Tuproqni himoyalovchi o`rmon


Download 105.27 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi105.27 Kb.
#1578655
Bog'liq
Tuproqni himoyalovchi o`rmon


Tuproqni himoyalovchi o`rmon
Oʻrmon — bir-biriga va oʻsish sharoitiga taʼsir etuvchi va geografik landshaft elementini hosil qiluvchi daraxtsimon oʻsimliklar majmui; Yer oʻsimlik qoplamining asosiy tiplaridan biri, biosferaning tarkibiy va juda muhim qismi. Oʻsimliklarning koʻpgina hayotiy shakllaridan iborat boʻlib, bular orasida daraxt va butalar asosiy, oʻtlar, butachalar, yoʻsinlar, lishayniklar va h.k. ikkinchi darajali rolʼ oʻynaydi. Oʻrmon Antarktidadan tashqari hamma qitʼalarda oʻsadi, Yer sxaridagi quruqlikning 30% ni ishgʻol qiladi. Yerning oʻrmonli maydoni 4 milliardga maydonni egallaydi (Oʻzbekistonda 8,5 millionga ni tashkil etadi, 2004).
Oʻsish sharoitiga qarab, koʻpchilik daraxt turlari qimmatli oʻrmon formatsiyasi (mas, qaragʻayli oʻrmon, kedrli oʻrmon, oqqaragʻayli oʻrmon, tilogʻochli oʻrmon va h.k.)ni hosil etadi. Oʻrta Osiyoda archazor oʻrmonlar koʻp.
Oʻrmonlar turli zonalarda togʻ va daryo qayirlarida ham tarqalgan. Oʻrmonning tur tarkibi, muhim oʻsimliklarning biologik xususiyatlari, yoshi va maʼlum tabiiygeografik sharoitiga qarab oʻsimliklarning bir nechta pogonasi rivojlanadi. Moʻtadil mintaqa oʻrmonlari tarkibi boʻyicha: birinchi kattalikdagi daraxtlar va oʻrmon hosil qiluvchi dovdaraxtlar (qaragʻay, qoraqaragʻay, tilogʻoch, eman, shumtol)dan iborat 1pogʻona, ikkinchi kattalikdagi daraxtlar (oqqaragʻay, qoraqayin, lipa, zarang va boshqalar)dan iborat 2pogʻona, butalar (oʻrmon yongʻogʻi, itjumrut, normushk va boshqalar)dan iborat 3pogʻona hamda oʻtbutachali va yoʻsinlishaynikli qoplamadan iborat 4—5 (quyi) pogʻonalar boʻladi. Oʻrmonda baʼzan, pogʻonalarga kirmaydigan chirmashuvchi va ilashuvchi oʻsimliklar ham uchraydi.Oʻrmon tabiiy (urugʻidan, vegetativ, bachkisidan) hamda sunʼiy (urugʻ yoki koʻchat ekib) yoʻl bilan tiklanadi. Tabiiy oʻrmonlar asosiy maydonni egallaydi. Oʻrmon tarkibi va rivojlanishiga koʻra bir qancha tiplarga ajratiladi. Har bir tip muayyan bir turdagi daraxtlar, butalar, shuningdek, oʻtlar, butachalar, yoʻsin va lishayniklardan iborat
210-guruh talabasi Mamatqulov Shohrux


Download 105.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling