Tuproq kimyosi


Tuproq gumuslilik holatining ko‘rsatkichlari


Download 0.64 Mb.
bet16/57
Sana10.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1257252
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57
Bog'liq
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni

Tuproq gumuslilik holatining ko‘rsatkichlari
Tuproqning gumuslilik holatini ko‘rsatuvchi kattaliklari ko‘p bo‘lib, ular gumus miqdorining kesma bo‘ylab tarqalishi, sifat tarkibi, organomineral hosilalari, migratsiyalanish va boshqalaridir.
Grishina va Orlov tomonidan ishlangan tuproq gumuslik holatining ko‘rsatkichlarini oladigan bo‘lsak, ular quyidagilarni qamrab oladi.

  1. O‘rmonzorlar tuproqlari uchun o‘rmon to‘shamasi qalinligi.

  2. O‘rmon to‘shamasidagi va mineral profildagi organik moddalar nisbati.

  3. Gumus tuproq qatlamidagi foiz miqdori, 0-20 sm va 0-100 sm dagi zahirasi, tga.

  4. Bir metr qalinlikdagi gumus taqsimoti.

  5. Gumusni azotga to‘yinganligi, (C:N asosida).

  6. Organik moddalarning gumifikatsiya darajasi, CgkCfk*100 % asosida.

  7. Erkin GK larning umumiy GK ga nisbatan foiz miqdori.

  8. Gumus tipi, ya’ni Cgk : Cfk.

  9. Kalsiy bilan birikkan GK ning umumiy GK ga nisbati, foiz miqdori.

  10. Mustahkam bog‘langan GK ning umumiy GK ga nisbatan foiz miqdori, 0,001 % GK.

  11. GK larning optik zichligi Ye 465 mm, 1 sm.

  12. Pigmentlarning gumus tarkibida qatnashishi.

  13. Xlorofillarning spirt-benzolli so‘rimda qatnashishi, ifodalanishi ko‘zda tutilgan.

Tadqiqotchi o‘z maqsadiga qarab tuproqni gumuslilik holatini aniqlashda sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlardan bir nechtasini yoki bir necha guruhini olishi mumkin. Bunda deyarli hamma tuproqlar uchun gumus miqdori eng muhim ko‘rsatkich ekanligini e’tibordan chetda qoldirmasligi kerak.
Gumusning azot bilan to‘yinganligi odatda C:N nisbati bilan aniqlanadi. Gumus tipi esa Cgk : Cfk bilan belgilanadi, ya’ni aniqlanadi va boshqalar. Bu ko‘rsatkichlar miqdori, darajasi, xarakteri kabi alohida-alohida kattaliklar bilan o‘lchanadi.
Bo‘z, o‘tloqi tuproqlarning sug‘oriladigan guruhlari odatda o‘rtacha gumus zahirasiga ega (100-150 tga). Gumusning azotga to‘yinganligi esa yuqori darajada, ya’ni C:N, 5-8 ga teng. Gumus tipi fulvat-gumatli, gumusga boy bo‘lmasdan, unda kesma bo‘ylab taqsimlanish deyarli bir tekis kamayib borish xususiyatiga ega.
Organik moddalarning tuproqda kam ekanligini nazarda tutib odatda ular 2 guruhga ajratiladi.
1. Tuproqda nisbatan turg‘un bo‘lmagan birikmalar bo‘lib, bular sharoitga qarab tez mineralizatsiyalanadi. Uglevodlar, polipeptidlar, oddiy kislotalar, lipidlar, xlorofillar, pigmentlar va boshqalar bu guruhga kiradi.
2. Biologik, termodinamik jihatdan nisbatan turg‘un birikmalar, ya’ni GK, FK, GMK, lignin va polisaxaridlar.
Gumusning optimal miqdori qancha bo‘lishi tuproq tipi, tipchasi, ayirmasi va uni xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Shuni alohida aytish mumkinki, tuproqdagi gumusning optimal miqdori Orlov fikricha ekiladigan o‘simlik turiga ham bog‘liq. Bunday fikr unchalik to‘g‘ri emas. Chunki o‘simlik turlarining o‘zlari har xil miqdor va sifatdagi gumusga talabchan yoki ular alohida-alohida gumus miqdorini yoqtiradi va hosil qilishda qatnashadi.
Gumus miqdori nisbatan o‘zgaruvchan kattalik bo‘lib, yerlarni o‘zlashtirish, sug‘orish davrining boshlarida tez o‘zgaradi.
Shuningdek yerlarni uzoq vaqt davomida sug‘orish, tuproqdagi organik moddalarning tarkibini o‘zgarishiga olib keladi. Bunda avvalo gumin va fulvokislotalarning miqdorlarining kamayishi, taqsimoti tuproq kesmasida chuqurlashgan sayin sekin-astalik bilan ekanligi kuzatiladi.
Ayni bir vaqtda gumin kislotalarining kamayishi fulvokislotalarga nisbatan jadalroq boradi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling