Tuproq rejimlari va ularni boshqarish. Reja. Tuproqdagi suvlarning turlari
Download 40.76 Kb.
|
TUPROQ REJIMLARI VA ULARNI BOSHQARISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’simliklar Harorat, C o
- Tuproqning issiqlik (termik) rejimining tiplari.
2-jadval
Urug’larning unib chiqishi va o’simliklar hayoti uchun zarur muayyan havo harorati
Dehqonchilikda har bir zonaning tuproq-iqlim sharoitiga qarab issiqlik rejimini boshqarish tuproq unumdorligini oshirishda va ekinlardan mo’l hosil olishda muhim tadbir hisoblanadi. Tuproqning issiqlik rejimini yaxshilashga qaratilgan tadbirlardan biri organik o’g’itlardan yetarli miqdorda samarali foydalanishdir. Yerni sovuq tushmasdan oldin chuqur va sifatli shudgorlash tuproqning issiqlik rejimini yaxshilashda ijobiy natija beradi. Sizot suvlari yuza joylashgan yerlarda ularning sathini pasaytirish tuproq issiqlik rejimini yaxshilanishiga yordam beradi. Tuproq haroratini oshirish maqsadida olimlar ilmiy jihatdan asoslangan tadbirlarni tavsiya qilmoqdalar. Shulardan biri urug’ ekilgandan keyin yerlarni mulchalashdir. Mulcha sifatida polietilen plenka, chirigan go’ng, ko’mir kukini, yog’och qirindisi va boshqalardan foydalaniladi. Umuman olganda, tuproqning issiqlik rejimi suv va havo rejimi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, oziq rejimiga kuchli tasir etadi. Tuproqning issiqlik (termik) rejimining tiplari.Tuproqqa issiqlikning kelishi, singdirilish va tarqalish jarayonlaridan iborat bо‘lgan hodisalarning umumiy yig‘indisigatTuproqning issiqlik (termik) rejimi deyladi. О‘rtacha yillik haroart va tuproqning muzlash xarakteriga kо‘ra V.N. Dimo (1972) tuproq balansining quyidagi: muzloq, uzoq mavsumiy muzlaydigan, mavsumiy muzlaydigan, muzlamaydigan tiplarini ajratdi. Muzloq tipdagi issiqlik rejimi tuproq profili qatlamlarining о‘rtacha yillik xarorati manfiy bо‘lgili bо‘lgan (qutubiy Yevro Osiyo va Sharqiy Sibr) tumanlari uchun xarakterli. Bu yerlardagi tuproqlarda sovish jarayoni kо‘proq bо‘ladi. Kо‘p yillik muzlik qatlami ustida tuproqdagi suvning muzlashirо‘y beradi. Uzoq mavsumiy muzlaydigan tip – tuproq proyfilining о‘rtacha yillik xarorati kо‘proq musbat bо‘ladigan xududlarda rо‘y beradi. Manfiy xarorat 1 m chuqurlikkacha borib yetadi.muzlash davrining davomiyligi 5 oydan kam yemas. Muzlamaydigan tip- tuproq profilining muzlamaydigan va kuchli sovimaydigan joylariga xos. Bularga Janubiy Yevropa fatsiyasi va subtropik mintaqadagi viloyatlar kiradi. Tuproqning issiqlik rejimlari A.P.Vaykov, A.F.Chudnovskiy, M.I.Budiko, A.M.Shulgin, V.N.Dimo, О‘zbekistonda I.T.Turopov va uning shogirdlari tomonidan о‘rganilgan. Respublikamizda tuproqning issiqlik holati tog‘, tekislik va chо‘l mintaqalarida turlicha bо‘lib, madaniy о‘simliklarni rivojlanishi uchun yetarlidir. Dehqonchilikda, paxtachilik va sabzavotchilikda erta bahorda tuproqdagi harorati va namlikni optimal rejimda saqlash uchun shaffof polimer plyonkalardan foydalanib urug‘lar ekiladi. Download 40.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling