Tuproq melioratsiyasi va gidrologiyasi


Tuproqning suv shimuvchanligiga shu tuproqning kapillyar kuchi va tuproq zarralari orasidagi havoning ta’siri katta


Download 4.87 Mb.
bet6/16
Sana19.09.2023
Hajmi4.87 Mb.
#1681420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-мавзу — (2)

Tuproqning suv shimuvchanligiga shu tuproqning kapillyar kuchi va tuproq zarralari orasidagi havoning ta’siri katta.

Tuproqning suv shimuvchanligiga shu tuproqning kapillyar kuchi va tuproq zarralari orasidagi havoning ta’siri katta.

Suvning qalinligidagi tuproqqa singish tezligi quyidagi formula yordamida topiladi.

bu yerda: R - filtratsiya koeffitsiyenti;

H0 - ayni vaqtda tuproqda suvning kapillyarlar orqali ko‘tarilish balandligi;

L - tuproqdagi havoning ortiqcha bosimi;

h - tuproq ustidagi suvning chuqurligi.

Bu formuladan quyidagi xulosa chiqarish mumkin: suvning singish chuqurligi (a) oshgan sari singish tezligi (w) kamaya boradi. Bu tezlik oldindan katta bo‘lib, keyinchalik asta-sekin kamaya boradi, bunda (a) osha borgan sari kapillyar kuchlarning ta’siri (H0) susaya boradi: kapillyar kuchlar tuproqning shimish tezligini oshiradi, tuproq zarralari oralig‘idagi qisilgan havo esa bu tezlikni kamaytiradi. Suv tuproq yonboshida shimdirilganida (egatlarda) kapillyar kuchlar suv bosimini oshiradi va egatlar oralig‘idagi suv kapillyar orqali ko‘tariladi.

Bu ko‘tarilish tezligi esa quyidagi formula bilan topiladi.

Bu ko‘tarilish tezligi esa quyidagi formula bilan topiladi.

bu yerda a1 - ayni vaqtda suvning ko‘tarilish balandligi.

Shu sabablarga ko‘ra tuproq yonboshidan (egatlardan) suvni oldin tez shimadi, keyinchalik esa uning shimilishi sustlashadi. Shuning uchun suvning tuproqqa singish tezligi o‘zgaruvchan bo‘ladi. Vaqt o‘tgan sari bu tezlik kamayib boradi. Endi sug‘orish vaqtida suvning tuproqqa singish tezligining dinamikasini ko‘radigan bo‘lsak, bu quyidagi formula yordamida topiladi.

bunda wt - t ma’lum vaqt ichida suvning tuproqqa singish tezligi;

Rt - t ma’lum vaqt ichida suvning tuproqqa singish koeffitsiyenti;

j - suv bosimi gradiyenti;


Suvning tuproqqa shimilish sxemasi

Jo‘yak olib sug‘orish

Relyefi noqulay, nishabi katta yerlar, asosan jo‘yak olib sug‘oriladi. Jo‘yaklar ikki xil: ya’ni taroq shaklida va aylanma (ilon izi) shaklida qilib olinadi.


Nishabi juda katta yerlar esa, aylanma jo‘yak olib, ekin ekiladi, chunki bu usulda suv yo‘li uzayib, yerning nishabi sun’iy ravishda kamayadi va suv jo‘yaklarda sekin oqadi va tuproqning ustki unumdor qismi yuvilib ketmaydi. Jo‘yaklarning uzunligini 10-30 m, chuqurligi 0,30-0,45 m va oqayotgan suvning ko‘ndalang kesimi 0,60-0,12 m, pushtalarning eni esa 0,90-1,40 m bo‘lmog‘i lozim (6-chizma).
Jo‘yak olib sug‘orishning o‘ziga xos kamchiliklari va afzallik tomonlari mavjud. Kamchiliklar: dehqonchilik ishlarini mexani-zatsiyalash juda ham qiyin, yoki mexanizatsiyalashtirib bo‘lmaydi, jo‘yak olish uchun ko‘p mehnat sarflanadi va yerlardan foydalanish koeffitsiyenti (YeFK) kichik.
Afzallik tomonlari: qiya yerlarda jo‘yak olinsa, suv yerni yuvib ketmaydi. Suv tuproqqa yon tomonidan shimilishi sababli haydalma qatlam bosilib zichlanmaydi va nihoyat, ekiladigan ekinlar jo‘yak pushtalarida yetishtiriladi.

Download 4.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling