Tuproq kimyosi
Tuproqda aluminiy birikmalari
Download 0.64 Mb.
|
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni
Tuproqda aluminiy birikmalariTuproqda Al har xil eruvchanlikka ega bo‘lgan birikmalar tarkibiga kirgan bo‘lib, gumid zona tuproqlarida xususan, chimli podzol va podzol tuproqlarda almashinuvchi tarzida bo‘ladi. Al tuproqda oksid, gidrooksid va oddiy tuz, kompleks birikma, aluminiy kislotalari shaklida uchraydi. Uning ko‘p tarqalgan birikmasi Al2O3, ya’ni korund bo‘lib suvda va kislotalarda erimaydi, oq rangli, lekin tabiatda Cr, Mn, Fe, Ti lar ta’sirida doimo bo‘yalgan bo‘ladi. Korundni bo‘yalgan formalari sapfir, rubin, topaz bo‘lib, qimmatbaho toshlar sanaladi. Tuproqda gibbsit yoki gidroargillit nisbatan ko‘p uchraydi, aktaedrik kristalli panjaraga ega. Tuproqda gibbsit bilan birga yoki mustaqil, bemit- -AlOH va diaspor- -AlOH uchraydi. Bu minerallar qadimiy tropik tuproqlar uchun xarakterli. Allofanlar shaklida ham aluminiy tuproqda uchraydi. Allofanlar tarkibida Al2O3 24-42%, SiO2 21-40%, H2O 39-44% bo‘ladi. Allofanlar uchun Si:Al=1:1 nisbati xarakterli. Allofan atamasi Shtromaer va Gausmanlar tomonidan kiritilgan bo‘lib, ular amfoterlik xususiyatiga ega. Ular fosfotlarni va boshqa anionlarni bog‘laydi. Kation singdirish sig‘imi 20-50, anion sig‘imi 50-30 mg.ekv/100g. Aluminiy miqdori tuproq xususiyatlariga jiddiy ta’sir ko‘rsata oladi. Agar uning miqdori ko‘p bo‘lsa, tuproqning hajm massasi kamayadi, plastikligi, suv saqlash qobiliyatlari ortadi. Tabiiy sharoitlarda ba’zan aluminiyli mineral suvlar ham hosil bo‘ladi. Tuproq muhitda aluminiyni hamma mineral tuzlari ham turg‘un emas. Uning fosfatli birikmalari, uran kislotasi bilan va polisaxaridlar bilan hosil qilgan birikmalari katta ahamiyatga ega. Tabiiy suvlarning bug‘lanishi natijasida maxsus birikmalar KAl(SO4)212H2O kvarslar hosil bo‘ladi. Nordon jinslar qatlamida oltingugurtli gazlar ta’sirida aluni hosil bo‘ladi. Bulardan tashqari, pegmatit va gneislarda kriolitlar (Na3AlF6) uchraydi. Bu minerallar suvda har xil miqdorda erib, boshqa moddalar qatorida aluminiy oksidini hosil qiladi. Tabiatda unchalik oddiy bo‘lmagan melit deb ataluvchi Al2C12O12.18H2O tarkibli mineral mavjud bo‘lib, u mis rangga ega. Gumus kislotalarining oksidlanishidan mellit kislota ham hosil bo‘lishi aniqlanganligi e’tiborga sazovordir.
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling