Tuproq rejimlari va ularni boshqarish. Reja. Tuproqdagi suvlarning turlari. Tuproqning suv rejimlari


Download 120.5 Kb.
bet8/10
Sana23.09.2023
Hajmi120.5 Kb.
#1685549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
tuproq rejimlari va ularni boshqarish

Tuproqning issiqlik rejimi.Tuproq harorati о‘simliklar о‘sib rivojlanishining eng muxim omillaridan biri hisoblanadi. Tuproqning issiqlik rejimi, bu yerda kechadigan biologik va kimyoviyjarayonlarga ham bevosita ta’sir etadi. Tuproqda ma’lum xarorat bо‘lgandagina о‘simliklar yaxshi rivojlanib,mikroorganizimlar faoliyati aktivlashadi.
Tuproq yuzasiga tushadigan quyosh radiatsiyasining bir qismi, tuproqni qizdirish uchun sarflanib, boshqa bir qismi yana nurlanib atmosferaga qaytadi.tuproqqa tushadigan va qaytadigan quyosh nurining issiqlik miqdori doim о‘zgarib turadi. Quyosh nurining issiqlik miqdori sutka va mavsum davomida tuproqqa tushayotgan quyosh radiatsiyasiga hamda kо‘p xollarda tuproqning xossalariga bog‘liq. Turli tuproqlar har xil darajada isib sovush xususiyatiga yani issiqlik rejimiga ega. Tuproqning issiqlik holati uning genetik qailamlaridagi haroratning kо‘rsatkichlari bilan xakterlanadi.
Tuproq yuzasiga issiqlikning tushishi tuproq qatlamlariga о‘tishi, tо‘planishi va qaytishi kabi xodisalar yig‘indisiga tuproqning issiqlik rejimi deyiladi.
Tuproqning issiqlik rejimi uning suv rejimi bilan birga tuproqda kechadigan jarayonlar yig‘indisini belgilaydi.
Harorat tuprqda kechadigan kimyoviy, fizik- kimyoviy,biokimyoviy va biologik jarayonlarning borishi hamda intensivligini muhim omili hisoblanadi. Tuproqdagi turli birikmalarning erishi va chо‘kma tushishi, shuningdek mikroorganizmlar va tuproq faunasining hayot faoliyati tuproq issiqligiga bog‘liq.
Turli tuproqlarning issiqlik rejimlari A.P Vaykov, A.F. Chundovskiy, M.I Budiko, A.M Shulgin, V.M. Dimo, О‘zbekistonda I. Turapov vaboshqalar tomonidan ancha batafsil о‘rganilgan.
Qishloq xо‘jaligi ekinlarining urug‘larining unib chiqishi, ildizlarning rivojlanishi,ulardagi alohida stadiyalirning о‘tishi, fotosintez jadalligi singarilarga bevosita bog‘liq bо‘lgan о‘simlik xosildorligi tuproqning issiqlik sharoitiga bog‘liq. Tuproqda issiqlik yetarli bо‘lmaganda о‘smiliklar xosili pasayib hatto nobud bо‘ldi. Shuning uchun tuproqning issiqlik rejimining shakillanish qonunlarini va uni boshqarish tadbirlarini yaxshi bilish muhim ahamyatga ega.



Download 120.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling