Tuproqning sistematikasi diagnostikasi nomenklaturasi va tasnifi
TUPROQ DIAGNOSTIKASINI TAMOYILLARI
Download 36.48 Kb.
|
TUPROQ SISTEMATIKASI
2.3. TUPROQ DIAGNOSTIKASINI TAMOYILLARI.
O’rta Osiyo tuproqlari klassifikatsiyasiga sifat jihatidan yangicha qarash I.P.Gerasimov (1933), Ye.P.Korovin va A.N.Rozonovlarning (1938) ishlaridan keyin boshlandi. Ularda bu joylar iqlim xususiyatlarining o’ziga xosligi ko’rsatib berildi. Keyinchalik bu hol O’zbekiston tuproqshunoslari B.V.Gorbunov, N.V.Kimberg, S.A.SHuvalov, S.P.Suchkovlarning ishlarida tuproq tarqalishi va klassifikatsiyasiga tadbiq etildi. (1941, 1949, 1958). Bu ishlar asosida O’zbekistonning sahro mintaqasi tog’ oldi tekisliklarini egallab yotgan bo’z tuproqlar mintaqasidan ajratildi, ularning farqlari asoslanib berildi. Lekin sug’oriladigan tuproqlar mustaqil tuproq tipi sifatida ajratilmadi. Tuproqshunoslar orasidan birinchi bor M.A.Orlov (1934, 1937, 1954) voha tuproqlari inson faoliyati ta‘sirida hosil bo’lib, tabiiy tuproq hosil bo’lish jarayonini ikkinchi darajali qilib qo’yishga e‘tibor berdi. U “madaniy sug’oriladigan” tuproqlar degan atamani ishlatishni tavsiya qildi. M.A.Orlov madaniy voha tuproq tipi hosil bo’lishini asosiy omili, chirindili kul rang agroirrigatsion gorizontning to’planishida deb hisoblaydi. Uning fikricha, normal sharoitda madaniy – voha tuproqlari doimo yuqori namlikka ega bo’ladilar. Bu esa o’tlari tuproq hosil bo’lish jarayonini eslatadi, lekin undan farqli o’laroq, jadal ishlov berish va o’g’itlash jarayonida kechadi. Ular mexanik tarkibi og’ir bo’lishiga qaramasdan yuqori unumdor tuproqlar qatoriga kiradi. O’rta Osiyo tuproqlarini tekshiruvchi yirik olimlardan biri A.N.Rozonov sug’oriladigan tuproqlarga diqqat e‘tiborini qaratdi. U o’zining, O’rta Osiyo tekisliklari va tog’ qismi mintaqalaridagi tuproqlar yagona bo’z tuproqlar mintaqasiga ajratmadi. U sug’oriladigan bo’z va boshqa (o’tloqi, botqoq) tuproqlarni tabiiy tuproq tiplarining tipchasi sifatida ko’rsatdi. Faqatgina qadimdan sug’oriladigan bo’z va bo’z o’tloqi tuproqlarni ayrim tiplar sifatida harakterladi. Shunday ilib, Rozanov madaniy sug’oriladigan tuproqlarni mustaqil tip sifatida qarashning mohiyatini tan olsada, lekin hamma sug’oriladigan tuproqlarning bu tiplarga biriktirmadi. S.P. Suchkov ham sug’oriladigan tuproqlarni shunga o’xshash klassifikatsiyasini keltirgan (1950) Bizning nuqtai nazarimizdan B.V.Gorbunov va N.M. Kimberg (1962), B.Vgorbunov (1965) sug’oriladigan tuproqlar klassifikatsiyasini printsipial to’g’ri hal qildilar. Ularning fikricha, voha tuproqlari tabiiy tuproq klassifikatsiyasi sxemasiga to’laligicha joylasha olmaydigan tuproq xaritalarini o’z ichiga oladi. Sug’orish ta‘sirida ruyobga chiqadigan organik moddalarning sintezi, mineralizatsiyasi, yerga tushish sharoitining almashinuvi, issiqlik, havo va suv tartiblarining o’zgarishi, irrigatsion keltirmalar akkumulyatsiyasi va genetik jihatdan yangi madaniy qatlamning hosil bo’lishi va uning biologik faoliyati, elementlar bilan boyishi, voha tuproqlarini maxsus tip sifatida qarab chiqish lozim ekanligini ko’rsatadi. Mualliflar tuproq hosil bo’lishining yangi tipi sug’orish boshlangan vaqtdan boshlanadi, deb uqtirdilar. Keyinchalik bu hol N.G.Minashina tomonidan sug’oriladigan tuproqlar klassifikatsiyasini tuzishda ishlatiladi. Har mintaqada sug’orishning o’z xususiyatlariga ega bo’lish, tabiiy. Ammo, voha tuproqlari maxsus tuproq tip sifatida faqat sun‘iy sug’orish tabiiy yog’in miqdoridan bir necha marta oshgandagina hosil bo’lishi mumkin. Chunki bu holda sug’orish butun tuproq hosil bo’lish jarayonini o’zgartiradi, ya‘ni miqdor o’zgarishi sifat o’zgarishiga olib keladi. Mu‘tadil iqlim sharoitida esa sug’orish esa sug’orish tabiiy yog’inga ozroq qo’shimcha bo’lganligi tufayli tuproq paydo bo’lish jarayonining mohiyatini o’zgartirmaydi. Shuning uchun ham bunday sharoitda, masalan, “so’g’oriladigan qora tuproq” deb aytish to’laligicha yetarli deb hisoblash mumkin. Shu munosabatlar bilan sug’oriladigan tuproqlarning umumiy “global” klassifikatsiyasini tuzishga zarurat qolmaydi. N.G.Minshining sug’oriladigan tuproqlar klassifikatsiyasida sinflar, tiplar tushunchasiga tuproqlarning ishlatilish xususiyatini aniqlovchi qator atamalar va ko’rsatkichlar (qo’riqlar, roshli, unchalik qadimdan sug’orilmagan va boshqalar kiritilgan. 1977 yilda chop etilgan sobiq Ittifoq tuproqlarini klassifikatsiyalash va aniqlash (diagnostika qilish) bo’yicha ko’rgazmalarda sug’oriladigan tuproqlar mustaqil tip sifatida ko’rsatilgan. Bu O’zbekiston tuproqshunoslarining 30 yillardan buyon hayotga tadbiq qilishga o’rinayotgan fikrlarini ma‘lum darajada tan olishdir. Sug’oriladigan tuproqlar klassifikatsiyasi o’z tuzilishi, tamoyillariga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi tuproq klassifikatsiyasining keyingi variantlariga boshqalariga nisbatan ancha yaqinroqdir. Sug’oriladigan tuproqlar bu klassifikatsiyada yangi mustaqil tip sifatida ko’rsatiladi va uning tipchalari sifatida sug’orishning bosh bosqichlarida sug’oriladigan bo’z och tusli, sug’oriladigan tipik bo’z va yetuk bosqichda qadimdan sug’oriladigan bo’z tuproqlar ajratiladi. Tip sifatida bo’z voha tuprog’i emas, balki umuman sug’oriladigan tuproqlar belgilanadi. Shu bilan birga sug’oriladigan o’tloqi bo’z tuproqlar mustaqil tip darajasiga ko’tariladi. Bu klassifikatsiya oldingi ko’rib chiqilgan sug’oriladigan tuproq klassifikatsiyalariga nisbatan taraqqiyli bo’lishiga qaramasdan, baribir yetuk voha tuproqlarining mustaqil, maxsus tip ekanligini hisobga olmaydi. Hamma ko’rib chiqilgan klassifikatsiyalardan, bizning fikrimizcha, hozirgi zamon tuproqshunosligi talabiga javob beradigan va ma‘lum darajada logik fikrga ega bo’lgan klassifikatsiya katta B.V. Gorbunov, A.V. Kimberglar tomonidan yaratilgandir(1962-1975). Bu ma‘lumotlarda uzoq yillar davomida vujudga kelgan tasavvurlarga ko’ra bo’z tuproqlar vertikal zonallik tuproqlariga kiritiladi. Bo’z tuproqlar regional nuqtai nazaridan, Turon provintsiyasi va O’rta yer dengizi viloyatlarining atributidir. Bo’z mintaqasi tuproqlari maxsus bioiqlim (subtropiklik va b) sharoitida rivojlanganligi uchun shu mintaqada tarqalgan sug’oriladigan tuproqlarning xossa va xususiyatlariga o’z ta‘sirini o’tkazadilar. Keyinchalik sug’oriladigan tuproqlarning taksonomik darajada qarash fikri S.N.Rijov va K.V.Saakyans, Ye.N.Ivanova va N.N.Rozovlar tomonidan qabul qilindi. B.V.Gorbunov va N.V.Kimberglar tomonidan yaratilgan (1962-1975) O’zbekistonning sug’oriladigan tuproqlar klassifikatsiyasida qo’yidagi tuproq tiplari ajratiladi. 1. Sahro mintaqasining o’tloqi voha tuproqlari. 2. Sahro mintaqasining botqoq-voha tuproqlari. 3. Taqir-voha tuproqlari. 4. Bo’z tuproqlar mintaqasining botqoq-voha tuproqlari. 5. Bo’z tuproqlar mintaqasi (poyas) o’tloqi-voha tuproqlari. 6. Bo’z voha tuproqlari. Bu tuproq tiplari keyinchalik qaysi tuproq iqlim mintaqasida tarqalganligi, sug’orish natijasida qay darajada o’zgarganligiga qarab, mayda taksonlarga bo’linadi. Chunki sug’oriladigan tuproqlar har xil tuproq iqlim sharoitida rivojlanib, ularda usha mintaqasiga xos bo’lgan tabiiy tuproqlarning ba‘zi bir xususiyatlari u yoki bu darajada saqlanadi. Sug’orish ta‘sirida tuproqlarning rivojlanish jarayoni har xil tuproq iqlim mintaqalarida har xil kechadi. Masalan, sahro mintaqasining avtomorf tuproqlaridan biri so’r tusli qo’ng’ir tuproqlar sug’orilgandan namlik va biologik jarayonlarning faollashuvi hisobiga ulardagi chirindi miqdori oshadi. Bo’z tuproqlar mintaqasining o’tloqi tuproqlarida esa ishlov berish hisobiga aeratsiya kuchlanadi, chirindi mineralizatsiyasi oshadi va ular bir qism chirindini yo’qotadilar. Ma‘lum vaqtga kelib, bu jarayonlar o’rtasida dinamik tenglik vujudga keladi. Lekin bu hol har bir tuproq mintaqasida turli vaqtda paydo bo’lishi mumkin. Biz sug’oriladigan tuproqlar klassifikatsiyasining boshlang’ich hollarini qo’yidagilar deb hisoblaymiz. 1. Vohalarning sug’oriladigan tuproqlari tabiiy tuproqlardan, mustaqil tuproq tipi sifatida qaralishi kerak. Ularning paydo bo’lishi, ma‘lum bo’lgan tuproq hosil bo’lish jarayoni omillaridan tashqari antropogenez bilan qattiq bog’liq. 2. Ular mustaqil tuproq tipi bo’lishi bilan birga, ma‘lum darajada aniq tuproq iqlim sharoitiga regionlarga mansubligini saqlab qoladi. 3. Har bir zonaning avtomorf tuproqlariga bir qator avtomorf tuproqlar to’g’ri keladi. Shu bilan birga sug’oriladigan tuproqlar uchun avtomorf va gidromorf rejimlar bir qadar shartlidir. Chunki sug’orish jarayonida ular maxsus irrigatsiya-avtomorf, irrigatsiya-gidromorf suv tartibi tiplariga ega bo’ladi. 4. Sug’oriladigan tuproqlar mustaqil tip sifatida quruq va o’ta quruq mintaqalardagina vujudga kelishi mumkin. Faqat bunday joylarda suv miqdori tabiiy yog’in suvlaridan bir necha marta oshganligi tufayli tuproq hosil bo’lish jarayonini tubdan o’zgartiish mumkin. O’zbekistonning sug’oriladigan tuproqlar klassifikatsiyasida sahro mintaqasida tarqalgan tuproqlar uchun taqir voha atama sahro voha tipi atamasi bilan almashtirilishi kerak. Chunki sahro mintaqasiga avtomorf tuproqlardan, asosan 3 tuproq tipi sur tusli qo’ng’ir, qumli sahro va taqirli tuproqlar sug’oriladi. Ular sug’orish jarayonida o’z xossa va xususiyatlarini butunlay o’zgartiradilar. Sug’oriladigan tuproqlar rivojlanishining oxirgi bosqichida yuqorida nomlangan tuproqlar yagona tuproq profiliga ega va bu tuproqni sahro voha tuprog’i deb atash ma‘qul bo’ladi. Bo’z tuproqlar mintaqasining sug’oriladigan tuproqlari uchun 2 ta asosiy tuproq tipi bo’z voha va o’tloqi voha tuproq tipini ajratish kifoya qiladi. Nazariy jihatdan bu yerda voha botqoq tuproq tipini ajratish mumkin edi. Ammo olib borilgan ko’p tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, botqoq voha tuproqlar amalda ajratilmaydi. Uzoq davr davomida sug’orish jarayonida botqoq o’tloq tuproqlar asta-sekinlik bilan agroiirigatsion keltirmalari yig’ilib borishi hisobiga ma‘lum bir miqdorda o’sadi. Yer osti suvi sathi bir muncha pastga tushib, ularning tuproq profiliga ta‘siri pasayadi. Natijada o’tloq voha tuproqlarining tipchasiga o’tadi. Shunday qilib, tuproqlarning antropogen evolyutsiyasi yuz beradi. Shu munosabat bilan biz klassifikatsiya qurilmalarida o’tloqi voha tuproq tipchasini ajratishdan voz kechdik. Voha tuproqlari agroirrigatsion qatlamlarining qalinligiga qarab, kam qalin, o’rta qalin va qalin tuproqlarga bo’linadi. Kam qalinlikdagi agroirrigatsion qatlamga ega bo’lgan tuproqlarda bu qatlam asosan haydov qatlamga to’g’ri kelib, ba‘zida undan 10-20 sm oshishi mumkin. Shunday qilib, bu qatlamlarning pastki chegarasi 50 sm dan o’tadi. O’ta qalinlikdagi agroirrigatsion qatlamga ega bo’lgan voha tuproqlaridagi bu qatlamning qalinligi 50-100 sm atrofida bo’ladi. Agroirriatsion keltirmalar qalinligi voha tuproqlari klassifikatsiyasidan muhim o’rin tutganligi tufayli bu tuproqlarning turlarini aniqlash kerak deb hisoblaymiz. Hozirgacha mavjud bo’lgan tuproq klassifikatsiyalarida tuproqlarning mexanik tarkibi ko’p jihatdan fizik unumdorlik xususiyatlarini belgilaydi. Shuning uchun ham agroiirigatsion keltirmalar qalinligidan so’ng ularning mexanik tarkibini ko’rsatish maqsadga muvofiqdir. Tuproqlarning mexanik tarkibiga qarab bo’lish tuproqshunoslik fanida keng tarqalgan. V.R.Vilyams ishlab chiqqan, N.A.Kachinskiy tomonidan anchagina o’zgartirishlar kiritilgan klassifikatsiyadan foydalaniladi. N.A.Kachinskiy o’z klassifikatsiyada A.N.Sabanin taklif etgan 0,01 mm dan katta zarrachalarni esa “fizik loy” deb belgilaydi. Bu zarrachalar bir qator fizikaviy va kimyoviy xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadilar. Tuproqlar klassifikatsiyasidan ana shu zarrachalarning miqdori hisobiga olinadi. O’zbekiston vohalarida tarqalgan sug’oriladigan tuproqlarning sezilarli qismi sho’rlangan tuproqlardir. Tuproq nomida “sho’rlangan” degan atama bilan sho’rlanish darajasi esa kam, o’rta va kuchli yuvilgan” sho’rlangan deb ko’rsatiladi. Bundan tashqari sug’oriladigan tuproqlarning “ degan turi ham ajratiladi. Ular asosan sho’rlanishga moyil bo’lgan hududlarda tarqalgan bo’lib, meliorativ tadbirlar natijasida ularning tarkibidagi tuzlar yuvib pastga tushirilgan tuproqlardir. Sug’oriladigan tuproqlarning sho’rlanish tipiga qarab ham ajratish mumkin. Buning uchun Yu.P.Lebedev shkalasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari suvda eruvchan tuzlarning zaharlilik darajasini ham hisobga olish zarur. Yemirilishga uchragan sug’oriladigan tuproqlar, odatda yangidan sug’oriladigan rayonlarda uchraydi. Keyinchalik bu jarayon natijasida yer yuzasi bir qadar barqarorlashadi va xususan voha tuproqlari paydo bo’lgan joylarda yemirilish juda ham kam bo’ladi. Lekin past-baland relefli joylarda tarqalgan sug’oriladigan to’q tusli va tipik bo’z tuproqlar yemirilishga ko’proq uchraydi va ular yemirilish darajasiga qarab, kuchsiz, o’rtacha va kuchli yemirilgan tuproqlarga bo’linadi. Bularni ajratishda tuproqlar chirndi qatlamining qalinligi, tuproq profilida koordinatlarning tutgan o’rni muhim ahamiyat kasb etadi. Sug’oriladigan tuproqlarni klassifikatsiyalashda tuproq hosil qiluvchi asosiy guruhlarni ajratish lozim: lyosslar, alyuviy, prolyuviy, shuningdek ba‘zi hollarda o’zak jinslar bir xil, ikki xil va ko’p xil yotqiziqlar aralashmasidan tashkil topishi mumkin. Albatta, ularning bu xususiyatlari ham hisobga olinishi shart. Yuqorida keltirilgan ma‘lumotlardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, tuproq klassifikatsiyalarini ishlab chiqish tarixi juda uzoq bo’lishiga qaramasdan, dunyoda mamlakatlarining har birida unga bir xil yondoshish mumkin emas. Tuproq klassifikatsiyasi qurilmalari juda turli tuman bo’lib, har xil vaqtlarda qator mamlakatlarning olimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Xullas, hozirgi zamon genetik tuproqshunosligida klassifikatsiya holati qo’yidagilar bilan xarakterlanadi: 1. Dunyo tuproqlari klassifikatsiyasining yagona umumiy qabul qilingan tizimi yo’qligi; 2. Dunyo tuproqlari klassifikatsiyasining umumiy qabul qilingan tamoyillari mavjud emasligi; 3. Dunyo mamlakatlarining ko’pchiligida, ayniqsa ilmiy muassasalari rivojlangan va yuqori malakali tuproqshunoslar ega bo’lgan davlatlarda o’ziga xos milliy tuproq klassifikatsiyalari mavjud bo’lib ularda klassifikatsiya tamoyillari har xil ekanligi. Bu muammo tuproqshunoslik fanining eng munozarali masalasi bo’lib qolayapdi. Shuning uchun ham bugungi kunda, tuproq klassifikatsiyalarini tuzish bo’yicha qilinayotgan ishlarga, aslo nuqta qo’yish mumkin emas. Tuproq klassifikatsiyalarini tuzish, ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularni umumlashtirish va sintez qilish, yangi uslubiy yondoshish va umumiy nazariy fikrlarni amaliyotda qo’llashni taqoza etadi. XULOSA Bizning mamlakatimizda tuzilgan tuproq klassifikatsiyasi haqaro andozalarga to’g’ri keladi. Ularning asosida tuproq paydo bo’lishi jarayonida yuzaga kelgan xossalar, ularni keltirib chiqaruvchi omillar to’laligicha hisobga olingan. Lekin respublikamiz qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning negizini tashkil etgan sug’oriladigan tuproqlar klassifikatsiyasi tunozara tariqasida qolmoqda. Bizning fikrimizcha, buning asosiy sababi, sug’oriladigan tuproqlar, asosan quruq iqlimli o’lkalarda tarqalgan bo’lib, ularning klassifikatsiyasiga va sistematik ro’yxati, avvalo ular tabiiy quruq tuproqlarning hosillari sifatida qaralishidan kelib chiqdi. Ularni nomlashda ham tabiiy tuproq nomlaridan foydalaniladi, bu o’z navbatida sug’oriladigan tuproqlarning paydo bo’lishi va evolyutsiyasi jarayonlarini ochib berishga imkon yaratmaydi. Ana shularni hisobga olib, qo’yida qisqacha mamlakatimizda sug’oriladigan tuproqlarning klassifikatsiyasi rivojlanishi tarixi va unga bo’lgan munosabatlarimizni bildirish lozim deb hisoblaymiz. Download 36.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling