Tuproq ishqoriyligi va uning turlari.
Eritmada gidrooksid ionlari vodorod ionlariga nisbatan ko‘p bo‘lganda (pH>7) eritma va tuproqning ishqoriy reaksiyasi vujudga keladi. Ishqoriy reaksiyaning kelib chiqishida eritmadagi kuchli asosli va kuchsiz kislotali xarakterdagi (K2CO3, KHCO3, Na2CO3, NaHCO3) tuzlar asosiy rol o‘ynaydi. Singdirish kompleksida natriy kationlari saqlovchi tuproqlar ishqoriy reaksiyaga ega. Karbonat angidrid saqlovchi bunday tuproqlarning suv bilan o‘zaro ta‘siri natijasida quyidagi reaksiya (Na2CO2) sodir bo‘ladi:
Na H
Tuproq + H2O + CO2 = Tuproq + Na2CO3 Na N
Na2CO3 +2H2O = 2NaOH +H2SO3
Hosil bo‘ladigan soda eritmaning keskin ishqoriy bo‘lishiga olib keladi. Chunki, uning gidrolizi (NaOH ning dissosiyalanishi) natijasida
eritmada gidrooqsil ionlari ko‘payadi hamda pH ko‘rsatkichi 9-10 gacha ko‘tariladi.
Nordon va ishqoriy reaksiyaga ega bo’lgan tuproqlar xossalarini yaxshilash.
Nordon tuproqlarning xossalarini yaxshilashda yerni ohaklash usulidan foydalaniladi. Yerga ohak solinganda tuproqning kislotaliligi neytrallanadi. Tuproqni ohaklaganda quyidagi almashinuv reaksiyasi asosida, tuproqning singdirish kompleksidagi vodorod kalsiy bilan siqib chiqariladi hamda tuproq xossalari yaxshilanadi:
H
Tuproq + CaCO3 = Tuproq ] Ca + H2O +CO2.
H
Ohaklash usuli tayga o‘rmon zonasidagi podzol, chimli podzol va botqoq singari kislotali tuproqlarida keng ishlatiladi.
Ishqoriy reaksiyaga ega bo‘lgan sho‘rtob va sho‘rtobsimon tuproqlarning salbiy xossalarini yaxshilash uchun gipslash usulidan foydalaniladi. Bunda tuproq bilan gips orasida kechadigan quyidagi reaksiya natijasida almashinuvchi (singdirilgan) natriy ioni kalsiy bilan almashinadi:
Na
Tuproq + CaSO4 = Tuproq ] Ca + Na2 SO4 Na
Hosil bo‘ladigan suvda oson eruvchi natriy sulfat tuzi tuproq profili bo‘ylab pastga yuvilib ketadi. MDH ning janubiy qurg‘oqchilik rayonlarida 160 mln.gektarga yaqin ishqoriy xossadagi sho‘rtoblangan yerlar mavjud bo‘lib, kimyoviy meliorasiyalash (gipslash) ni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |