Tuproq melioratsiyasi va gidrologiyasi


Tuproqqa suv berish usuliga qarab, tuproqni ostidan sug‘orish tizimi uchga bo‘linadi: 1. Bosimli tizim; 2. Bosimsiz (oqma) tizim; 3. Vakuumli tizim (V.G.Korev tizimi ham deb yuritiladi)


Download 4.87 Mb.
bet13/16
Sana19.09.2023
Hajmi4.87 Mb.
#1681420
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4-мавзу — (2)

Tuproqqa suv berish usuliga qarab, tuproqni ostidan sug‘orish tizimi uchga bo‘linadi: 1. Bosimli tizim; 2. Bosimsiz (oqma) tizim; 3. Vakuumli tizim (V.G.Korev tizimi ham deb yuritiladi).

Tuproqqa suv berish usuliga qarab, tuproqni ostidan sug‘orish tizimi uchga bo‘linadi: 1. Bosimli tizim; 2. Bosimsiz (oqma) tizim; 3. Vakuumli tizim (V.G.Korev tizimi ham deb yuritiladi).

1. Bosimli tizim bosh quvur, sug‘orish quvurlari va quvur-zovurdan iboratdir.

Bosh quvurlar kalta-kalta (uzunliga 75,0 sm, diametri 10-12,5 sm) sirlangan sopol quvurlardan tuziladi.

Sug‘orish quvurlari ham kalta-kalta (uzunligi 30-40 sm, diametri 5-6 sm) sopol chuqurlardan tuziladi va qator oraliqlarini 1,75-2,0 m dan qilib, 40-50 sm chuqurlikda yotqiziladi. Sug‘orish quvurlari esa bosh quvurga ulanadi. Quvurning bir-biriga ulangan joylari sement qorishmasi bilan suvab qo‘yiladi. Quvurlar g‘ovak bo‘lmasa, quvurning tutashgan joylarida suv o‘tadigan tirqishlar qoldiriladi. Quvurdagi suv bosimini rostlash maqsadida uning nishabligi 0,0025-0,0040 da yotqiziladi va quvur boshida uning uzunligi bo‘ylab har 30-120 m masofada jo‘mraklar o‘rnatiladi.


A-A qirqimi
Tuproq ichidan sug‘orish usuli:
1. Bosh quvur. 2. Biriktirish qurilmasi. 3. Quvurning choklari (suv shu choklar orqali tuproqqa shimiladi). 4. Sopol quvurlar.
Sug‘orish quvurlarining etak uchlari quvur-zovurga tutash-tiriladi. Quvur-zovurlar diametri 150-200 mm li asbest-sement quvurlaridan iborat bo‘ladi.
Agarda tuproq o‘ta namiqib qolgan bo‘lsa, tarmoq ichidagi suv quvur-zovurlarga tushirib yuborilishi mumkin. Bundan tashqari quvur-zovurlardan zax qochirish maqsadida ham foydalanish mumkin. Qish faslida esa tarmoqdagi suvni chiqarib yuborishda ham quvur-zovurlardan foydalaniladi.
2. Bosimsiz (oqma) tizim. Bu tizimda suv katta quvurlardan namiqtirish (sug‘orish) g‘ovak quvurlariga o‘z-o‘zidan oqib kiradi. Namiqtirish quvuri etak uchlari doimo ochiq turadi. Bu quvurlarga quyiladigan suvning miqdori tuproqning normal namiqishi uchun zarur bo‘lgan va tuproqning to‘la so‘ra olishi mumkin bo‘lgan miqdoriga teng bo‘ladi. Quvur bo‘ylab o‘z-o‘zidan oqayotgan suv borgan sari shimilib kamayaveradi.
Katta quvurlar bir-biridan 200-400 m masofada yotqiziladi. Katta quvurlar ulanadigan sug‘orish quvurlari o‘zaro parallel holda bir-biridan 1,2 m masofada yotqiziladi. Ularning uzunligi 100-200 m bo‘ladi (chunki katta quvurlar ikki tomonga suv beradigan qilib quriladi).
3. Vakuumli tizim. Bu tizim juda g‘ovak holdagi (mayda teshikli) quvurlardan iborat. Bu quvurlar 40-50 sm chuqurlikda, 0,002-0,003 nishablikda yotqiziladi va ulanish joylari (uchlari) suv o‘tmaydigan qilib berkitilib qo‘yiladi.
Tuproqning suv shimuvchanligi uchun barcha quvur qatorlar oralig‘i 1,72-2,0 m dan bo‘ladi. Yotqizilgan quvurlar ustiga alebastr va gipsdan tayyorlangan qorilma quyiladi, chunki bu qorishma quvur ustida g‘ovak, suv o‘tkazadigan qatlam hosil qiladi. Quvur¬ning bosh qismi esa suv keltirish kanaliga o‘rnatiladi. Suv keltirish kanalidagi suvning sathi quvurdan, suv sathidan past bo‘ladi.
Tuproq ostidan vakuumli sug‘orish tizimining sxemasi

Download 4.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling