Tuproqning havo va issiqlik rejimlari hamda ularni boshqarish usullari
Download 31.45 Kb.
|
5 6 МАВЗУ TUPROQNING HAVO VA ISSIQLIK REJIMLARI HAMDA ULARNI BOSHQARISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Urug’larning unib chiqishi va maysalar paydo bo’lishi uchun zarur bo’lgan minimal harorat
3. Tuproqdagi issiqlik manbalari. O’simliklar urug’larining unib chiqishi, o’sishi va rivojlanishida issiqlikka bo’lgan talab to’g’ri sida ta’rif beradi va mazmunini tushuntiradi;
O’simliklarning urug’idan unib chiqishi, normal o’sib rivojlanishi va tuproqdagi turli mikroorganizmlarning hayoti bevosita tuproqdagi issiqlikka bog’liq. 3-jadval Urug’larning unib chiqishi va maysalar paydo bo’lishi uchun zarur bo’lgan minimal harorat.
Har bir o’simlik urug’ining unib chiqishi uchun zarur harorat, yani minimal harorat bilan o’rtacha sutkalik harorat orasidagi farq, foydali (effektiv) harorat deyiladi (4-jadval). 4-jadval
va boshqalar malumoti)
O’simliklar turiga qarab, harorat sharoitiga turlicha munosobatda bo’ladi. Masalan, ulardan bazilari yuqori haroratda (g’o’za, suli, makkajo’xori va boshqalar) normal o’sib rivojlansa, boshqalari (bahorgi don ekinlari) nisbatan pastroq haroratni talab etadi. Kuzgi don ekinlari qishni yengil o’tkazadi, bahorgilari esa qishki past haroratda nobud bo’ladi. O’simliklar issiqlikka bo’lgan talablariga ko’ra ikki guruhga bo’linadi. 1.Mo’tadil iqlim poyasida o’sadigan o’simliklar; 2.Janubiy kengliklarda o’sadigan o’simliklar. Birinchi guruhga mansub o’simliklar: arpa, suli, bug’doy, javdar, ko’k nuxat, beda va boshqalarning urug’i o’rtacha temperatura 1-50 bo’lganda o’nib chiqadi, 10-120 da gullaydi va yetiladi. Bu o’simliklar sovuqqa chidamli bo’lib, maysasi 5-100da ham hayot faoliyatini davom ettiraveradi. Shuning uchun bu o’simliklarning urug’i erta bahorda-fevralning oxiri va martning boshlarida ekiladi. Kuzgi ekinlar sovuqqa ancha chidamli bo’ladi. Masalan -400 ga, qor bo’lmaganda esa -300 sovuqqa chidaydi. Ikkinchi guruhga issiqsevar o’simliklar: g’o’za, makkajo’xori, okjo’xori, sholi, qovun, tarvuz va boshqalar kiradi. Ularning urug’i 10-120 da unib chiqadi, 15-200 da gullaydi. Shunga ko’ra, ularning urug’i kech martning oxiri va aprelning boshlarida ekiladi bu o’simliklar orasida g’o’za o’ta issiqsevarligi bilan ajralib turadi, maysasi 160 da yer betiga chiqadi. Uning normal o’sishi va rivojlanishi uchun temperatura 25-300 dan past bo’lmasligi shart, aks holda g’o’zaning rivojlanishi susayadi. Chigitning o’nib chiqishi uchun 840, g’o’za shonalashi uchun 4000, gullashi uchun 4150, ko’saklar ochilishi uchun 6600, jami 15600 foydali temperatura zarur. Kechpishar g’o’za navlarining vegetasiya davri 150-160 kun, chigit unib chiqishi uchun 840, g’o’za shonalashi uchun 4150, gullashi uchun 7000, ko’saklar ochilishi uchun 720-8000, jami 1770-20000 foydali harorat kerak. 5-jadval
Download 31.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling