Tuproq kimyosi


Individual tabiatga ega bo‘lgan organik moddalar


Download 0.64 Mb.
bet11/57
Sana10.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1257252
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   57
Bog'liq
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni

Individual tabiatga ega bo‘lgan organik moddalar

Ixtiyoriy olingan qo‘riq va haydalgan yerlar u yoki bu miqdorda oliy o‘simliklar yoki organizmlar, tuban organizmlarga va ularning qoldiqlariga ega. Ular o‘z navbatida turli-tuman turkumlarga ega bo‘lib, o‘zlarining hayot faoliyati va o‘lganidan so‘ng xilma-xil moddalarni vujudga keltiradi. Ana shulardan kondensatsiya va polekondensatsiya natijasida gumus hosil bo‘ladi.


Bu jarayonda tirik, ya’ni yashayotgan o‘simliklarning organik moddasi (ildiz, tana) hayvonlar, hashorotlar, zamburug‘lar, mikroorganizmlar va boshqalarning qoldiqlarini ajratish ma’qul bo‘ladi, ya’ni alohida-alohida ajrata bilish kerak.
Shuni alohida qayd qilish kerakki, organik moddalar ichida gumusga eng yaqin oqsillar, ya’ni oqsil tarkibi bilan gumus tarkibi, ayniqsa uglerod, vodorod miqdorlari o‘zaro yaqin turadi.
Uglevodlar barcha o‘simliklarning to‘qimalarida uchraydi. Bular to‘qimaning 10-50% ini tashkil qiladi. Uglevodlarning asosiy qismini odatda klechatka, kraxmal, har xil qand moddalari tashkil qiladi va mikroorganizmlar uchun muhim energiya manbayi, gumus uchun esa tarkibiy qism bo‘lib xizmat qiladi.
Uglevodlarning nomoyandalari monosaxaridlar, pentozlar, geksozlar, glyukozalar, fruktoza ( C6H12O6), disaxaridlar, ya’ni C12H22O11 maltoza, polisaxaridlar, kraxmal (C6H10O5)n, glikogen, sellyuloza (C6H10O5)P va boshqalar bo‘lib bular odatda fotosintez jarayonida hosil bo‘ladi.
Yog‘lar uglevodlardan ko‘proq energiya zahirasiga ega bo‘lib, o‘simlik to‘qimasida 1-3 dan 20-30% gacha bo‘ladi, ayniqsa urug‘da, mevada ko‘p bo‘ladi.
Yog‘lar gidrolizi natijasida murakkab organik kislota olein va stearin hamda gletsirin hosil bo‘ladi.
Lignin.
Murakkab tarkibli qattiq, ya’ni mustahkam, parchalanishi qiyin bo‘lgan organik modda. O‘simliklar to‘qimasida 10-30% miqdorida uchraydi. Lignin uchun metoksil (-O-CH3) guruhi xarakterli.
Lignin aromatik tuzilishga ega. Ligninni parchalanishi qiyinligini hisobga olib, ko‘pchilik olimlar gumus negizi lignindan iborat deyishadi. Bunday gipoteza, ya’ni lignindan gumus hosil bo‘lishi nazariyasi Flyayg tomonidan ishlab chiqilgan.
Vosklar, ya’ni to‘yinmagan karbon kislotalarining efirlari.
Smolalar-100 dan ortiq aromatik xarakterga ega bo‘lgan birikmalar aralashmasi. Turli xil tuproqlarda vosk va smolalar 2-14% gacha organik moddalar miqdorini tashkil qiladi.
Organik kislotalar.
Tuproqda ko‘pchilik quyi molekulyar og‘irlikka ega bo‘lgan kislotalar chumoli (HCOOH), oksalat (HCOOH)2 yoki C2H4O2 sirka (CH 3COOH) va boshqalar mavjud.
Bulardan tashqari, resintez natijasida oksi-karbon kislotalar ham ( ferul, vanilin, kumar) hosil bo‘ladi.
Oshlovchi moddalar ko‘p atomli fenollar hosilalari bo‘lib, o‘simliklarda 5-25% atrofida mavjud. Daraxt o‘simliklar po‘stida ko‘proq. Gumus hosil bo‘lishida bularga katta rol ajratiladi.
Kul moddalar.
Kul moddalar o‘simliklar tarkibida 2-3% dan 50-52% gacha bo‘ladi. Eng ko‘p kul galofitlarda bo‘lib, 60 dan ortiq elementga ega. Bularning hammasi gumus uchun manba hisoblanadi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling