Tuproq kimyosi
Sug‘oriladigan tuproqlarda marganets miqdorining o‘zgarishi, (mg/kg)
Download 0.64 Mb.
|
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni
Sug‘oriladigan tuproqlarda marganets miqdorining o‘zgarishi, (mg/kg)
Jadval ma’lumotlariga suyanadigan bo‘lsak, u holda har xil tuproqlardagi yalpi marganets miqdor jihatidan o‘zaro yaqin bo‘lishiga qaramay, uning harakatchan miqdoridagi farq keskin, ya’ni yangidan sug‘oriladigan tipik va o‘tloqi saz tuproqlardagi farq ikki barovardan ham ortiq. Eskidan sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarda harakatchan marganets miqdori jadvaldagi boshqa tuproqlardan 2-4 barobar ko‘p. Marganetsga bog‘liq tuproq kimyoviy, biokimyoviy muammolar ko‘p. Ulardan biri vilt bilan kasallangan g‘o‘za bargida, ildizida, urug‘ida, tolasida uning ko‘pligi hisoblanadi. Ayni vaqtda ko‘pchilik qishloq xo‘jaligi o‘simliklarining normal o‘sishi, rivojlanishi uchun marganets mikromiqdor tariqasida zaruriy element sanaladi. O‘simliklar marganetsning tuproq eritmasidan Mn+2 holida oladi. Yuqorida qayd etilganidek, Mn korbanatli tuproqda tezda MnCO3 ga aylanib, natijada uning harakatchanligi keskin kamayadi. Shunday qilib tuproqdagi marganets miqdorining ko‘p va ozligi eng avvalo, ona jins miqdori bilan aloqador bo‘lib, proportsional ravishda tuproqdagi miqdor o‘zgaradi. Ko‘pchilik sug‘oriladigan tuproqlarda harakatchan marganets miqdori yetishmaydi. Bu hol haydov qatlamlarida ko‘proq seziladi. Lekin Mn-li mikroo‘g‘itlardan foydalanishda uning tuproqdagi miqdorini o‘rganmay turib ishlatmaslik kerak. Aks holda “ortiqcha” provintsiya paydo bo‘lsa biotaga salbiy ta’sir qiladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling