Tuproqning suv rejimi uni boshqarish usullari


Download 27.48 Kb.
bet1/5
Sana15.06.2023
Hajmi27.48 Kb.
#1485303
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-МАВЗУ TUPROQNING SUV REJIMI UNI BOSHQARISH USULLARI





Mavzu

TUPROQNING SUV REJIMI UNI BOSHQARISH USULLARI

Reja:

1. O’simlik hayotida, tuproqda suvning ahamiyati va uning asosiy manbalari
Hayotning eng muhim shartlaridan biri bo’lgan suv o’simliklar uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tuproqda va o’simlikda bo’ladigan kimyoviy va bioqimeviy jarayonlar suvli muhitda kechadi. O’simlik suv bilan yetarli taminlangandagina uning o’sishi, rivojlanishi va barcha fiziologik jarayonlar normal o’tadi. Urug’ bo’rtishidan boshlab, to hosil pishguncha o’simliklarga suv kerak bo’ladi.
1-jadval
Urug’larning unib chiqishi uchun zarur bo’lgan suv miqdori
(urug’ massasiga nisbatan % hisobida)

Ekinlar urug’i

Talab etiladigan suv miqdori

Ekinlar urug’i

Talab etiladigan suv miqdori

Tariq
Makkajo’xori
Bug’doy
Arpa
Beda
Javdar

25
44
45
48,2
56,3
57,5

Suli
Chigit
Zig’ir
Ko’k nuxat
Qizil sebarga
Qand lavlagi

58,9
60
100
106,8
117,3
120,3

O’simliklar tarkibida 80-90% gacha suv bo’ladi. O’suv davrida o’simliklar bu suvning asosiy qismini bug’lantirib yuboradi. Kuzatishlarga qaraganda, o’simliklar o’zlashtirib olgan suvni 0,01-0,03 % ni o’z organizmining shakllanishi uchun sarflaydi.
Suv, o’simliklarni o’suv davrida ularning rivojlanishi va hosil to’plashini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Barcha qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori hosilni, ular yetarli miqdorda suv bilan taminlangandagina olish mumkin. O’simliklarning suvga bo’lgan talabi ularning rivojlanish davrlariga qarab turlicha bo’ladi. Masalan, kuzgi bug’doy nay chiqarish va boshoqlash davrida, makkajo’xori gullash va donini sut pishish davrida, kartoshka gullash va hosil tugish davrida, kungaboqar gullash va savatcha hosil qilish fazasida, g’o’za gullash va meva tugish davrida suvni ko’p talab qiladi. Ko’p yillik ekinlar esa suvga yanada talabchan bo’ladi.
O’simliklar ildizi yordamida tuproqdagi namni o’zlashtirib, uni organizmi orqali atmosferaga bug’latib turishi esa transpirasiya, quruq moddalar hosil qilishi uchun sarflangan suv miqdori transpirasiya koeffisiyenti deyiladi. (2-jadval)
2-jadval
O’simliklar turiga qarab transpirasiya koeffisiyenti
(prof. A.A.Cherkasov malumotlari)

Ekinlar

Transpirasiya koeffisiyenti

Ekinlar

Transpirasiya koeffisiyenti

Bug’doy
Javdar
Arpa
Suli
Tariq
Makkajo’xori
Jo’xori
Sholi
Ko’k nuxat
G’o’za

271-639
431-634
404-664
423-876
177-367
239-495
239-393
395-811
563-747
368-650

Kungaboqar
Kartoshka
Karam
Tarvuz
Qovun
Qovoq
Bodring
Pomidor
Sebarga
Beda

490-577
285-575
250-600
577-600
597-621
685-831
713
500-650
300-731
568-1068

G’o’za o’suv davrida juda ko’p suv sarflaydi. Chunonchi, chinbarg chiqargan davrida bir gektar yerdagi g’o’za sutkasiga 10-12 m3 , shonalash davrida 30-50 m3 , gullash va meva tugish davrida eng ko’p 80-120 m3 , ko’saklar ochilishi davrida esa 30-40 m3 suv sarflaydi. Bir gektar paxta maydonidan o’suv davrida 5000-8000 m3 suv sarflanadi.
O’simliklar suvga bo’lgan munosabatiga qarab kserofit, mezofit, gigrofit va gidrofit guruhlarga bo’linadi.

Download 27.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling