Tuproqning sistematikasi diagnostikasi nomenklaturasi va tasnifi


Download 36.48 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi36.48 Kb.
#1614050
  1   2   3   4
Bog'liq
TUPROQ SISTEMATIKASI


TUPROQNING SISTEMATIKASI DIAGNOSTIKASI NOMENKLATURASI VA TASNIFI
RЕJA:


I.KIRISH
II.ASOSIY QISM
2.1. TUPROQLAR SISTEMATIKASI.
2.2. TUPROQLARNING TAKSONOMIK BIRLIKLARI
2.3. TUPROQLAR DIAGNOSTIKASI TAMOYILLARI.
III.XULOSA
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
.


KIRISH
Tuproqlar sistematikasi haqida tushuncha. Tuproqshunoslikda ham boshqa fanlardagi singari sistematika uyushtiruvchi rol o’ynab, uning yordamida tadqiqot bo‘ekti, ya‘ni tuproqning ilmiy o’rganilishi vazifalari yechiladi.
Tuproqlar sistematikasi-bu Yer kurrasida mavjud bo’lgan hamma tuproqlarning turli-tumanligi haqidagi ta‘minot bo’lib, ularning diagnostik belgilariga asoslangan har xil guruhlari orasidagi o’zaro munosabat va bog’liqlikni ko’rsatib beradi. Tuproq sistematikasining asosiy maqsadi-Yerda tarqalgan tuproqlarning to’la tizimi (klassifikatsiyasi) ni yaratishdir. Tuproqlar sistematikasi tarixiy-taqqoslash va jug’rofik - taqqoslash uslublariga, tuproqlarning evolyutsion rivojlanishi tamoyillariga tayanadi, unda tuproqshunoslikning hamma bo’limlaridagi ma‘lumotlar ishlatiladi. Planetamiz tuproq qoplamining umumiy tizimida u yoki bu tuproqning o’rnini aniqlash bilan, tuproqlar sistematikasi muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Chunki bu yer yuzasidagi tarqalgan tuproqlarning turli-tumanlarini aniqlab olishga imkon beradi. Tuproqlar sistematikasining asoslari V.V.Dokuchaev, N.M.Sibirtsev, K.D.Glinka, L.I.Prosolov, Ye.N.Ivanova, N.N. Rozov, V.M. Fridland, N.V.Kimberg, B.G.Rozanovlar tomonidan yaratilgan.
Tuproqlar sistematiksianing qo’yidagi muhim vazifalari bor: 1) Yer kurrasida tarqalgan tuproqlar orasidagi farqlarni sifat jihatidan belgilab berish; 2) fanning hozirgi zamon rivojlanish darajasida, tadqiqot ob‘ekti-tuproqlarning aniq diagnostik mezonlar, belgilar, xususiyatlariga asoslanib, imkoni boricha to’la miqdoriy jihatdan xarakteristikasini berish. Demak, tuproqlar sistematikasi-tuproqning kengaytirilgan aniqlovchisi bo’lib, fanda ma‘lum bo’lgan har bir tuproqning mukammal ta‘rifini bermog’i lozim; 3) tuproqlarning imkoniyati boricha logik bog’lanishda to’la ro’yxatini berish, ya‘ni ularning ilmiy klassifikatsiya tuzish uchun tayyorlash.
Yuqorida ko’rsatilgan vazifalar tuproqlar sistematikasida tuproqlar nomenklaturasi, taksonomiyasi va diagnostikasi yordami va asosida yechiladi.
Tuproqlar nomenklaturasi deganda, tuproqlarni xossalariga va klassifikatsiyada tutgan o’rniga qarab ilmiy nomlash tushuniladi. Tuproqlarni ilmiy-genetik nomlash asoschilari V.V.Dokuchaev va N.M.Sibirtsevlar, uning asosiga xalq tilida keng ishlatiladigan so’zlarni olganlar. Shu bilan birga bu nomlarda ekologik sharoit ham hisobga olingan. Genetik tiplar uchun qora tuproq, podzol qizil tuproq, o’rmonning sur tuproqlari va hokazo nomlar paydo bo’ldi.
Tuproq tiplarining ayrim nomlari, tuproq yuqori gorizontlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan. Masalan, sho’rxok, sho’rtob, torfli-gleyli, chirindi-karbonatli tuproqlar va hakozolar shular jumlasidandir.
Amerika (AQSH)da tuproq nomenklaturasini aniqlashda M.Uitni, ularning granulometrik tarkibi va tuproq tarqalgan joyning jug’rofik nomiga tayangan. Ana shunday qilib, bu yerda birinchi marta tuproqlar nomlangan va xaritaga tushirilgan. Masalan, “Vashington qumog’i, Vashington qumlog’i”, “CHikago loyi” va hakozolar. Yirik miqyosdagi tuproq xaritalarida bular “Tuproq seriyalari” nomini oldi. Yirik amerikalik olim K.F.Marbut, bizning tuproqshunosligimizda qabul qilingan tuproq tipiga to’g’ri keladigan “katta tuproq guruhlari” tushunchasini kiritdi. Ularni nomlashda Yevropada qabul qilingan nomlardan (podzol, qora tuproq, kashtan tuproq, buz tuproq va ш.к.) foydalandi.
Hozirgi davrda AQSH tuproqshunoslari grek-lotin so’z hosil qilish tizimi asosida bir-bir bilan logik bog’langan yangi nomenklaturani yaratdilar.
1968 yilda tuproqshunoslarning Avstraliyada bo’lib o’tgan Xalqaro Kongressida FAO(YuNYeSKO tomonidan yaratilgan tuproqlarning xalqaro nomenklaturasi tasdiqlangan. U. I:500 0000 miqyosli dunyo tuproq xaritasini tuzishga imkon yaratdi. FAO(YuNYeSKO nomenklaturasida tuproq birliklarining nomlari fanda o’rnashib qolib, jahon tajribasida qo’llanilayotgan yoki grek, lotin yoki rus so’zlarini o’zagiga “zem” yoki “soe” qo’shimchasini qo’shish yordamida hosil qilindi.
Tuproqlarni qanday nomlash masalasi hozirgacha munozara tariqasida qolmoqda. Tuproqlarni nomlashda botanika yoki zoologiyadagi singari xalqaro nomlarni tuzish masalasi qo’yildi. U tuproqlarning mamlakatlardagi o’rnini olmasdan, dunyo miqyosida tuproqlar sistematikasining ilmiy asosi bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari yana bir muammo tuproqlarni nomlashda juda xilma – xil so’zlarni, ayniqsa shu sohada bevosita bevosita mutaxassis bo’lmagan kishilar uchun, ularni tushunish, xususan amaliyotda qo’llash, imkonini bermaydi. Tuproqlarni nomlarini sodda va tushunarli, shu bilan birga, ularning xossa, xususiyatlariga, ularni keltirib chiqaruvchi ekologik sharoitni hisobga olib tuzilishi maqsadga muvofiqdir.
2.1. TUPROQLAR SISTEMATIKASI
Sizlarga ma‘lumki, “taksonomiya” grekcha taxis va nomos so’zlaridan olingan bo’lib, qonun va tartib demakdir, yoki uni tuproqshunoslikda qo’llasak, tartib qonuniyatlar asosida joylashtirish demakdir. Takmonomik birliklar bu klassifikatsiya yoki sistematika birliklar bo’lib, u ob‘ektlarning sinfini, turkumini va o’rnini ko’rsatadi. Tuproqshunoslikda taksonomik birliklar tuproqlarning tabiatda mavjud bo’lgan guruhlarini bir-birlari bilan bog’liq holda birin-ketin joylashgan sistematik kategoriyalaridir.Takmonomik birliklar asosida tuproq tipi haqidagi ta‘limot yotadi. Tuproq tipining hozirgi davrdagi ta‘rifi tuproqshunoslik fanining hozirgi zamondagi davrida yig’ilgan ma‘lumotlariga asoslanadi.
Tuproq tipi deb, bir xil iqlim, biologik, litologik, gidrogeologik sharoitda rivojlanadigan va boshqa jarayonlar qo’shilmasida, asosiy tuproq paydo bo’lish jarayonining yorqin namoyon bo’lishi bilan harakterlanadigan tuproqlarning katta guruhiga aytiladi. Podzol, qora tuproqlar, sho’rtoblar, bo’z tuproqlar tiplariga misol bo’ladi.
Tuproq tipi–bu tuproqlar sistemastikasining asosiy tayanch birligidir. Tuproqlar tipi mayda birliklarga bo’linadi. Ayrim hollarda ular birlashtirilishi ham mumkin.
Tuproq tipining bir butunligi va harakterli belgilari qo’yidagilar bilan aniqlanadi: 1) Organik qoldiqlarning tuproqqa tushishi, ularning parchalanishi va chirindiga aylanish jarayonlarining bir xilligi. 2) mineral massaning parchalanishi va orgonomineral yangi hosillar migratsiyasi(harakati) va akkumulyatsiyasi (to’planishining) bir tipdaligi. 4)tuproq profili tuzilishi va genetik gorzontlar harakterining bir tipdaligi. 5)tuproq unumdorligini saqlash va oshirishga qaratilgan chora – tadbirlarning bir yo’nalishda bo’lishi.
Tuproq tipi, hamma joylarda u yoki bu darajada tuproqlar sistemasining tayanch birligi sifatida qabul qilingan. Turli mamlakatlarda bu birlik xar xil nomlansa ham, uning mohiyati bir xildir. Masalan, mamlakatimizda, shuningdek ba‘zi xorijiy davlatlarda tuproq tipi, Frantsiyada – gruppe du sol, AQSH, Kanada- great sol group, Germaniyada - Balentip, FAO, Yunesko da – Soilunit deb yuritiladi.
Tuproq tipchasi tip chegarasidagi tuproqlar guruhi bo’lib, sifat jihatidan namoyon bo’lishi bilan farqlanadi. Ko’pincha tuproqlar tipchasi genetik yoki geografik jihatdan bir – biriga yaqin bo’lgan tiplar orasida o’tuvchilar sifatida ajratiladi. Masalan, bo’z tuproqlar tipi ichida – tipik bo’z tuproq tipchasi markaziydir. Bu tipchada bo’z tuproq tipi uchun harakterli hamma xususiyatlar yorqin namoyon bo’ladi. Och tusli bo’z tuproqlar tipchasi esa – o’rta balandlikdagi tog’ tuproqlari tipiga o’tuvchi sifatda ajratiladi.
Tuproq turkumi – tipcha chegarasida ajratiladigan tuproq guruhi bo’lib, ularning genetik xususiyatlari sifati, mahalliy sharoitlar – tuproq paydo qiluvchi jinslar tarkibi, sizot suvlarining tarkibi va holati, tuproq paydo qiluvchi mahsulotlarning o’tmishdan qolgan belgilari - kompleksi ta‘sirida yuzaga chiqadi. Masalan, o’tloqi soz tuproqlar tipchasining shoxli, shox-arzikli turkumlari ajratiladi.
Tuproq turi – turkum chegarasida ajratiladigan tuproq guruhlari bo’lib, asosiy tuproq hosil bo’lish jarayonining rivojlanish darajasi bilan farqlanadi. Masalan, podzol tuproqlar chegarasida pdzol paydo bo’lish darajasiga qarab, kuchli, o’rta va kuchsiz podzollashgan tuproqlar turlari ajratiladi.
Tuproq xili-tur chegarasida ajratilib, tuproqlar yuqori gorizontlarining granulometrik tarkibi bilan belgilanadi (qumli, qumoqli, qumoqli-loyli va h).
Tuproq razryadi – bu litologik yoki genetik jihatdan bir xil jinslar (lyoss, allyuviy, ohaktosh va h.k) ustida vujudga kelgan tuproqlar guruhi.
Har qanday konkret tuproqning to’la nomi, hozirgi mavjud bo’lgan tushunchalarga asoslansak, hamma taksonomik birliklar bo’yicha ko’rsatilishi lozim. Masalan, tipik bo’z tuproq o’rtacha yemirilgan,og’ir qumoq lyoss ustida hosil bo’lgan.



Download 36.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling