Tuproqning sistematikasi diagnostikasi nomenklaturasi va tasnifi


TUPROQLAR DIAGNOSTIKASI TAMOYILLARI


Download 36.48 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi36.48 Kb.
#1614050
1   2   3   4
Bog'liq
TUPROQ SISTEMATIKASI

2.2 TUPROQLAR DIAGNOSTIKASI TAMOYILLARI
Tuproqlar diagnostikasi deganda, ularni aniq qoidalarga muvofiq sistemakikada tutgan o’rnini aniqlash maqsadida yozib olish jarayoni tushuniladi.
Bizning mamlakatimizda diagnostika asosida qo’yidagi tamoyillar yotadi: 1) profil uslubi, 2) komleks yondashish, 3) jug’rofik taqqoslash tahlili, 4) genetik tamoyil.
Tuproqlarni diagnostikasida profil uslubi V.V.Dokuchaev tomonidan taklif etilgan bo’lib, u har qanday tuproq bir-biri bilan bog’liq bo’lgan 3 ta genetik gorizontlar AVS dan tashkil etilganligini ko’rsatadi. Bu uslubning asosiy mohiyati shundaki, tuproq profili – bu tasodifiy gorizontlarning arifmetik yig’indisi emas, balki bir-biri bilan bog’langan, biri ikkinchisini keltirib chiqaruvchi genetik gorizontlarning yagona kompleksidir. Har qanday tuproqning to’la tadqiqoti uchun uning yuqori qatlamlaridan boshlab, to ona jinsigacha bo’lgan gorizontlarni o’rganib, yozib olish zarur. Tuproq xossalarining profil bo’yicha o’zgarishi, uning kelib chiqishi va xossalarining yagona tabiiy tanaga mansubligini ko’rsatib beradi.
Tuproq diagnostikasi kompleks yondoshishning ma‘nosi shundaki, tuproq paydo bo’lishi, genetik gorizontlarining vujudga kelishi murakkab bo’lib, qator jarayonlar ta‘sirida namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham tuproq diagnostikasi, uning morfologik, fizikaviy, kimyoviy, fizik-kimyoviy, biologik, agronomik va h.larning tahlili va harakteristikasini hisobga olmog’i darkor. Bu yerda yana shuni ko’zda tutish kerakki, tuproqning yakka olingan ma‘lum bir xossasi, tuproq paydo bo’lish jarayoni juda murakkab bo’lganligidan diagnostik belgi sifatida katta ahamiyat kasb etmaydi.
Jug’rofik taqqoslash uslubi – tuproq paydo qiluvchi omillar bir xil bo’lgan taqdirda, bundayo sharoitda hosil bo’lgan tuproqlar ham uxshashligiga asolangan. Buning asosida tuproq paydo qiluvchi omillar haqidagi ta‘limot yotadi.
Ganetik tamoyilning mohiyati tuproq sistematikasi va identifikatsiyasida, birinchi navbatda tuproq paydo bo’lish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan muhim xususiyatlarini hisobga olishdan iborat. Bu yerda tuproq profilining rivojlanishi va tabaqalanishi, u yoki bu birikmalarning to’planishi yoki kamayishi, tuproq paydo qiluvchi mahsulot transformatsiyasi kabi genetik ko’rsatkichlar ko’zda tutiladi. Ular tuproq paydo bo’lishi va evolyutsiyasi haqida fikr yuritish uchun haqiqiy faktlar asosida fikr yuritish imkonini yaratadi. U yoki bu tuproq paydo bo’lish jarayonining yo’nalishini aniqlash katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, o’rganilayotgan ma‘lum tuproq sho’rlanish yoki sho’rsizlanish, hg’sho’rtoblanish yoki aksincha, bosqichlarda turganini aniqlash zarur.
Hozirgi davrda tuproq tiplarini bir-birlaridan ajratish uchun diagnostik belgilar mezoni to’la bo’lmasa – da, mavjud. Lekin tipcha va turkumlarni belgilaydigan aniq qoida va mezonlar hali ishlab chiqilmagan. Bular tadqiqotlarni yanada chuqurlashtirishni talab qiladi. Ushbu masala genetik tuproqshunoslik rivojlantirishda juda muhimdir.
Tuproq klassifikatsiyasi deb, - tuproqlarning kelib chiqishi, muhim xossalari va unumdorlik xususiyatlariga qarab guruhlarga biriktirishga aytiladi.
Tuproq klassifikatsiyasi boshqa fanlardagi singari, tuproqshunoslik fanining rivojlanish jrajasi ko’rsatkichi hamdir. Chunki klassifikatsiya ob‘ekt haqida yig’ilgan hamma ma‘lumotlar hisobga olinadi va umumlashtiriladi. Shuning uchun ham tuproqshunoslik fanining xar xil rivojlanish bosqichlarida klassifikatsiyaga yondoshish, uni tuzish tamoyillari bir xil bo’lmagan.Bizga ma‘ulm bo’lgan birinchi tuproq klassifikatsiyalari tuproq yuqori gorizontlarining litologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan va agrogeologik degan nom olgan. Bunda faqatgina tuproq qattiq fazasining xossalari hisobga olingan.
Tuproqshunoslik fanining asoschilari V.V.Dokuchaev va N.M. Sibirtsev tuproq maxsus tabiiy orgono-mineral tana bo’lib, atrof-muhit bilan chambarchas o’zaro ta‘sirida rivojlanishini ko’rsatib berdilar. Ular tuproqlarning genetik tiplari haqida ma‘lumot yaratdilar. Ularning tuproq klassifikatsiyasiga bo’lgan munosabatlari genetik yondoshish nomini oldi. Keyinchalik tuproqlarning genetik klassifikatsiyalari ko’plab taniqli tuproqshunos olimlar tomonidan rivojlantirildi va takomillashtirildi. Shu bilan birga har xil kalssifikatsiya tuzilmalarida hodisalarning u yoki bu tomoniga ko’proq ahamiyat berildi, bu esa o’z navbatida tuproq klassifikatsiyasiga bir necha xil yondoshishga sabab bo’ldi. Ana shu munosabat bilan, tuproq klassifikatsiyasining qo’yidagi guruhlarini ajratish mumkin: Ekologik-genetik, morfo-genetik, evolyutsion genetik va tarixiy-genetik tuproq klassifikatsiyalari.
Ekologik-genetik klassifikatsiyalar, mavjud tabiat qonuniyatlari – tuproqlar xossalari, tuproq hosil bo’lish jarayoni rejimlari va ularning tabiiy muhit bilan bog’liqligini aks ettiradi.
Morfo-genetik klassifikatsiyalar tuproqlarning muhim genetik xossalariga asoslanadilar va ma‘lum darajada tuproq paydo bo’lish sharoitlarini tahlil qilishni o’z ichiga oladi. Masalan, K.K. Gedroyts tuzgan tuproqlar klassifikatsiyasi, TSK dagi singdirilgan kationlar tarkibiga asoslangan.
Evolyutsion genetik klassifikatsiyalar tuproq paydo bo’lish jarayonining rivojlanishini, ishqoriy tuproq paydo bo’lishidan to nordon tuproq paydo bo’lishi, yoki gidromorf sharoitdan avtomorf sharoit tuproq paydo bulgunga qadar o’tgan vaqt davrini ko’rsatib beradi.
Tarixiy-genetik klassifikatsiya tuzish g’oyasi V.R. Vilyams (1914-1936) ishlarida ilgari surilgan.Uning fikricha hamma tuproq tiplari rivojlanishi uzluksiz yagona zanjirga bog’liq va ular tabiatdagi biologik elementlarning yerning yuza qismidagi minerallarga ta‘sirining yagona tarixiy jarayoni bosqichi sifatida qaralmog’i lozim.
G’arbiy Yevropa mamlakatlarida tuzilgan klassifikatsiyalarning bir qismi tuproqshunoslik fanining oldingi bosqichlarida asosiy o’rin tutgan agrogeologik qarashlarga tayanadi. Ular tuproq paydo qiluvchi jinslarning xossalaridan kelib chiqib yaratilgan.
Avstraliyada tuproq klassifikatsiyasiga yondoshishda mamlakatning turli-tuman iqlim sharoitda joylashganini esda tutish lozim. Bu yerda birinchi morfo-genetik klassifikatsiya Sifenson(1962) tomonidan ishlab chiqilgan. Unda 47 tuproqlarning katta guruhlari ajratilgan.
Amerika Qo’shma shtatlarida tuproq klassifikatsiyasida mahalliy xalq tajribasi va ekinlarning unumdorligini hisoblashga asoslangan. Shu bilan bir qatorda tuproqlarning umumiy genetik klassifikatsiyalari ham ishlab chiqilgan. (Gilgard, 1893, Uitney 1895, Koffey 1912)
Amerikada tuproqshunoslikni rivojlantirishda Marbutning xizmati juda katta. U tomondan belgilangan “Katta tuproq guruhlari”(1935) bizda qabul qilingan tuproq tipiga to’g’ri keladi.
Keyingi yaratilgan klassifikatsiyalarda (Kellog 1939,Bolduin, Kellog, Torp 1938, Torp va Smit 1949) Marbut tizimi qo’llanildi va unda yanada genetik – jug’rofik tamoyillar ko’chaytirildi.
Amerikada tuproqlarning yangi klassifikatsiyasi AQSH davlat tuproq xizmati xodimlari tomonidan yaratildi. (Kellog,Smit) Bu klassifikatsiya genetik tamoyillar asosida tuzilgan.
Yuqorida keltirilgan qisqacha ma‘lumotlardan ko’rinib turibdiki, dunyo tuproqshunoslari orasida tuproq klassifikatsiyasiga bir xil yondoshish yo’q. Bu butun dunyoda tuproq haqida yig’ilgan ma‘lumotlarni umumlashtirishni juda qiyinlashtiradi. Shuning uchun ham dunyo tuproq xaritasini tuzish, tuproq taksonomik birliklarining umumiy qabul qilingan asoslarini yaratish maqsadida 1961 yilda FAO-YuNYeSKO qoshida ana shu ishlarni amalga oshiruvchi “Proekt” loyiha tashkil etildi. Dastlabki davrlarda loyihaga D.L.Bramo boshchilik qildi va turli mamlakat vakillaridan iborat maxsus maslahat Kengashi tuzildi. Eng avvalo, dunyoda tarqalgan tuproqlarning taxminiy bo’lsa-da, sistematik ro’yxatini tuzish zarur bo’ldi. Bu proektda kartografik birliklarni aniqlashga imkon beradi.
1974 yilda chop etilgan ro’yxatda, 25 tuproq guruhi ajratilib, u o’zigap 106 tuproq birligini biriktirgan. Uning asosida 1:5 000 000 miqyosda tuproq xaritasi tuzildi. Bu tizim keyingi vaqtlargacha tuproqshunoslikda samarali ishlatilib kelindi. Lekin dunyo tuproqlarining yangi xaritasini tuzish maqsadida u qayta ko’rib chiqildi va to’lg’azildi. 1987 yilda chop etilgan yangi sitematik ro’yxatda 27 tuproq guruhi va 144 tuproq birligi ajratilgan.
Bugungi kunda tuproqlar klassifikatsiyasi va sistematikasini tuzish bo’yicha ishlar eng avjida bo’lib, turli mamlakatlarda yig’ilgan bilimlar, tajribalar umumlashtirilmoqda. Chunki bular kundan-kunga o’sib borayotgan insonlarning oziq - ovqatga, yashashga bo’lgan talabini qondirish, shu bilan bir vaqtda atrof-muhitni muhofaza qilish uchun sharoit yaratishlari lozim.
Bizning mamlakatimizda tuzilgan tuproq klassifikatsiyasi haqaro andozalarga to’g’ri keladi. Ularning asosida tuproq paydo bo’lishi jarayonida yuzaga kelgan xossalar, ularni keltirib chiqaruvchi omillar to’laligicha hisobga olingan. Lekin respublikamiz qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning negizini tashkil etgan sug’oriladigan tuproqlar klassifikatsiyasi tunozara tariqasida qolmoqda. Bizning fikrimizcha, buning asosiy sababi, sug’oriladigan tuproqlar, asosan quruq iqlimli o’lkalarda tarqalgan bo’lib, ularning klassifikatsiyasiga va sistematik ro’yxati, avvalo ular tabiiy quruq tuproqlarning hosillari sifatida qaralishidan kelib chiqdi. Ularni nomlashda ham tabiiy tuproq nomlaridan foydalaniladi, bu o’z navbatida sug’oriladigan tuproqlarning paydo bo’lishi va evolyutsiyasi jarayonlarini ochib berishga imkon yaratmaydi. Ana shularni hisobga olib, qo’yida qisqacha mamlakatimizda sug’oriladigan tuproqlarning klassifikatsiyasi rivojlanishi tarixi va unga bo’lgan munosabatlarimizni bildirish lozim deb hisoblaymiz.

Download 36.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling