Tuproq melioratsiyasi va gidrologiyasi


Sug‘orishga ketadigan suv taxminan 50% gacha kamayadi, sug‘orish normasi esa 200-600 m3/ga boradi


Download 4.87 Mb.
bet9/16
Sana19.09.2023
Hajmi4.87 Mb.
#1681420
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
4-мавзу — (2)

9. Sug‘orishga ketadigan suv taxminan 50% gacha kamayadi, sug‘orish normasi esa 200-600 m3/ga boradi.

10. Yomg‘ir yog‘dirib sug‘orishda sarflanadigan suv sizot suvlariga borib qo‘shilmaydi, bu esa o‘z o‘rnida yerlarni meliorativ holatini yaxshilashga imkon beradi.

11. Yomg‘irlatib sug‘orishda planli xo‘jalik sug‘orish normasiga ega bo‘lamiz va h.k.


Yomg‘irlatib sug‘orish usuli melioratsiya sohasida keyingi paytda ko‘p qo‘llaniladigan usuldir. Shuning uchun yomg‘ir yog‘diriladigan arpegatlarni rekonstruksiya qilish, uning yangi markalarini o‘ylab topish maqsadga muvofiqdir. Chunki yomg‘ir-latib sug‘orish paytida suv normasi, uni o‘lchash va tuproqning mexanik tarkibiga qarab, kerakli bo‘lgan suvni berish mumkin. Misol uchun, "Skinner" firmasining ma’lumotiga qaraydigan bo‘lsak, tuproqning mexanik tarkibi va yerning nishabiga qarab, quyidagi suv normasini ko‘rish mumkin.

Yog‘dirib yoki yomg‘irlatib sug‘orish turlari va tizimlari


Yog‘dirib sug‘orishning uchta turi mavjud bo‘lib, oddiy, tom-chi¬latib va yuqori bosim ostida tuman hosil qilib sug‘orish turlari mavjuddir.
1. Oddiy yomg‘irlatib sug‘orish - bu usul tuproq qatlamining 0,4-0,6 m li qatlamini hisobga olgan holda, tomchiga o‘xshatib, havoning to‘la namligi darajasigacha suv sepishdir.
2.Tomchilatib sug‘orishning oddiy yomg‘irlatib sug‘orishdan farqi bunda eng avvalo o‘simlikni va tuproqning ustki qismini namlatishdan iboratdir, ya’ni bu usulni oddiydan farqlanadigan joyi suvni uzluksiz va vaqti-vaqti bilan sepishdir.
Tomchilatib sug‘orish maxsus apparatlarda bajarilib, unda suv alohida (kameraga) to‘planib, keyin kuchli bosim bilan atmosferaga sepiladi va bu usul har 4-6 sekund (pauza) qaytarilib turadi va suv sepish davri 1-2 sekund davom etadi. Suv sepish radiusi 25-30 m bo‘lib, uning miqdori 0,02-0,8 mm/min ni tashkil qiladi. Bu apparatlarni turlari va ishlash tartibini quyida keltiramiz.
Tumanlatib sug‘orish - bu usul asosan maxsus apparatlarda yuqori temperatura va past namgarchilik bo‘lgan yerlarda yuqori bosim ostida suvni toki tuman darajasiga keltirib sepishga mo‘ljallangandir. Bunda suvni tumanlatish uchun uncha katta bo‘lmagan yomg‘irlatib sug‘orish apparati qo‘llanilib, uning suv sarf qilish vaqti 0,03 l/s dan oshmaydi va atmosfera sharoitiga qarab 200-300 m masofada suv sepish mumkin.
Bu sug‘orish usuli boshqa tur sug‘orish usullaridan farqliroq birinchidan, namlikni o‘zini namlanishi bilan birga mikroiqlim hosil qiladi va tuproq kesakchalarini maydalanib ketishidan saqlaydi.
Yomg‘irlatib sug‘orish tizimi sug‘orish manbaida tashkil qilinib, u doimiy va vaqtinchalik sug‘orish asboblaridan iborat bo‘ladi. Doimiy sug‘orish tizimi maxsus yopiq trubalar yordamida sug‘oriladigan yerlarda mustahkam qilib o‘rnatiladi va ko‘p yillar davomida bir yerdan turib boshqarib boriladi.
Vaqtinchalik yomg‘irlatib sug‘orish tizimi esa yig‘iladigan hamda bo‘laklarga bo‘linadigan apparatlar yordamida sug‘orila-digan yerlarga sug‘orish mashinalari yordamida o‘rnatiladi va sug‘orib bo‘lingandan keyin yana yig‘ib olinadi.
Sug‘orish shaxobchalari ochiq yarim ochiq va yopiq qilib qurilishi mumkin. Ochiq sug‘orish shaxobchalari yerlarda ochiq betonlangan yoki lotoklar orqali quriladi, yarim ochiq, sug‘orish shaxobchalari yerlarda betonlanib qurilishi mumkin, lekin xo‘jaliklararo sug‘orish shaxobchalari suvni maxsus yomg‘irlatib sug‘orish mashinalari o‘rnatilgan holda olib boriladi. Yopiq sug‘orish shaxobchalari esa maxsus quvurlar yordamida bajariladi.
Yomg‘irlatib sug‘orish tizimi o‘zining ta’sir kuchiga qarab statsionar, yarim statsionar, harakatchan turlarga bo‘linadi.
Statsionar tizimda hamma elementlar (nasos stadionari, o‘tkazilgan trubalar, yomg‘irlatib sug‘orish apparatlari) doimiy qilib quriladi. Statsionar sug‘orish tizimida apparatlarni shunday maxsus quduqlar yordamida o‘rnatish kerakki, uzoq, masofaga suvni kuchli bosim ostida sepib sug‘orilib bo‘lingandan keyin, quduqlarda ham suvning gidravlik bosimini pasaytirish kerak, chunki suv kuchli bosim orqali quduqlarda ko‘tarilsa, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Yarim statsionar sug‘orish tizimi nasos markazlarida xo‘jalik-lararo bo‘luvchi kranlar doimiy qilib o‘rnatiladi va yillar davomida sug‘orish mashinalari yig‘ib olinishi yoki ko‘chirib boshqa yerga olib borib o‘rnatilishi mumkin, lekin yomg‘irlatib sepuvchi agregatlar esa o‘z o‘rnida qolaveradi. Hozirgi kunda bu usul qishloq xo‘jaligida keng qo‘llaniladi. DDN-70, DDN-100, DDA-100m (A), Fregat, Voljanka, Dnepr, Kuban kabi mashinalar eng qulay va ix¬cham hisoblanadi. Harakatchan yomg‘irlatib sug‘orish tizimi boshqa sug‘orish apparatlariga qaraganda tez yig‘iladigan, qulay, metall trubalardan iborat bo‘lib, yig‘iladigan va olib borilishi mumkin bo‘l¬gan elementlardir. Bu qurilmalar suv ko‘p talab qilinmaydigan yaylov¬larda va sabzavot ekinlari maydonlarida qo‘llaniladi, vegetat¬siya yoki-yil oxirida esa yig‘ib olinadi.

Download 4.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling