Tuproqning suv va havo rejimlarini yaxshilash


-jadval Urug’larning unib chiqishi va o’simliklar hayoti uchun


Download 1.2 Mb.
bet9/12
Sana13.12.2022
Hajmi1.2 Mb.
#999400
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Mustaqil

2-jadval
Urug’larning unib chiqishi va o’simliklar hayoti uchun
zarur muayyan havo harorati


O’simliklar

Harorat, Co

minimal

optimal

maksimal

Beda, sebarga

0-1

28-30

35-37

Arpa, bug’doy, suli, javdar

1-4

22-26

28-32

No’xat, lavlagi, lyupin

3-4

25-30

32-34

Kartoshka, kungaboqar

6-10

26-30

34-36

Makkajo’xori, tariq, soya

6-8

31-34

40-46

Loviya, oq jo’xori, kanop

10-12

32-36

44-46

G’o’za, sholi, qovoq,yeryong’oq

10-14

32-35

40-44

Qovun, tarvuz, bodring

10-14

31-36

40-44

Dehqonchilikda har bir zonaning tuproq-iqlim sharoitiga qarab issiqlik rejimini boshqarish tuproq unumdorligini oshirishda va ekinlardan mo’l hosil olishda muhim tadbir hisoblanadi. Tuproqning issiqlik rejimini yaxshilashga qaratilgan tadbirlardan biri organik o’g’itlardan yetarli miqdorda samarali foydalanishdir. Yerni sovuq tushmasdan oldin chuqur va sifatli shudgorlash tuproqning issiqlik rejimini yaxshilashda ijobiy natija beradi. Sizot suvlari yuza joylashgan yerlarda ularning sathini pasaytirish tuproq issiqlik rejimini yaxshilanishiga yordam beradi.
Tuproq haroratini oshirish maqsadida olimlar ilmiy jihatdan asoslangan tadbirlarni tavsiya qilmoqdalar. Shulardan biri urug’ ekilgandan keyin yerlarni mulchalashdir. Mulcha sifatida polietilen plenka, chirigan go’ng, ko’mir kukini, yog’och qirindisi va boshqalardan foydalaniladi.
Umuman olganda, tuproqning issiqlik rejimi suv va havo rejimi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, oziq rejimiga kuchli tasir etadi.
Tuproqning issiqlik (termik) rejimining tiplari.Tuproqqa issiqlikning kelishi, singdirilish va tarqalish jarayonlaridan iborat bо‘lgan hodisalarning umumiy yig‘indisigatTuproqning issiqlik (termik) rejimi deyladi. О‘rtacha yillik haroart va tuproqning muzlash xarakteriga kо‘ra V.N. Dimo (1972) tuproq balansining quyidagi: muzloq, uzoq mavsumiy muzlaydigan, mavsumiy muzlaydigan, muzlamaydigan tiplarini ajratdi.
Muzloq tipdagi issiqlik rejimi tuproq profili qatlamlarining о‘rtacha yillik xarorati manfiy bо‘lgili bо‘lgan (qutubiy Yevro Osiyo va Sharqiy Sibr) tumanlari uchun xarakterli. Bu yerlardagi tuproqlarda sovish jarayoni kо‘proq bо‘ladi. Kо‘p yillik muzlik qatlami ustida tuproqdagi suvning muzlashirо‘y beradi.
Uzoq mavsumiy muzlaydigan tip – tuproq proyfilining о‘rtacha yillik xarorati kо‘proq musbat bо‘ladigan xududlarda rо‘y beradi. Manfiy xarorat 1 m chuqurlikkacha borib yetadi.muzlash davrining davomiyligi 5 oydan kam yemas.
Muzlamaydigan tip- tuproq profilining muzlamaydigan va kuchli sovimaydigan joylariga xos. Bularga Janubiy Yevropa fatsiyasi va subtropik mintaqadagi viloyatlar kiradi. 
 Tuproqning issiqlik rejimlari A.P.Vaykov, A.F.Chudnovskiy, M.I.Budiko, A.M.Shulgin, V.N.Dimo, О‘zbekistonda I.T.Turopov va uning shogirdlari tomonidan о‘rganilgan.
Respublikamizda tuproqning issiqlik holati tog‘, tekislik va chо‘l mintaqalarida turlicha bо‘lib, madaniy о‘simliklarni rivojlanishi uchun yetarlidir. Dehqonchilikda, paxtachilik va sabzavotchilikda erta bahorda tuproqdagi harorati va namlikni optimal rejimda saqlash uchun shaffof polimer plyonkalardan foydalanib urug‘lar ekiladi.
Tuproqning oziq rejimi. Tuproq unumdorligini ifodalaydigan asosiy ko’rsatgichlardan biri undagi oziq moddalar va suv hisoblanadi. O’simliklarning ushbu moddalarga bo’lgan talabini qondirish dehqonchilikdagi dolzarb muammo sanaladi.
Tuproqning oziq rejimiga ildiz mikroflorasi, suv o’tlar, undagi sodda hayvonlar, organik moddalar, mikrobiologik jarayonlar, tuproqning fizik-kimyoviy xossalari va boshqalar bevosita tasir ko’rsatadi.

Tuproq oziq rejimini boshqarish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish tavsiya qilinadi:
1.  Tuproqni oziq moddalar bilan boyitish;
2. Tuproqdagi o’simliklar qiyin o’zlashtiradigan shakldagi oziq moddalarni o’zlashtiriladigan, harakatchan holatga aylantirish;
3. O’simliklar oziqlanishi uchun optimal sharoit yaratish;
4. Tuproqdagi oziq moddalar miqdorining kamayishiga qarshi kurashish.
Tuproqlarni oziq moddalarga boyitish uchun yerga o’g’itlar solinadi. Tuproqdagi oziq moddalarning ko’pchilik qismi o’simliklar qiyin o’zlashtiradigan yoki o’zlashtira olmaydigan murakkab organik birikmalar tarkibida bo’ladi. Dehqonchilikdagi muhim masalalardan biri almashlab ekish, tuproqqa ishlov berish va boshqa tadbirlardan ilmiy asoslangan xolda samarali foydalanish, o’simliklar qiyin o’zlashtiradigan shakldagi oziq moddalarni oson o’zlashtira oladigan holatga o’tkazishdan iborat.
O’simliklar oziqlanishi uchun qulay sharoit yaratish uchun tuproq xossalarini yaxshilash, buning uchun esa zaruriy agrotexnikaviy va meliorativ tadbirlarni o’z vaqtida samarali o’tkazish lozim.
Keyingi yillarda o’simliklarni oziqlantirishning biologik usuli keng ko’lamda tarqalmoqda. Bunda o’simliklar ildizida va ildiz atrofida (rizosferada), ildiz ichida (geterotrof va simbiotraf) oziqlanadigan tuproq mikroorganizmlari (bakteriyalar va zamburug’lar)ga katta ahamiyat berilmoqda.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling