Tuproq rejimlari va ularni boshqarish. Reja. Tuproqdagi suvlarning turlari. Tuproqning suv rejimlari


Download 120.5 Kb.
bet4/10
Sana23.09.2023
Hajmi120.5 Kb.
#1685549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
tuproq rejimlari va ularni boshqarish

7.Qattiq suv - (Muz). Harorat 0o dan past bо‘lganda suyuq holdagi nam qattiq holga о‘tadi, ammo yirik kovakliklarda suv 0o ga yaqin nozik yо‘llarda esa ancha pastroq haroratda suv muzlaydi. Juda past haroratda mustahkam birikkan suv ham muzlaydi. Qattiq suvdan о‘simlik foydalana olmaydi.
Tuproqning suv rejimi deb unga suvning kelib tushishi, harakatlanishi va yo’qotilishiga aytiladi. Tuproqdagi namlikning manbai yog’in, sizot va sug’orish suvlari hisoblanadi. Ushbu manbalar turli hududlarda bir xilda bo’lmaganligi sababli dehqonchilik sug’oriladigan va sug’orilmaydigan dehqonchilikka bo’linadi.
Tuproqqa kelib tushadigan atmosfera yong’inlari miqdori bilan tuproqdan parlanadigan namlik miqdori o’rtasidagi nisbatga ko’ra uch xil namlanish zonasi va shunga mos ravishda uch tipdagi suv rejimi mavjud:



  1. Kuchli namlanish zonasi. Ushbu xududda tuproqqa kelib tushadigan yog’in miqdori undan parlanadigan namlik miqdoridan bir necha barobar ko’p bo’ladi. Natijada tuproqda ortiqcha namlik to’planada.

  2. Barqaror namlanish zonasi. Bunday zonada yog’in va parlanadigan namlik miqdori deyarli teng bo’ladi.

  3. Yetarli namlanmaydigan zona. Bu zonada yog’in parlanishga nisbatan bir necha barobar kam miqdorda yog’adi. Natijada tuproqda suv yetishmaslik xolatlari kuzatiladi.

Kuchli namlanish zonasida dehqonchilikdagi asosiy vazifa ortiqcha suv miqdorini yo’qotishdan iborat. Buning uchun bir qator meliorativ va agrotexnikaviy tadbirlarni (zovur qazish, yerni to’g’ri haydash va h.k) amalga oshirish zarur.
Barqaror namlanish vayetarli namlanmaydigan zonalarda tuproqda yetarli darajada nam to’plash, uning foydasiz sarflanishi, quyi qatlamlarga sizib ketishining oldini olish uchun bevosita omillar orqali tasir etish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, sug’orish, ixotazorlar barpo qilish, organik o’g’itlar qo’llash, yerga ishlov berishni tabaqalashtirish, tuproqning fizik-kimyoviy xossalarini yaxshilash, mulchalash, almashlab ekishni to’g’ri tashkil qilish lozim.

Download 120.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling