Sug‘orishda o‘simliklarning o‘ziga xos xarakterli belgilari mavjud. Masalan, yerning ustki qismidan sug‘orish usulining xarakteri:
a) tuproqning har xil qatlamlarining namlanishi;
b) gravitatsion suvlarning ko‘p ishtirok qilishi natijasida tuproq qatlamlarida ko‘proq suv jamg‘armasining to‘planishi;
d) sug‘orish tartibotida namlikni ko‘p miqdorda o‘zgarishi hisobiga tuproqlarga oz miqdorda suv berish. Bu usulda yerlar tez-tez sug‘oriladi, lekin kam normada suv berish tavsiya etiladi.
Yomg‘ir usulida sug‘orish xarakteri:
a) tuproqlarning yuqori qatlamlari namlanadi;
b) kuchsiz gravitatsion namlanish tuproqning yuza qatlamida sodir bo‘ladi;
d) kam suv sarflash hisobiga tuproq¬ning yuza qatlamida deyarli namlanish tartibotini bir xilda ushlash va mikro-iqlimga ta’sir qilish yoki muhit yaratishga (bu usul suv yetishmaydigan va issiq o‘lkalarda ko‘proq qo‘llaniladi) asoslangan.
Tuproqni ostki qismidan sug‘orilganda, birinchidan, tuproqning ustki qismi faqat kapillyar naylar orqali namlanadi. Ikkinchidan, tuproqning ma’lum qatlamida nam ushlanadi yoki ushlash mumkin. Uchinchidan, tuproqlarda mustahkam namlik jamg‘armasini yig‘ish mumkin. To‘rtinchidan, kerakli vaqtda oz suv sarflash orqali o‘simliklarni suvga bo‘lgan talabini qondirish mumkin.
Endi yuqorida keltirilgan uchchala sug‘orish usulini bir-biridan farqini bilgan holda yerlarning holatini (issiqlik, tuz tartibotini va h.k.) o‘simliklar xiliga va har qaysi iqlimiy sharoitni hisobga olib, suv berish normasiga qattiq e’tibor bergan holda olib borish lozim.
Sug‘orish usullari: asosan ekinlarning turiga, mexanizatsiya, ag¬ro¬texnika sharoiti, sug‘oriladigan yerlarning relyefi, nishabi, sug‘o¬ri¬la¬digan tuproqning xususiyatiga (tuproq nam yig‘imi, uning suv o‘t¬kazuvchanligi va tarkibiy qismiga) qarab, A.N.Kostyakov mavsu¬miy sug‘orish va bir galgi sug‘orish usullarining klassifi¬katsiyasini yaratdi.
Endi har bir sug‘orish usulini bir-biridan har qaysi iqlimiy sharoitda farqini biladigan bo‘lak, bu sug‘orish usullari o‘zlarining tabiatdagi tutgan o‘rniga qarab yana bir nechta turlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |