’ni bargning och-yashil rangli bo‘lishi azot yetishmasligidan dalolat beradi. Bunday o‘simliklar azotga muhtoj bo‘lib, azot solinganda keskin o‘sib, rivojlanib ketadi. Shuning uchun ham azotli o‘g‘itlar qishloq xo‘jaligida ko‘p qo‘llaniladi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, tuproqdagi azotning asosiy qismi, ya’ni 99 % organik formada bo‘lib, yiliga 1-5 % dan o‘simlik unumli foydalaniladi. Bu miqdorning asosiy qismi organik moddalarning parchalanishidan hosil bo‘ladi.
O‘simlik o‘zlarining navlari va turlariga qarab, yiliga 100 kg/ ga gacha va undan ortiq azot ite’mol qilishlari mumkin. Demak, o‘simlik organik azotdan mo’tadil zonada 5 %, ya’ni atiga kg/ga miqdordan foydalanadi. Qolgani mineral azot tariqasida berilishi kerak. Ammo tropik zonada organik azot o‘simlik ehtiyojini 50% gachasini qondiradi.
Tuproq kesimida azotning tabaqalanishi gumus kabi bo‘ladi. Lekin gumusning tuproqdagi tarqalish qonuniyati jadaligiga nisbatan past darajada bo‘ladi. Bu qonuniyat faqat yalpi azot uchun xosdir. Azotni boshqa murakkab birikmalar, TSK bilan birikish jarayoni azot fiksatsiyasi nomi bilan ma’lum. Tabiatda momaqaldiroq vaqtida azotning fiksatsiyasi ma’lum, lekin miqdor jihatdan o‘simliklar talabini qondira olmaydi.
O‘simliklar tarkibidagi ko‘pchilik organik moddalar azot saqlaydi. Bularga amminokislotlar, nuklein kislotalar, fermentlar, xlorofil va boshqalar kiradi.
O‘simlik azotsiz yashay olmaydi. Bu element yetishmagan taqdirda yuqoridagi moddalarning azotga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlay olmaydi. O‘simlik fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan qand moddalarini oqsillarga aylanishi uchun ham azot kerak. Azotsiz bu jarayon ham tugallanmay qoladi. Azotning yetishmasligi o‘simlik o‘sishini susaytiradi.
Tuproqda doimo azotning -3, +5 valentli formalari uchraydi. Azotni boshqa shakldagi, ya’ni boshqa valentlikdagi birikmalari ham mavjud bo‘lib, ular oz yoki efimer, ya’ni vaqtinchalik ko‘rinishda bo‘ladi.
Ammiak (NH3) tuproqda erkin holda uchramaydi. U tuproqda organik o‘g‘itlar va organik moddalar mineralizatsiyasi natijasida hosil bo‘ladi. U suvda yaxshi eriydi, 100 gramm suvda 50-70 gramgacha erishi mumkin. Bu jarayon quyidagicha tasvirlanadi.
NH3 + H2O  NH4OH
muvozanat konstantasi

Tuproqda azotning mineral formasi ammoniydan boshqa nitrat va nitrit ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. Nitritlar tuproqda juda oz 0,1 kg/ga atrofida bo‘ladi. Nitrat va nitrit, ammoniy shakllaridan tashqari, tuproqning gaz fazasida azot oksidlar ko‘rinishida uchraydi.
Mineral shakldagi barcha azotni o‘simlik oladi, lekin fiksatsiya qilingan ammoniyni ololmaydi.
Tuproqqa solingan azotli o‘g‘itlar uni nitrat va nitrit, ammoniy shakllarini boyitadi. Lekin nitratlar va nitritlar tuproq tomonidan singdirilmaydi.
Nitratlar va nitritlar harakatchan bo‘lib, ular sizot va oqova suvlari orqali boshqa toza suvlarni ifloslashi mumkin.
Tuproqda mo‘tadil havo almashinish hollarida nitrifikatsiya jarayoni kuchayadi. Natijada ammoniy nitratlarga transformatsiyalanadi, organik moddalarning mineralizatsiyasi jarayonida ham nitratlar hosil bo‘ladi.
Sug‘oriladigan yerlarni uzoq sug‘orish va o‘g‘itlash natijasida ham tuproqda nitratlar to‘planish va nitratli sho‘rlanishni keltirib chiqarishi mumkin.
Ba’zi hollarda nitratlarga boy tuproqlarda o‘sayotgan o‘simliklar nitratlarning ruxsat etilgan kontsentratsiyasidan ham ko‘p singdiradilar.
O‘simlik bevosita nitratlar va ammoniy shakldagi azotni NO3-, NH4+ ko‘rinishlarda oladi. Ba’zan esa quyi molekulyar og‘irlikka ega bo‘lgan aminokislotalarni ham olishi mumkin. Tuproqda mineral azot miqdori ozligi uchun asosiy azot zahirasi rolini organik moddalar o‘taydi.
Tuproqdagi azot mobilizatsiya, amonifikatsiya, nitrifikatsiya jarayonlarini o‘z boshidan kechiradi.
Organik moddallarni kimyoviy yoki biokimyoviy transformatsiyasi natijasida mineral shakldagi azotni hosil bo‘lish jarayonlariga uning mobilizatsiyasi deyiladi.
Agar tuproqdagi azot mobilizatsiyasini hisobga olsak, u holda podzol tuproqlardagi azot 50-60 yilga, ko‘ra tuproqlardagi azot 300-400 yilga, bo‘z tuproqlardagi azot esa 30-40 yilga yetishi mumkin.
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, tuproqdagi barcha azot mobilizatsiya qilinsa, unda tuproq tarkibidagi gumus parchalanib tamom bo‘lishi kerak. Bu bilan bir qatorda tuproq o‘zining qator ijobiy hususiyatlarini yo‘qotadi.
Tuproq organik qismidagi azot quyidagi shakllarda mavjud:

1. Aminokislota tarkibidagi azot, ya’ni


2. Amid holdagi azot, umumiy formulasi
va boshqalar.
Amidlar tarkibidagi azotning aminokislotalar azotidan farqi karbon kislotadagi OH o‘rniga NH2 kirgan, aminokislotalarda esa H o‘rnini egallagan. Bu har ikkala azot ham ajralib chiqqanda NH4 ni hosil qiladi. Shuning uchun azotning bu turiga ammoniyli azot deyiladi.
3. Uchinchi guruhga aminli qandlarning azoti kiradi, bular yetarli darajada o‘rganilmagan.
Bularning asosiy vakillari glyukoza, xitin va boshqalar hisoblanadi.
4. Geterotsikli azot, ya’ni piridin, pirimidin, pirrol, purinlar tarkibidagilar. Geterosiklik azotni eng ko‘p miqdori gumin kislotalarda va guminlarda bo‘ladi.
Azotning guruhli analizi gidrolizga asoslangan bo‘lib, bir necha usullari mavjud.
Ba’zi tuproq tiplaridagi azot guruhlarining miqdori quyidagi diagrammalarda ko‘rsatilgan:


2-diagramma

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling