Tuproq kislotaliligi va ishqoriyligi. Tuproq buferligi va uning ahamiyati
Tuproq kislotaliligi va uning turlari
Download 161.5 Kb.
|
Tuproq kislotaliligi va ishqoriyligi REFERAT
Tuproq kislotaliligi va uning turlari.Kislotali reaksiya, ilgari aytilgandek, singdirish kompleksida H+ va A13+ ionlari bo‘lgan (asoslar bilan to‘yinmagan) podzol, chimli podzol, botqoq tuproq va qizil tuproqlar uchun xosdir. Tuproq kislotaliligi aktual va potensial gruppalarga ajratiladi. Tuproqning p o t e n s i a l(yashirin) kislotaliligi singdirish kompleksidagi almashinuvchi H+ va A13+ ionlarining ta‘sirida hosil bo‘ladi. Potensial kislotalik ham Ishqoriylikning ortishi Kislotalikning ortishi Suli, javdar, zig‘ir Kartoshka Lyupin Barcha madaniy ekinlarning rivojlanishi yuqori Kislotalik tufayli to‘xtagan
Tuproq reaksiyasi (pH) ko‘rsatkichlari almashinuvchi va gidrolitik shakllarga bo‘linadi. Tuproq bilan eritmadagi tuzlar orasidagi o‘zaro ta‘sir natijasida almashinuv reaksiyasi boradi hamda eritmaga H+ va Al3+ ionlari siqib chikariladi. A l m a sh i n u v ch i k i s l o t a l i l i k tuproqning KCl, NaCl va BaCl2 kabi neytral tuz eritmasi bilan o‘zaro ta‘siri natijasida yuzaga keladi. Almashinuvchi kislotalilikni aniqlashda odatda 1n KC1 eritmasidan foydalaniladi. Bunda quyidagi reaksiya boradi va eritmada xlorid kislotasi hosil bo‘ladi: Tuproq ] H +KCl Tuproq ]K+HCl (eritmada) Almashinuvchi kislotalilik ko‘rsatkichi pH bilan hamda 100 g tuproqda mg ekv shaklda ifodalanadi. Gidrolitik kislotalilik tuproqning gidrolitik ishqoriy tuz, jumladan sirka kislotasining natriyli tuzi (CH3COONa) eritmasi bilan o‘zaro ta‘siri natijasida hosil bo‘ladi. Reaksiya kam ishqoriy muhitda quyidagi sxema asosida kechadi: Tuproq ] H +CH3 COONa = Tuproq ] Na+CH3 COOH. Hosil bo‘lgan sirka kislotasining vodorod ionlari eritmaning kislotaliligini belgilaydi. Gidrolitik kislotalilikning ko‘rsatkichi 100 g tuproqda mg/ekv bilan ifodalanadi. Gidrolitik kislotalilik miqdori, odatda almashinuvchi va aktual kislotalilikdan ko‘p bo‘ladi. Gidrolitik kislotalilik karbonatli tuproqlardan boshqa, ko‘pchilik tuproqlarda uchraydi. Download 161.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling