Tuproq kimyosi


Takrorlash uchun savollar 1. Gumusning fraksiyali tarkibi. Gumin kislotalar


Download 0.64 Mb.
bet17/57
Sana10.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1257252
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   57
Bog'liq
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni



Takrorlash uchun savollar

1. Gumusning fraksiyali tarkibi. Gumin kislotalar

2. Fulvokislotalar

3. Tuproq gumuslilik holatining ko‘rsatkichlari



Mustaqil ta’lim mavzulari va topshiriqlari
1. Gumusning fraksiyali tarkibi, gumin kislotalar, fulvokislotalar.
2. Tuproq gumuslilik holatining ko‘rsatkichlari

MAVZU: GUMUS KISLOTALARINING GRAFO-STATISTIK TAHLILI VA OPTIK XOSSALARI. TUPROQLARNI NUR QAYTARISH QOBILIYATINI SF-46 DA YOKI SF-18 DA ANIQLASH


Reja:
1. Gumus kislotalarining grafo-statistik tahlili va optik xossalari. tuproqlarni nur qaytarish qobiliyatini SF-46 da yoki SF-18 da aniqlash.

2. GK va FK ning oksidlanish darajasi.

3. Gumus kislotalarining optik xossalari.


4. GK va FK larni molekulyar massalari va formulasi.

5. Gumus kislotalarining oksidlanishi, gidrolizi.

6. Gk larining kaliy permanganat ta’sirida oksidlanishi.


Bu tahlil negizida atomlar nisbati yotadi, ya’ni N:C, O:C, bu nisbatni hisoblash uchun gumus kislotalari tarkibidagi elementlarning foiz miqdorlari atom massalariga bo‘linadi. Masalan, quyidagi tarkibga ega bo‘lgan gumus kislotasi berilgan C=57,95%, H=3,45%, N=4,03%, O=34,57%. Undagi atomlar nisbatini aniqlash lozim bo‘lganda har bir elementni molekula yoki atom soni 100 g. GK da quyidagicha hisoblanadi.


C = 57,95 : 12,01 = 4,83
H = 3,45 : 1,01 = 3,42
N = 4,03 : 14,01 = 0,29
O = 34,57 : 16 = 2,16


Demak, 100 g. GK da 4,83 mol C, 3,42 mol H, 0,29 mol N, 2,16 mol O mavjud. Aniqlangan raqamlardan foydalanib, atomlar yoki molekulalar nisbati osongina aniqlanadi.
C:H = 1,4; C:O = 2,2; C:N = 16,7; H:C = 0,71; O:C = 0,45. Bu nisbatlar orqali necha atom uglerod bir atom vodorod, kislorod, azotga to‘g‘ri kelishi aniqlanadi.
C:H va O:C da necha atom vodorod yoki kislorod bir atom uglerodga to‘g‘ri kelishini bilish mumkin.
C:H, C:O, C:N da nisbat qancha katta bo‘lsa, uglerod shu molekulaning tuzilishida shuncha katta rol o‘ynaydi.
Grafo-statistik tahlil usulining yana bir yo‘nalishi atomlar nisbatlarining diagrammalarini ishlash bo‘lib, buning uchun H:C va O:C nisbatlari GK yoki FK lar uchun hisoblanadi va obtsissa hamda ordinataga joylashtiriladi.
Misol uchun nisbatlar grafigini quyidagicha tasvirlash mumkin.

H:C
2 ,5


1,5


0,5


0 O:C
0,5 1,0 1,5 2,0 2,5


Bu grafik gumifikatsiya, mineralizatsiya va boshqa jarayonlarni ko‘rsatadi.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling