Tuproq kimyosi


Download 0.64 Mb.
bet5/57
Sana10.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1257252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni

Yalpi
AI2O3
%

Yalpiga nisbatan, foizlarda

Silikatlar
tarkibida

Erkin aluminiy

Jami

Kristallangan

Amorf

Effuziv jinslar
ustidagi qizil
tuproq
(Adjariya)

0-10
20-30
40-50
70-80

18.25
18,98
22,29
26,37

65.8
59,5
61,1
64,7

34.2
40,5
39,9
35,3

23.7
34,5
34,9
30,9

10.5
6,0
5,0
4,4

Ferralitli
Tuproqlar
(Kuba)

0-25
60-70
100-120

29,75
31,05
30,78

91,1
76,5
81,1

8,9
23,5
18,9

7,2
22,3
17,9

1,7
1,2
1,0

Torfli, illyuvial
gumusli podzol

11-22
22-30
30-38
38-40
44-54
60-70
80-90
100-105

1,80
2,71
3,11
3,10
3,27
2,97
3,05
2,60

100
86,7
62,4
74,2
80,7
83,5
87,2
93,8

0
13,3
37,6
25,8
19,3
16,5
12,8
6,2

0
4,0
1,6
3,6
9,5
7,8
8,6
2,4

0
9,3
36,0
22,2
9,8
8,7
4,2
3,8

Gumus-gilli
tuproq
(G‘arbiy Gruziya)

0-10
60-80

19,95
18,99

92,7
90,0

7,3
10,0

5,4
8,7

1,9
1,3

Och tusli bo‘z
tuproq

0-6
6-16
35-45
157-220

7,89
7,73
7,32
7,16

-
-
-
-

-
-
-
-

-
-
-
-

-
-
-
-

Tipik bo‘z tuproq

0-5
25-40
230-250

7,76
7,55
7,29

-
-
-

-
-
-

-
-
-

-
-
-

To‘q tusli
bo‘z tuproq

0-5
5-22
48-95
175-235

7,73
7,79
7,71
7,66

-
-
-
-

-
1
-
-

-
-
-
-

-
-
-
-


Bo‘z tuproqlarda yalpi aluminiy Ismatov J.R. ma’lumotlariga asoslangan holda hisoblangan.
O‘zbekiston tuproqlarida yalpi aluminiy miqdori 7.1-7.8% atrofida bo‘lib, profil bo‘ylab deyarli bir xil tarqalgan.
Shuni alohida qayd etish kerakki, tuproq unumdorligida va undagi fizik-kimyoviy jarayonlarning borishida aluminiy tuproq eritmasidagi miqdori muhim rol o‘ynaydi. Uning konsentratsiyasi va birikma shakli pH miqdori bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.
Aluminiy gidroksidi amfoter xususiyatga ega. Yetarli nordon sharoitda tuzlarni hosil qiladi va aluminiy kation eritmada mavjud bo‘ladi Al(OH)3 + 3HCl ­­­­­ Al+3 + 3Cl- + 3H2O. Kezi kelganda shuni ham ta’kidlash kerakki, ishqori yer va ishqori elementlarning tuproq eritmasidagi konsentratsiyasi pH deyarli bog‘liq emas, yoki juda oz miqdorda bog‘liq.
Ishqoriy muhitda alyuminatlar hosil bo‘ladi, agar ishqor miqdori ko‘p bo‘lsa, gidroksialyuminatlar eritmada paydo bo‘ladi.
Al(OH)3 + NaOH + Na[Al(OH)4]

Tuproq uchun xarakterli bo‘lgan pH oraliqlarda tuproq eritmasida


Al+3, AlOH+2, Al(OH)2+, Al(OH)0, Al(OH)4-
ko‘rinishlarda uchraydi.
Merioni (1976) eritmadagi aluminiyning har xil shakllari pH ga bog‘liqligini ko‘rsatgan, ya’ni uning ma’lumotlariga ko‘ra, pH=4-5 bo‘lganda Al+3, pH=7.5-8 bo‘lganda esa Al(OH)3 mavjud bo‘ladi. Demak, bizning tuproqlarimizda Al(OH)3 shaklida ham bo‘lishi mumkin.
Podzol tuproqlarda ferralitli tuproqlarning eritmalarida erkin Al+3 mavjud bo‘ladi. Arid o‘lkalardagi pH 7-8 bo‘lgan tuproqlarda Al+3 (ion shaklida) bo‘lmaydi. Lekin aluminiy gidroksidi boshqa aluminiy birikmalarning pH ga bog‘liq ravishda pog‘onali dissosatsiyalanishi hisoblanadi.
Aluminiyning tuproq profilidagi migratsiyasi uzoq davom etgan tarixiy davrda sodir bo‘ladi, davom yetadi. Aluminiy tuproq profilidagi defferensiatsiyasi asosan lesivaj va kompleks birikmalari harakati, kolloid zarrachalar hisobiga sodir bo‘ladi.

Tuproqda aluminiyning kompleks birikmalari


Bu element odatda tuproqning organik moddalari bilan oson kompleks birikmalarni hosil qiladi, lekin bu formadagi birikmalar yetarli darajada o‘rganilmagan.
Ma’lumki, aluminiy oksalat ionlari, sulfat va boshqa shu kabilar bilan birikmalar hosil qiladi. Shu kabi reaksiyalar tuproqda ham sodir bo‘lishi mumkin.
Aleksandrova fikriga ko‘ra, aluminiy gumus kislotalarini anion qismiga kirib, murakkab birikma hosil qiladi.
Bu birikmalar quyidagicha bo‘lishi mumkin:




Bunday birikmalarni hosil bo‘lishida gumin kislotalarining karboksil guruhlarining qatnashishi Aleksandrova tomonidan aniqlash orqali isbot qilingan. Uning fikricha, bunday birikmalar alyumogumin birikmalar qatoriga kiradi.
Alyumoguminlar tarkibidagi aluminiyning bir qismi almashinish xususiyatiga ega emas, bir qismi esa neytral tuzlarning kationlari orqali siqib chiqariladi. Bu alyumoguminli birikmalardagi aluminiyning ikki xil rol o‘ynashidan dalolat beradi. Bunda aluminiyning bir qismi molekulaning ichki qismida, ikkinchi bir qismi esa, uning tashqarisida vodorod ionlari o‘rnida joylashganligidan dalolat beradi. Uni quyidagicha tasvirlash mumkin:

Natriy o‘rnida ham aluminiy bo‘lishi mumkin. Aynan ana shunday joylardagi aluminiy neytral tuzlarning kationi oson almashinadi. Ichki sferaga kirgan aluminiy harakatchanligi juda past bo‘lib, ular tuproqning kimyoviy reaksiyalarida deyarli qatnashmaydi. Bunday birikmalar bir necha ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Aluminiy gidrooksidini gilli minerallar ustiga yutilishi kuzatilgan. Aluminiy gidroksidi bilan gumus kislotalari orasidagi reaksiyaga ham kuchsiz eriydigan adsorbtsion komplekslar hosil bo‘lishi mumkin.
Fosfatlar tomonidan ham yutilishi sodir bo‘ladi. Bunda hosil bo‘lgan fosfatlarning eruvchanligi juda past bo‘ladi. Fosfat ionlarining alyumosilikatlar tomonidan adsorbtsiyasini quyidagi uch yo‘nalishda ko‘rsatish mumkin:
1. Fosfat ionlarining gidroksilga almashinishi:

=Al–OH]+ + H2PO4- =Al-H2PO4 =] + OH-

2. Fosfat ionlar yordamida suvni siqib chiqarish:

=Al-OH2]+ + H2PO4-  =Al-H2PO4]+ + H2O

Bu mexanizm hali to‘la o‘z isbotini topmagan.
3. Fosfat ionlar bilan silikatlarning almashinishi:

=Al-OH2]+ +H2PO4-  =Al-H2PO4] + H2SiO4-

Matson fikriga ko‘ra, aluminiy silikatlarga nisbatan fosfatlar bilan mustahkam birikma hosil qiladi. Shuning uchun ham bunday reaksiya hayotda mavjud. Bulardan tashqari tuproqda:

peaksiya sodir bo‘ladi.
Gumin kislotalardagi karboksil guruhlari ham gel ustidagi Al(OH)3 bilan reaksiyalarga kirib har xil birikmalarni, ya’ni R-COOH+Al(OH)3R-COOH+Al(OH)2+H2O va boshqalarni hosil qiladi.
Aluminiyning tuproqdagi muhim xossalardan biri, u ham bo‘lsa, tuproq kislotaligini vujudga keltirish hisoblanadi. Bu masala, ya’ni tuproqdagi kislotalikning vujudga kelishi aluminiy rolini aniqlash tuproq kimyosida qator munozaralarga sabab bo‘lib kelmoqda.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling