HOOC COOH OOC COO Al + 3H2O
+ Al2O3 Al
HOOC COOH OOC COO
COOH COO
Tuproqda turli silikatlar: silimanit, disten, o‘rta polisilikatlar, muskovit, epidot, mikrlin, ortoklaz, anortit va ularning oraliq formalari mavjud.
Tuproqning nozik fraksiyalarida AI oksidi v gidrooksididan tashqari gilli minerallar ham uchraydi. Ularga kaolinit- Al4(OH)8[Si4O10], montmorillionnit-Al2Si4O10(OH)2 * nH2O, xlorit va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Xullas tuproq tarkibidagi Al-li birikmalarning hammasini, ular tarkibidagi aluminiylarni aniqlash, katta ilmiy va amaliy ish bo‘lib, tuproqshunoslikda katta ahamiyatga ega. Ammo hozirgi kunda ularni guruhlarga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lib, bunda S.V. Zon tavsiyasidan foydalanish ma’qul.
1. Alyumosilikatlar panjarasiga kiruvchi silikatli aluminiy.
2. Alyumosilikatlar kristall panjarasiga kirmaydigan, erkin aluminiy.
O‘z navbatida erkin aluminiy guruhi kristallangan va amorf guruhlariga bo‘linadi. Aluminiyning bu guruhlarini aniqlashning turli yo‘llari mavjud.
Masalan, Dyushofurning bir usuli 1n. NaOH yordamida yoki yana bir usuli esa 1 n. KCl eritmasida ajratish.
Aluminiy guruhlari har xil tuproqlarda va ularning profillarida xilma-xil miqdorda (27-jadval) tarqalgan. Buni S.V. Zon (1982) ma’lumotlarida ko‘rishimiz mumkin.
27-jadval
Ba’zi tuproqlarda aluminiy birikmalarining
miqdori % (S.V.Zon 1982).
Do'stlaringiz bilan baham: |