Tuproqda suv quyidagi fizik holatda bo‘ladi: bug‘simon, gigroskopik, maksimal parda, kapillyar, gravitatsion. Bug‘simon suv o‘simlik uchun foydasiz, u suyuq gigroskopik holatga o‘tgandan so‘ng singadi
Tuproqdagi mikrobiologik jarayonlar
Download 36.45 Kb.
|
Тупрокда сув куйидаги физик ҳолатда бўлади
Tuproqdagi mikrobiologik jarayonlar.
Tuproqni samarali unumdorligini asosini uning tarkibidagi chirindilar tashkil etadi. Tuproqdagi chirindilar, birinchidan o‘simliklar uchun juda qimmatbaho oziq-ovqat zahirasi hisoblansa, ikkinchidan tuproq tarkibini yaxshilaydi. Tuproq tarkibidagi chirindi murakkab organik birikma bo‘lib, (S.N,O) xamda tuproq turiga qarab turli miqdorda azot, kalsiy, kaliy va fosfor kabi mineral moddalarni saqlaydi. Tuproqdagi chirindi miqdori har xil bo‘ladi. Masalan qora tuproqlarda 7-12 %, bo‘z tuproqli yerlarda 1-3 %, cho‘l, taqir va och bo‘z tuproqlarda 0,3-0,8 % gacha bo‘ladi. Chirindi tarkibida maxsus organik birikmalar bo‘lib uni o‘simlik o‘zlashtira olmaydi, uni maxsus bir qator bakteriyalar mineral holga keltirib bergach o‘simlik o‘zlashtiradi. Har xil o‘simlik qoldiqlarini va chiqindilarni tarkibida oqsil moddalar bo‘lib, uni chirituvchi bakteriyalar parchalaydi, natijada NH3 xosil bo‘ladi. Bu jarayonni borishida chirituvchi bakteriyalardan tashqari zamburuglar, aktinomisitlar ham aktiv qatnashadi. Tuproqdagi ana shunday beminnat xizmatchilarni hayot faoliyati esa zamonaviy texnikadan oqilona foydalanib, agrotexnika qoidalariga rioya qilinishiga bogliq. Agar tuproq sifatsiz ishlansa unda kislorod miqdori kamayadi. Natijada mikroorganizmlarni faoliyati susayadi. Ayniqsa tuproq zichligi va uni reaksiyasi neytral bo‘lmasligi xam ta’sir etadi. Masalan, tuproq zichligi och bo‘z tuproqlarda 1,1-1,3 g/sm3 va og‘ir o‘tlok tuproqlarda 1,0-1,2 g/sm3 bulsa mikroorganizmlar va o‘simliklar yaxshi rivojlanadi. Tuproqda o‘simlik bilan mikroorganizmlar va mikroblar to‘qnashib o‘zaro har xil munosabatda bo‘ladilar. Simbioz hamkorlikda yashash: meto bioz bir-birini maxsulotidan foydalanish: antoganizm qarshi munosabatda bo‘lish: parazitizm-tekinxo‘r boshqalar hisobiga yashash kabi shakllarda uchraydi. Ma’lumotlarga ko‘ra 1 gektar yerda 8-15 tonna bog‘langan azot bo‘lsa, shu joyning yer ustidagi atmosferasida 80 ming tonnaga yaqin azot miqdori (tuproq tarkibidagiga nisbatan bir necha ming marotaba) ko‘p ekan. Mo‘l xosil yetishtirish uchun o‘simliklar har bir gektar yerdan 100-200 kg azot olishi mumkin. Agar atmosferadagi azot bir tomonlama o‘zlashtirilsa xam yarim million yilga yetadi. Ana shu sof azot o‘zlashtiruvchi mikroorganizmlar o‘simlik ildizida bo‘lib ularni "tuganak" bakteriyalar deb ataladi. Bu bakteriyalarni birinchi bo‘lib 1888 - yilda Beyernik degan olim tomonidan topilgan. Tuganak bakteriyalar 1 yilda bir gektar maydonda 400 kg gacha sof azot to‘plasa, tuproqda erkin yashovchi azotobakteriyalar 15-35 kg azot to‘playdi. Ma’lumki, barcha organizmlar tarkibida oqsil moddalari mavjuddir. Oqsilni tuproqda parchalanishi "ammonifikasiya" jarayoni deb ataladi. Keyingi jarayonlarda nitrat va nitrit tuzlari hosil bo‘lishi mikroblar ishtirokida sodir bo‘ladi. Bunga "nitrifikasiya" jarayoni deb ataladi. Buni birinchi bo‘lib rus olimi S.N.Vinogradskiy isbotlagan. U nitrifikasiya jarayoni ikki boskichdan iborat ekanligini (nitrit va nitrat) hosil bo‘lishini isbotlangan. Tuproqda NH3 oksidlanib H2NO3, so‘ng nitrat kislotaga aylanishida molekulyar kislorod katta ahamiyatga egadir. Agar tuproq xavosida 6% kislorod bo‘lsa, tuproqda NH3ni oksidlanishi natijasida 199 milligramm HNO3, agar bu ko‘rsatkich 21% bo‘lsa 1 kg tuproqda 225 mg nitrat xosil bo‘ladi. Demak, xavo tarkibidagi kislorod o‘simlik ildiziga kirib tuproq mikroflorasini xayot faoliyatini yaxshilabgina qolmay nitrat kislota xosil bo‘lishida katta axamiyat kasb etadi. Download 36.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling