Tuproqlarning element tarkibi


Bo’z va qora tuproqlarda gumus hamda temir elementining tarqalishi (%)


Download 94.49 Kb.
bet3/5
Sana03.12.2023
Hajmi94.49 Kb.
#1798824
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tuproqdagi kimyoviy elementlar, ularning birikmalari va o‘simliklarga o‘tishi

Bo’z va qora tuproqlarda gumus hamda temir elementining tarqalishi (%)

Bo’z tuproqlar







Qora tuproqlar







Sug’oriladigan tipik




To’q tusli







Tipik




Chuqurlik, sm

Gumus

Fe203

Chuqurlik, sm

gumus

Fe203

Chuqurlik, sm

gumus

Fe203

0-30

1,18

5,40

0-7

3,15

6,05

0-29

4,3

4,18

65-95

0,57

5,55

35-55

0,84

6,53

70-80

1,8

4,90

30-48

0,92

5,45

13-23

1,47

6,07

40-50

4,2

4,25

165-210

0.28

5,85

220-240

0,32

6,50

190-200

-

4,62

Tuproqlarning element tarkibi va potensiyal unumdorlik


Organik uglerod va azotni yuqori darajadagi ko’rsatkichlari tuproqlarning unumdorligidan dalolat beradi. Buning aksincha xlor yoki oltingugurt, natriy kabi elementlarning ko’pligi ularni nisbatan unumsizligini bildiradi. Bular odatda o’simlikka salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, o’simlik tuproqdagi mavjud elementlarni hamma vaqt ham olmaydi. Buning sabablaridan biri shu elementni qanday shaklda ekanligi.
Tuproqlarning unumdorlik masalasiga diqqat bilan qaramoq kerak. Chunki unumsiz tuproq bo’lmaydi, u tog’ jinsi bo’ladi. Tuproqning asosiy xossalaridan biri ham uning unumdorligi. Tuproqda ayrim elementlarni (xlor, oltingugurt, natriy) ko’pligi aniq bir o’simlik turi uchun unumsiz bo’lishi mumkin, lekin buning aksincha, ba’zi boshqa o’simlik turlari uchun (sho’ra uchun) aynan shu tuproq unumdor bo’lishi mumkin.
Demak tuproqni unumdor yoki unumsiz deyish nisbiy tushuncha bo’lib, bu o’sayotgan o’simlik turiga ham bog’liq bo’lib, ya’ni bir xil o’simliklar uchun unumdorligi yuqori bo’lgan tuproq, boshqalari uchun unumdorligi past yoki umuman ko’rinmasligi mumkin.
Minerallarning kristallik panjarasiga kirgan elementlarni, organik moddalarni
va gumus tarkibidagi elementlarni o’simliklar o’zlashtira olmaydi. Lekin minerallar nurashi natijasida, gumus va boshqa organik moddalar mineralizatsiyaga uchraganidan keyin hosil bo’lgan mahsulotlardan o’simliklar o’zlariga kerak elementlarni olishi mumkin. Shunga qaramasdan elementlarning yalpi miqdori u tuproqdagi zahira bo’lib o’simliklarni ozuqa moddasi bilan potensial ta’minlab turishi mumkin. Bunda yagona shart shu moddani (chirindi, minerallar, tog’ jinslari) parchalanish davrlari hisoblanadi.
Agar biz tipik qora tuproq uchun azot, fosfor va kaliyni potensial miqdorini (zahirasini) hisoblab chiqsak u holda faqat 0-20 sm li qatlamda bir gektar maydon uchun azotning zahirasi 6-11 tonnani tashkil qiladi. Bug’doy hosildorligi 20 ga/S bo’lsa, uning uchun azot miqdori 60-100 yilga yetadi degan xulosa kelib chiqadi.
Xuddi shunday hollarni fosfor va kaliy uchun ham ko’rshimiz mumkin.
Aynan shunga yaqin ma’lumotlar X.M.Abduqodirovning (1974) to’q tusli bo’z tuproqlar ustida olib borgan ishlarida ham, ya’ni 15 ga/s bug’doy olinganda NPK zahiralari 100 yil va undan ko’pga yetishi mumkin. Bo’z tuproqlarda gumus zahirasi 30-50, azot 3,1-4,7, fosfor 7-8,6, kaliy 180-200 t/ga ni tashkil qiladi.
Ammo shuni e’tiborga olish kerakki, yalpi ko’rsatkichdagi ozuqa elementi yoki boshqa bir element hech qachon o’simlik tomonidan to’la-to’kis o’zlashtira olinmaydi va bu mumkin ham emas. Agar nazariy jihatdan bu ishni mumkin deydigan bo’lsak, u holda tuproq qandaydir moddalar, oksidlar va elementlar to’plamidan iborat bo’lib qolardi. Bundan kelib chiqadiki, haydaladigan yerlar ozuqa elementlariga foydalana olish muvozanatini saqlab turish kerak. Bu ishni amalga oshirishda kimyoviy analiz uslublarini tanlash va amalga oshirish katta ahamiyat kasb yetadi.

3-jadval Qora tuproqlarda NPK zahiralari



Elementlar

Zahira t.ga

Yillik olib chiqish, kg.ga

Potensial ta’minlanish kg.ga

Azot

6-11

105

60-105

Fosfor

1,6-4,5

18

85-250

Kaliy

40-60

75

580-870

Azot

12-18

105

115-170

Fosfor

3,5-10,5

18

195-580

Kaliy

90-150

75

1200-2000

Tuproqning element analizi murakkab analitik ishlardan bo’lib, bu maxsus asbob va malaka talab qiladi. Bu analiz vaqtida elementlarning o’zaro ta’siri davridagi salbiy jarayonlarni hisobga olish zarur. Odatda tuproqda va uni granulometrik fraksiyalarida elementlar bir necha foiz oraliqlarda bo’ladi. Shuning uchun kimyoviy analizda konsentratsiyalash, cho’ktirish kabi usullar ko’p qo’llaniladi. Tuproqning element analizi undagi minerallarni identifikatsiyalash uchun ham qo’shimcha diagnostik belgi rolini o’ynaydi.

Download 94.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling