Tuproq melioratsiyasi va gidrologiyasi


Tuproq ostidan uzluksiz sug‘orishni boshqa tip sug‘orish usuliga nisbatan bir necha kamchiliklari mavjud


Download 4.87 Mb.
bet14/16
Sana19.09.2023
Hajmi4.87 Mb.
#1681420
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4-мавзу — (2)

Tuproq ostidan uzluksiz sug‘orishni boshqa tip sug‘orish usuliga nisbatan bir necha kamchiliklari mavjud:

Tuproq ostidan uzluksiz sug‘orishni boshqa tip sug‘orish usuliga nisbatan bir necha kamchiliklari mavjud:

  • Bu tizimni qurish juda murakkab bo‘lib, u qimmatga tushadi.
  • Suv tuproq osti qatlamlariga o‘tib isroflanadi va tuproq suv qatlami hosil qilishi mumkin.
  • Quvur ichida doimo vakuum hosil qilib turishga to‘g‘ri keladi. Bun¬dan tashqari yana tuproq ostidan sug‘orishning yarim yopiq, va 0 yopiq tizimlari mavjud.
  • Yarim yopiq tizimda kanal ochiq usulda quriladi va namlatgich trubalar tuproq bilan yopiladi.

    Yopiq holdagi sug‘orish tizimsining hamma sug‘orib va boshqarib turish shaxobchalari yopiq (berk) trubalardan iboratdir.

    Hozirgi kunda yopiq sug‘orish tizimida berkitiladigan trubalar yordamida sug‘orish keng qo‘llanilmoqda.


Suv keltiradigan va bo‘luvchi trubalar tuproq ostidan sug‘orish tizimida oddiy alebastr va sementlardan yasalib, tuproqning 0,3-0,6 m chuqurligida ko‘miladi. Namlatgich trubalar esa 0,45-0,50 sm chuqurlikka ko‘milib, ularning oralig‘i 1,25-1,30 m dan 2,0-2,5 m masofada yotqiziladi. Namlatgich trubalar polietilen yoki sopol quvurlardan iborat bo‘lib uning uzunligi 150-250 m masofagacha o‘rnatiladi.
Yarim ochiq (a) va yopiq (b) trubalarni birlashtiruvchi tuproq ichidagi sug‘orish sxemasi
Tomchilatib sug‘orish sxemasi
1, 2-suv tuzori va napor hosil qiluvchi qurilma. 3-bosh bo‘lgich, 4-filtr, 5-suv o‘lchagich, 6-manometr, 7-kanallarni birlashtiruvchi qurilma, 8-o‘g‘it tarqatgich va suv berish qurilmasi, 9-magistral quvur, 10-bo‘luvchi quvur, 11-masofali boshqarish qurilmasi, 12-suv berish quvuri, 13-tomchilatgich, 14-suv berish o‘lchagichi, 15-boshqarish pulti (V.K.Tubin va V.B.Gordeevlar qurilmasi bo‘yicha).

G‘o‘zani sug‘orish tartiboti


Tuproqning suv xossalari fizik nuqtayi nazardan tuproq tarkibida suv turli holatlarda uchraydi. Masalan, bog‘langan holatdagi suvga kimyoviy bog‘langan suv, pardasimon suv va bug‘simon suvlar mansubdir, bu suvlardan o‘simliklar foydalana olmaydi. Erkin suvlar esa tuproqning yirik g‘ovaklarida bo‘ladi. Undan o‘simliklar yaxshi foydalanadi. Suv o‘zining og‘irlik kuchi ta’sirida yuqoridan pastga tomon tuproqning suv o‘tkazmaydigan qatlamiga yetguncha harakatlanadi. Tuproqning eng mayda sochsimon g‘ovaklaridagi suvni kapillyar suv deb ataladi, u tuproqdagi suvni asosiy qismini tashkil etib, o‘simlik, asosan ana shunday holatdagi suvni oladi.
Sizot suvlari chuqur joylashgan yerlarda muallaq holatdagi suvning eng ko‘p miqdoriga tuproqning kam namlangan sig‘imi to‘g‘ri keladi. Sizot suvlari uncha chuqur bo‘lmagan yerlarda esa (2-3 m) ular cheklangan dalani nam sig‘imiga mos keladi

Download 4.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling